Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari, ma‟muriy
imtiyozlar, moliyaviy imtiyozlar, investitsiya, integratsiya, kredit, eksport, import,
texnologiya.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
EIHlarda qo„llaniladigan imtiyozlar moliyaviy, ma‟muriy, soliq va bojxona
imtiyozlari turlarga ajratilib, ular EIHlarga investitsiyalarni faol jalb etishni
rag„batlantirish uchun taqdim etiladi. EIHlarda investorlar uchun taqdim etiladigan
har bir imtiyoz o„ziga xosligi va boshqalaridan qo„lanilish maqsadlari bilan
farqlanadi.
2.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishni ularda taqdim etiladigan imtiyozlarsiz
tasavvur etib bo„lmaydi. EIHlar aynan ularda taqdim etiladigan imtiyozlari bilan
boshqa turdagi imtiyozlandan katta faqr qiladi. Bu esa EIHlarga ichki va tashqi
investitsiyalarni jalb etishning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
3.
EIHlarda taqdim etiladigan imtiyozlar turli davlatlarda turlicha ko„rinishda va
darajalarda bo„lib, bu EIHlarning ichki va tashqi bozorga yo„naltirilganligiga ham
bevosita bog„liqdir. Hozirgi kunda barqaror iqtisodiyotga ega bo„lgan davlatlarda
qulay tadbirkorlik muhitining shakllanganligi har bir kichik miqdordagi
imtiyozlarning ham taqdim etilishi investorlarning katta qiziqishlariga ham sabab
bo„ladi.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarda qo„llaniladigan imtiyozlar qanday turlarga ajratiladi?
2.
EIHlarda taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga qanday imtiyozlar kiradi?
3.
EIHlarda investorlar uchun taqdim etiladigan bojxona imtiyozlari va ularning
turlari haqida nimalarni bilasiz?
4.
EIHlarda taqdim etiladigan ma‟muriy imtiyozlarga qanday imtiyozlar kiradi
va u kim tomonidan taqdim etiladi?
5.
EIHlarda taqdim etiladigan moliyaviy imtiyozlar qanday maqsadlarga
yo„naltirilgan?
6.
Xorijiy davlatlarda EIHlarda taqdim etiladigan imtiyozlarning qanday
turlarini bilasiz va ulardan O„zbekistonda foydalanish bo„yicha qanday tavsiyalarni
bera olasiz?