139
madaniy o‘simliklarning foydali navlarini olishda foydalaniladi.
Parrandachilikda tovuqlarni liniyalararo duragaylash natijasida
geterozis jo ‘jalar — broylerlar olinadi. Lekin geterozis effekti keyin-
gi avlodda kamayib ketadi.
Insonlar orasida autbriding (begonalar orasida) nikohlar
geterozigotalikni oshirgani uchun populyatsiyaning tibbiy-genetik
holatini yaxshilashga imkon beradi.
Chetdan duragaylash ancha qiyinchilik bilan amalga oshiriladi.
Chunki bunda irsiy nomoslikni maxsus metodlar bilan bartaraf etish-
ga to ‘g‘ri keladi. Gametogenez jarayonlari buzilgani uchun turlararo
duragaylar bepusht bo ‘ladi. Lekin bunday duragaylarda xo‘jalik
uchun foydali belgilar namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, ot va
eshakni chatishtirish natijasida olingan xachirlar bepusht bo‘lishiga
qaramasdan chidamli, kuchli va uzoq yashash qobiliyatiga ega bo‘la-
di. Bir o‘rkachli va ikki o‘rkachli tuyalar duragaylari — norlar ham
juda chidamli bo‘ladi. K o‘rsatilgan an’anaviy seleksiya usullari orga-
nizm genotiplari orasidagi farqlar tufayli ancha qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi.
Hozirgi davrda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hujayra va
gen injeneriyasi usullari yangi, hatto tabiatda uchramaydigan irsiy
belgilarga ega organizmlarni yaratishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: