Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Genetika

maqsadda q o ‘shiladi?
A) Hujayralarni oziqlantirish uchun
B) Hujayralarni shishirish uchun
C) Hujayralar bo‘linishini tezlashtirish uchun
D) Hujayralar bo‘linishini to‘xtatish uchun
E) Axromatin iplarni parchalash uchun
10. Klaynfelter sindromiga tashxis q o ‘yish uchun qanday usuldan
foydalaniladi?
A) Immunogenetik B) Sitogenetik
C) Biokimyoviy D) Genealogik
E) Yuqoridagi usullarning barchasidan.
2 2-§. Dermatoglifika, populyatsion statistika
molekulyar — genetika usullari
Dermatoglifika termini yunoncha 
“d erm a ”
— “teri” , 
“gliph ”
— 
“chizmoq” so‘zlaridan olingan bo‘lib, barmoqlarda, kaftda va 
tovonlarda teri relyefini o ‘rganishga asoslangandir. Shu joylarda 
terining tuzilishi o‘zgacharoq bo‘lib, epidermal do‘ngliklar — qir- 
ralarni hosil qiladi. Qadimdan Xitoyda, Hindistonda, Yaponiyada, 
huriyada, Markaziy Osiyoda barmoq va kaftdagi teri izlarining 
individualligini bilishar va undan imzo o ‘rnida foydalanilar edi.
Dermatoglifika to ‘g‘risida dastlabki ilmiy m a’lumotlar XVII 
asrda paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib teri izlarining o ‘ziga xosligi 
to ‘g‘risidagi m a’lumotlar N. Gryu (1684), M. Malpigi (1686), 
Y.Purkinye (1823) asarlarida bayon qilindi. Dermatoglifika alohi- 
da ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
shakllandi. F. Galtonning ilmiy ishlari natijasi bayon qilinganidan 
so‘ng teri chiziqlarini o‘rganish sud tibbiyotida jinoyatchilarni 
aniqlashda keng qo‘llanila boshlandi. XX asr boshlarida bu usul 
genetikada, xususan oilalar va egizaklarni o‘rganishda keng 
qo‘llanila boshlandi. Dermatoglifika terminini fanga birinchi bo‘lib 
amerikalik olimlar G. Kammins va Ch. Midl kiritishdi. Teri 
relyefining irsiylanishi, etnik dermatoglifika muammolarini o‘rga-


103
nishga 
rus 
olimlari 
M. I. Vilyamovskaya, 
1.1. Katayeva, 
T. D. Gladkovalarning qo‘shgan hissalari katta bo ‘ldi.
Dermatoglifika usuli asosan uch qismga bo ‘linadi:
1) daktiloskopiya — barmoq chiziqlarini o ‘rganish;
2) palmoskopiya — qo‘l kafti chiziqlarining o ‘ziga xosligini 
o ‘rganish;
3) plantoskopiya — oyoq tovoni chiziqlarining o ‘ziga xosligini 
o ‘rganish.
Dermatogliflarni olish uchun oddiy tipografiya bo‘yoqlaridan 
foydalaniladi. Buning uchun bo‘yoqni vazelin yog‘ida yoki skipi- 
darda biroz eritilib 15 x 25 sm o ‘lchamli oynaga tomiziladi va 
fotografiyada ishlatiladigan oddiy rezina rolik bilan bir tekis qilib 
yoyiladi.
Tekshirilayotgan shaxsning kafti oynaga bosiladi. Agar bo‘yoq 
kaftining hamma joyi to ‘liq bo‘yalmasa, rolikni kaft ustida aylan- 
tirish mumkin. Keyin kaft oddiy qog‘ozga bir tekis bosiladi. 
Qog‘ozning tagiga yumshoq rezina qo‘yilsa kaftning chuqur joyla- 
ridagi izlari ham qog‘ozga to ‘liq tushadi. Kaftni qog‘ozga ohista 
qo‘yib o ‘rtasidan sekin bosiladi. Kaftni qog‘ozdan birdaniga 
yuqoriga ko‘tarib olish lozim. Barmoq izlari alohida olinadi. 
Buning uchun har bir barmoqqa bo‘yoq surtilib radial qismdan 
ulnar qismgacha birin-ketin qog‘ozga bosiladi.
Daktiloskopiya. Barmoqtarda papillyar chiziqlar joylashishi- 
ning asosan uch xil varianti uchraydi 

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin