Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, ilmiy-texnik taraqqiyot, erkin savdo zonalari, sanoat
zonalari, texnologik zonalar, kichik sanoat zona lari, imtiyoz.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
O„zbekistonda EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi o„ziga xos sabab,
tarix va rivojlanish xususiyatlariga ega. O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish g„oyasi
o„tgan asr 80 yillari oxirida ko„rib chiqilgandi. Lekin, 1996-yilga kelib 25-aprel
sanasida mamlakatda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 220-I Qonun qabul
qilindi. Biroq, mazkur qonun asosida 2008-yilda rasman dastlabki “Navoiy” EIH
tashkil etildi.
2.
O„zbekiston Respublikasining
1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar
to„g„risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli,
yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish
ko„zda tutilgan. Biroq, hozirda respublikamizda sport sohasi, baliqchilik sohasi,
turizm sohasi va agroplisga ixtisoslashgan EIHlar ham tashkil etilib, faoliyat
ko„rsatmoqda.
3.
O„zbekistonda EIHlarni tashkil etishga zaruriyat bo„lgan bir qancha sabab va
ehtiyojlar mavjud edi. Buning natijasida oxirgi 2,5 yil ichida mamlakatimizda yana
18 ta EIH tashkil etilib, hozirgi kunda respublikamizda 21 ta EIH hamda 153 ta
109
Xalilova F. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish. //
Sbornik statey slushateley, professorsko-propodavatelskogo sostava Akademii gosudarskogo upravleniya pri Prezidente
Respubliki Uzbekistan. Krugliy stol: “Voprosi modernizatsii sistemi gosudarstvennogo upravleniya”. – Tashkent: 1
noyabrya 2013 goda, 134-bet.
338
kichik sanoat zonalari tashkil etildi. O„zbekistonda EIHni tashkil etishda bir qator
hujatlar talab etilib, mzkur hujjatlar ro„yxati boshqa davlatlardagiga nisbatan kamligi
bilan ajralib turadi.