Hujayra injeneriyasi. Hujayra injeneriyasi hujayralar va
to ‘qimalarga sun’iy ozuqa muhitlarida o‘stirishga asoslangan.
Bunday sun’iy o ‘stirilgan hujayralardan duragay hujayralar
(gib- ridomalar) olishda, inson uchun foydali mahsulotlarni sintezlashda
foydalaniladi.
Har xil to ‘qimalar yoki har xil organizmlar hujayralarini max
sus metodlar yordamida ishlov berib sun’iy o‘stirilganda yangi
duragay hujayrani yaratish mumkin. Duragay hujayralarning
xususiyatlari ota-onalar xususiyatlaridan farq qilishi, yoki ularning
har ikkalasining xususiyatlarini o‘zida mufassamlantirishi mumkin.
Masalan, rak hujayralari bilan limfotsitlarni sun’iy o‘stirish nati
jasida olingan gibridomalar rak hujayralariga o‘xshab tinimsiz
b o ‘linib ko‘payishi, limfotsitlarga o‘xshab antitelolarni sintezlash
xususiyatiga ega bo‘ladi
(45-rasm). Gen injeneriyasi — kerakli genlarni bir organizmdan ikkin-
chisiga ko‘chirib o ‘tkazish usulidir. Bu usul bilan yangi genotipga
ega organizmlar yaratiladi, organizmlar orasidagi irsiy farqga qara-
masdan yangi genetik konstruksiyalar yaratishga imkon beradi. Bu
usul olimlar bashoratiga ko‘ra juda istiqbolli usul bo‘lib, insonlarga
140
Genetika
I duragay koloniya,
II duragay koloniya,
III duragay koloniya
45-r a s m. Somatik hujayralarni duragaylash sxemasi.
kelajakda organizmlar irsiyatini yaxshilashga, foydali biologik faol
moddalarini sintezlashga imkon beradi. Ammo bu usulning ham
ayrim kamchiliklari mavjud, gen injeneriyasi usuli bilan insonlar
uchun o‘ta xavfli organizmlar yaratilishi, bular esa insoniyat uchun
juda katta xatar keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Seleksiya fani nima o‘rganadi?
2. Seleksiyaning asosiy vazifalarini sanab bering.
3. Metodik va ongsiz tanlashning farqi nimada?
4. Yalpi va individual tanlashning farqini tushuntiring.
5. Autbridingda geterozis hodisasining mohiyatini tushuntiring.
6. Inbridingning irsiy mohiyatini tushuntiring.
7. Nima uchun turlararo duragaylar bepusht bo‘ladi?
8. Biotexnologiyaning mohiyatini tushuntiring.
9. Hujayra injeneriyasi, gibridomalar haqida qanday tushuncha-
larga egasiz?
141
10.
Gen injeneriyasining mohiyatini, uning muammolari va istiq-
bollarini tushuntiring.
29-§. O ‘simliklar seleksiyasi