Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov


Madaniy o ‘simliklarning kelib chiqish markazlari



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Genetika

Madaniy o ‘simliklarning kelib chiqish markazlari.
Seleksiya ish- 
larining samarasi duragaylash uchun tanlab olingan dastlabki mate- 
rialning irsiy xilma-xilligiga bog‘liq. Shuning uchun ham selek- 
sionerlar yovvoyi o‘simliklarning xilma-xilligidan foydalanadilar. 
Seleksiyada bunday yondashishning ahamiyatini buyuk genetik va 
seleksioner Nikolay Ivanovich Vavilov birinchi marta ta’kidlagan 
edi. Uning rahbarligida planetamizning turli regionlariga ilmiy eks- 
peditsiyalar tashkil qilindi va madaniy va yovvoyi o‘simliklarning 
xilma-xil namunalari to ‘plandi.
O ‘tkazilgan ekspeditsiyalar natijasida 160 mingdan ortiq o‘sim- 
liklarning turlari va navlari to ‘plandi. Bu to ‘plangan boy material- 
dan seleksionerlar o‘z ilmiy va amaliy ishlarida foydalandilar. 
Hozirgi vaqtda bu kolleksiya 320 mingdan ortiq namunalarni o‘z 
ichiga oladi.
O ‘simliklarning planetaning har xil regionlarida tarqalishini 
analiz qilish natijasida N. I. Vavilov 
(46-rasm)
madaniy o‘simlik- 
larning tarqalish qonuniyatlarini aniqladi, eng qadimgi dehqonlik 
markazlarini kashf qildi 
(47-rasm)
va natijada madaniy o‘simliklar- 
ning quyidagi 8 ta kelib chiqish markazlarini ajratib berdi:
1. 
Sharqiy Osiyo (Xitoy) markazi
— choy, soya, tariq, nasha 
kabi ko'plab o'simliklar vatani.
2. 
Janubiy Osiyo (Hindiston) tropik
markazi
— sholi, shakar qamish, choy, 
apelsin, limon, bodring kabi o‘simliklar 
vatani.
3. 
O ‘rta Osiyo (Janubi g ‘arbiy Osiyo)
markazi —
bug‘doy, suli, qovun, arpa, 
g‘o‘za, sabzi, uzum va boshqa o‘simlik- 
lar vatani.
4. 
Old Osiyo markazi —
yumshoq 
bug‘doy, suli, arpaning vatani.
5. 
O ‘rtayer dengizi markazi
— karam, 
lavlagi, sholg‘om, turp, qattiq bug‘doy, 
zig‘ir, sabzi kabi o‘simliklar vatani.


142
Genetika
47-r a s m.
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari: I —
Sharqiy 
Osiyo (Xitoy); II —
Janubiy Osiyo (Hindiston); III — Avstraliya; IV —
O‘rta 
Osiyo (Janubi g‘arbiy Osiyo); V — Habashiston; VI —
Old Osiyo; VII — O‘rta 
Yer dengizi; VIII —
Afrika; IX — Yevropa — Sibir; X —
Markaziy Amerika; 
XI —
Janubiy Amerika; XII — Shimoliy Amerika.
6. 

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin