Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov


(48-rasm). Tur ichidagi formalarni duragaylash



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
Genetika

(48-rasm).
Tur ichidagi formalarni duragaylash
o‘simliklar seleksiyasining 
asosiy metodlaridan biridir. O‘zbekistonda ekiladigan madaniy 
o‘simliklar, jumladan g‘o ‘zaning ko‘p navlari shu usul bilan 
yaratilgan.
Jug‘rofiy uzoq formalarni duragaylash
usuli yordamida bir turga 
mansub, lekin har xil ekologik sharoitlarda, hududlarda o ‘stiriladi- 
gan o ‘simliklar chatishtiriladi. G ‘o ‘za seleksiyasida Janubiy 
Amerikadan keltirilgan g‘o ‘za navlarini O ‘zbekistonda yaratilgan 
g‘o ‘za navlari bilan duragaylash natijasida professor A. I. Avtono­
mov sifatli tolali, kasalliklarga chidamli 10964, 2850 ingichka tolali 
g‘o ‘za navlarini yaratdi.
Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan viltga 
chidamli Gossipium xirzutum turiga kiruvchi meksikanum yovvoyi 
g‘o ‘zasi bilan O‘zbekistonda ekiladigan serhosil, tezpishar, viltga 
chidamsiz S-4727 g‘o‘za navini o ‘zaro duragaylash natijasida vilt­
ga chidamli «Toshkent-1», «Toshkent-2», «Toshkent-3» g‘o‘za


144
Genetika
C T o z a n a v
D T o z a n a v
ABCD- ikki 
tomonlama gibrid
48-r a s m.
Duragay makkajo‘xorini yaratishda geterozis hodisasidan
foydalanish.
navlarini yaratdi va O ‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirishga 
katta hissa qo‘shdi.
Turlararo duragaylash natijasida poliploidiya hodisasidan foy- 
dalaniladi. Hozirgi vaqtda sun’iy poliploidiya metodi keng qo‘llanil- 
moqda. Har xil mutagen moddalar ta’sirida (masalan, kolxitsin yor­
damida) poliploid formalar olinadi. Ulardan seleksiya uchun foy­
dali belgilarga egalari tanlab olinadi. Poliploid o‘simliklar serhosil, 
kasalliklarga chidamli bo‘lishi mumkin. Turlararo duragaylash usuli 
yordamida akademik S. S. Kanash Gossipium xirzutum va 
Gossipium xerbatsium turlariga mansub navlarda g‘o‘zaning 8202, 
114-1 kabi kasalliklarga chidamli navlarini yaratdi.


145
Uzoqdan duragaylash va radiatsion mutagenez usullari yor­
damida g‘o‘zaning foydali belgilariga ega bo‘lgan navlari yaratilgan. 
O ‘zbekistonda radiatsion mutagenez hodisasidan foydalanib 
akademiklar Nabijon Nazirov va Oston Jalilovlar g‘o‘zaning ser­
hosil AN-402, Samarqand-3, Yulduz kabi serhosil navlarini yarat- 
dilar.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin