106
Genetika
O ‘naqaylarda murakkab teri chiziqli shakllari o ‘ng qo‘lda
ko‘proq uchraydi. Ayollarda o‘ramalar erkaklarga nisbatan kam-
roq, sirtmoqlar va yoylar esa ko‘proq uchraydi.
Teri chiziqlari relyefi irsiy jihatdan determinatsiyalangandir va
poligen irsiylanish tipida nasldan naslga o‘tadi.
Monozigot egizak-
larda teri chiziqlari shakli konkordantligi 0,8—0,9 ga, dizigot egi-
zaklarda esa 0,3—0,5 ga tengdir, shuning uchun ham bu usuldan
egizaklarning zigotaligini aniqlashda keng foydalaniladi.
Keyingi yillarda dermatoglifika usuli tibbiyot genetikasida keng
qo‘llanilmoqda. Bu usul xromosoma sindromlariga tashxis qo‘yish-
da qo‘shimcha usul sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Masalan, jinsiy xromosomalar soni o‘zgarganda (aneuploidiya)
umumiy papillyar qirralar soni o‘zgaradi. X xromosomalar soni
qancha ko‘p bo‘lsa, umumiy qirralar
soni shuncha kamayib bora-
di. D, C, E trisomiyalarida bosh kaft chiziqlarining yo‘nalishlari
ham o‘zgaradi. Autosomalar aneuploidiyalari ham umumiy qirralar
sonining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o ‘ramalar deyarli
uchramaydi, radial sirtmoqlar ko‘proq IV barmoqda uchraydi,
E trisomiyasida faqat yoylar uchraydi (umumiy qirralar soni 0 ga
teng bo‘ladi).
Daun kasalligida ulnar sirtmoqlar ko‘proq uchraydi, atd bur-
chagi 80° ga yaqin bo‘ladi, kaftda chuqur ko‘ndalang
burma
(“maymun” burmasi) uchraydi. Jimjiloqda yolg‘iz bukuvchi bur-
macha 40% gacha uchraydi (2% o‘rniga).
Patau sindromida yoylar miqdori ortadi, umumiy qirralar soni
kamayadi, IV va V barmoqlarda radial sirtmoqlar ko‘proq uchray
di (umumiy populyatsiyada esa II barmoqda), t triradiusining dis
tal siljishi natijasida atd burchagi 108° gacha ortadi.
Edvards sindromida ham yoylar soni ortadi (6 yoki undan
ko‘proq barmoqlarda), kaft chiziqlari soddalashishi kuzatiladi.
Multifaktorial patologiyada ham dermatoglifikaning o ‘zga-
rishlari kuzatiladi. Shizofreniya,
qandli diabet, semirish va shu kabi
irsiy moyilli kasalliklarda dermatoglifika o‘zgaradi. Lekin bunday
kasallikda dermatoglifikaning o ‘ziga xos o ‘zgarishlari kuzatilmaydi.
Shuning uchun ham dermatoglifik tekshirishlar irsiy kasallikka
tashxis qo‘yishning birdan bir asosi bo‘lishi mumkin emas.
Lekin shunday bo ‘lishiga qaramasdan kasal proband va uning
fenotipik sog‘lom ota-onalari hamda sibslar genotipida o ‘xshashlik
elementlarini aniqlash lozim bo‘lganda
dermatoglifika qulay usul
hisoblanadi. Masalan, dermatoglifika o‘xshashligi asosida kasal
107
proband qarindoshlari o‘rtasida xatar darajasi yuqori bo‘lgan
guruhlarni ajratib olib ularni dispanser nazoratiga qo‘yish mumkin.
Dermatoglifik m a’lumotlarning prognoz ahamiyati bo ‘lishi
ham mumkin. Dermatoglifika ko‘rsatkichlari umum populyatsiya
darajasidan qancha katta farq qilsa, proband uchun prognoz shun-
cha noqulay hisoblanadi.
Dermatoglifika usuli quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
1. Xromosoma sindromlarini aniqlashda yordamchi usul sifatida.
2. Egizaklar zigotaligini aniqlashda. 3. Sud tibbiyotida.
Populyatsion-statistik usul. Bu usul
populyatsiyaning genetik
strukturasini, ya’ni undagi allellar va genotiplar uchrash chasto-
tasini aniqlashga imkon beradi.
Genetikada
Dostları ilə paylaş: