149
51-r a s m.
Qo‘yni irsiy klonlashtirish sxemasi.
4. Geterozis hodisasi hayvonlar seleksiyasida qanday hollarda
qo‘llaniladi?
5. Uzoq formalarni duragaylash hayvonlar seleksiyasida qo‘llani-
ladimi? (Misol keltiring).
6. Poliembrioniya nima? Uning foydali ahamiyatini bilasizmi?
7. Genetik klonlashtirishning amaliy
va nazariy ahamiyatlari
to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
33-§. M ikroorganizmlar seleksiyasi
Mikroorganizmlarga
bakteriyalar, tuban mikroskopik zambu-
rug‘lar va o‘tlar kiradi. Mikroorganizmlardan
tibbiyotda dori
preparatlari tayyorlashda,
biologik faol moddalar, ozuqa qo‘shim-
chalar, bakterial o‘g‘itlar olishda, non yopishda,
vino tayyorlashda,
ko‘plab sut mahsulotlarni olishda foydalaniladi.
Shuning uchun mikroorganizmlarning yuqori mahsulli
shtammlarini yaratish seleksiyasiga katta ahamiyat beriladi.
Mikroorganizmlar seleksiyasi o‘simliklar
seleksiyasiga nisbatan
birmuncha o ‘ziga xosliklarga ega:
1. Juda kichik xajmdagi ozuqa moddalar solingan apparatu-
ralarda qisqa vaqt ichida milliardlab
mikroorganizmlarni
ko‘paytirish mumkin.
2. Mikroorganizmlar ko‘pchiligi gaploid holda bo‘lganligi
uchun ulardagi mutatsiyalar birinchi avloddayoq yuzaga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: