148
Genetika
ga oshirilishi, lekin ulardan olingan duragaylar bepusht bo ‘lishi
ko‘rsatilgan edi. Masalan, ot bilan eshakni duragaylash (xachir),
bir o‘rkachli tuya bilan ikki o‘rkachli tuyani duragaylash (nor),
yakni yirik qoramol bilan duragaylash
inson tomonidan qadim
zamonlardan beri qo‘llanib kelinadi.
Ayrim hollarda uy hayvonlarini ularning yovvoyi ajdodlari
bilan duragaylash ijobiy natija berishi mumkin. Masalan,
mayin
junli merinos qo‘ylarini yovvoyi arxar qo‘chqorlari bilan duragay
lash natijasida mayda junli arxarmerinos qo‘ylar yaratildi. Yirik
shoxli qoramolni o‘rkachli zebu bilan duragaylash natijasida sutdor
qoramol olindi.
Hayvonlar seleksiyasida sun’iy urug‘lantirish (qimmatli belgi
larga ega bo‘lgan erkak hayvonning spermasini urg‘ochi
hayvon-
ning jinsiy yo‘llariga kiritib otalantirish) va poliembrioniya (bitta
zigotadan bir necha embrion hosil qilish va ularni bepusht urg‘ochi
xayvon bachadoniga kiritib rivojlantirish).
Sun’iy urug‘lantirish va poliembrioniya usullarini mahsuldor
hayvonlardan ko‘p nasl olishni tezlashtirishga imkon beradi.
Hujayra injeneriyasi
hayvonlar seleksiyasida istiqbolli usul
bo‘lishi mumkin. 1997-yilda Angliyada qo‘yni
irsiy klonlashtirish
tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu tajribada avval
qo‘yning sut bezidan somatik hujayrasini ajratib olindi.
Tuxum
hujayradan yadrosi olib tashlandi va unga somatik hujayra yadrosi
kiritildi. Hosil bo‘lgan diploid zigotani
elektroshok yordamida
maydalanishga rag‘batlantirildi va maydalanayotgan homilani re-
tsepiyent qo‘y bachadoniga kiritildi. 148 kundan keyin tug‘ilgan
qo‘zichoqni
Dolli deb atashdi
Dostları ilə paylaş: