104
Genetika
yostiqchasini ko‘ndalangiga kesib o ‘tadi. Sirtmoqlar eng ko‘p tar-
qalgan variant (60% ga yaqin) hisoblanadi.
Barmoqning bir
tomonidan boshlanib ikkinchi tomoniga yetmasdan yana bosh-
lang‘ich nuqtaga — orqaga qaytadi.
Sirtmoqlarda bitta delta bo‘ladi. Sirtmoq radial tomonga
ochilsa radial sirtmoq deyiladi (Lr),
ulnar tomonga ochilsa ulnar
sirtmoq deyiladi (Lu).
O‘ramalar o‘rtacha chastotada tarqalgan bo‘lib (34%) konsent-
rik yo‘nalgan izchalardan tashkil topadi.
O‘ramalarda ikki delta mavjuddir. Yuqorida ko‘rsatilgan uchta
asosiy chiziqlar shakllardan tashqari boshqa shakllar ham uchray-
di. Murakkab ikki deltali chiziqlar shakli ham o‘ramalar variantiga
kiritiladi.
Planetamizda yashaydigan turli millatlar orasida asosiy barmoq
izlari shakllarining taqsimlanishi har xildir.
Mongoloidlarda ikki
deltali shakllar ko‘p, deltasiz chiziqlar shakllari esa kam uchraydi
(populyatsiyaning 2 % yaqinida). Aksincha, yevropoidlarda sirtmoq
va yoy shakllari ko‘p uchraydi. Negroidlarda 75 % ga yaqin sirt
moqlar, 27 % dan kamroq o ‘rama shakllari uchraydi.
Bunday farq-
lar mavjudligi tufayli delta indeksini DL10 =
a
+
l
+
w
formulasi yor
damida aniqlab, odamning qaysi etnik guruhga kirishini aniqlash
mumkin. Masalan, mongoloidlarda DL10 o ‘rtacha olganda = 15,7
ga, yevropoidlarda (ruslarda) =12,7ga, negroidlarda (yangi Gvi-
neya) = 16,0 ga, avstraliyali aborigenlarda esa = 17,0 ga tengdir.
Teri chiziqlarining shakllanishi embriogenezning 10—19 haftalari-
dan boshlanadi. 20-haftada pushtda teri chiziqlari aniq ko‘rinadi.
Papillyar relyef shakllanishi nerv tolalarining tarmoqlanishiga
bog‘liqdir. 6 oydan keyin papillyar relyef to ‘liq
shakllanib, keyin
umrning oxirigacha umuman o‘zgarmasdan saqlanadi. Har xil ta ’-
sirlar natijasida (kuyish, sovuq oldirish, shikastlanish)
teri jarohat-
lanishidan keyin avvalgi holatdagi papillyar chiziqlar shakli yana
qaytadan tiklanadi. Faqat jarohatlar juda chuqur bo‘lib, biriktiruv-
chi to ‘qima chandiqlari hosil bo‘lgandagina avvalgi holat qayta tik-
lanmaydi.
Daktiloskopiyaning miqdoriy ko‘rsatkichi
sifatida umumiy qir-
ralar soni (UQS) hisoblanadi (qirralar sonini hisoblash uchun
markazdan deltagacha bo ‘lgan chiziqlar sanaladi). O‘rtacha olgan
da bitta barmoqda 15—20 qirralar mavjuddir. Hammasi bo‘lib o‘nta
barmoqda o ‘rtacha olganda erkaklarda umumiy qirralar soni
144,88 ± 51,08, ayollarda esa 127,23 ± 52,51 ga tengdir.
UQS kari-
105
otipda X xromosomalar soniga bog‘liq. Shereshevskiy-Terner sin-
dromida UQS 180 ga teng, Klaynfelter sindromida — 50, X pen-
tosomiyada esa 0 ga teng.
Dostları ilə paylaş: