Populyatsion — statistik usul quyidagilarga imkon beradi: 1. Olingan m a’lumotlarni statistik tahlil qilishga
2. Populyatsiyada allellar va genotiplar chastotasini aniqlashga
3. Populyatsiyada irsiy belgilarni o‘rganishga
4. Populyatsiyaning genetik strukturasi va genofondini aniq-
lashga
5. Belgining rivojlanishida muhit va irsiyat rolini aniqlashga
6. Irsiy moyilligi bo‘lgan kasalliklarni aniqlashga
7. Antropogenezning genetik omillarini aniqlashga
Bu usulni am aliyotda quyidagi bosqichlarda am aldga oshi- riladi: 1. Populyatsiyaning bir qismi ajratib olinadi
2. Tibbiyot muassasalari arxivi o ‘rganiladi
3. Anketalar tarqatib, m a’lumotlar to ‘planadi
4. To‘plangan m a’lumotlar statistik jihatdan tahlil qilinadi
Statistik tahlil qilishda quyidagi Xardi-Vaynberg tenglama-
laridan foydalaniladi:
I. p + q q 1 (100%)
II. p2 + 2pq + q2 q 1 (100%)
Bunda:
p — dom inant allel chastotasi q — resessiv allel chastotasi p 2 — dom inant gomozigot genotip chastotasi 2pq — geterozigot genotip chastotali q2 — resessiv gomozigot genotip chastotasi Molekulyar — genetika usullari uch xil usuldan iborat:
1. Sekvenirlash 2. D N K -zondlari 3. Gen daktiloskopiyasi (genotiposkopiya) A) Sekvenirlash — D N K da nukleotidlar ketma-ketligini
aniqlash usuli. DNK-zondlari tayyorlash, genlarni klonlashtirish-
da, biotexnologiyada, gen terapiyasida qo‘llaniladi
B ) D N K -zondlari usuli - zondning kasal DNKsi qismi bilan
duragaylashishiga asoslangan. Zondlar — mutant genga mos keluv-
chi, nishonlangan, qisqa nukleotidlar ketma-ketligi
Bu usul quyidagi m aqsadlarda qo ‘llaniladi: 1. Mutant genning DNKda lokusini aniqlashda
2. Gen mutatsiyalariga bog‘liq kasalliklarga tashxis qo‘yishda
3. Genlarni haritalashtirishda
4. Genning geterozigot tashuvchilarni aniqlashda