113
tinkaga nishonlangan zond qo‘shiladi. Agar kasalning D N K si frag-
mentlarida zondga komplementar qism bo‘lsa duragaylashish kuza-
tiladi. Duragaylashish mavjudligini fotemulsiya bilan ekspozitsiya
qilib avtoradiografiya usulida aniqlash mumkin. Radioaktiv nishon
tufayli duragaylangan qism qorayib ko‘rinadi.
Hozirgi davrda DNK diagnostika usuli prenatal diagnostikada
ham qo‘llanilmoqda.
32P izotopining qo‘llanilishi, ko‘p xarajatliligi va murakkab-
ligi — D N K zondi usulining katta kamchiligi bo ‘lib, uning keng
qo‘llanilishiga xalaqit beradi. Bu izotop bilan ishlash xavfsizlik
choralarini ko‘rishni talab qiladi, 32R kam yashovchi izotop
bo‘lgani uchun D N K — zondlari zaxirasini yaratish mumkin emas.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda radioaktiv zond o‘rniga fer-
mentativ zondlarni yaratish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun
xromogen moddalar bilan rangli reaksiya beruvchi faol moddalar
zondga biriktiriladi. Bunda gibridlashgan qismlarni avtoradio-
grafiyasiz, m a’lum sharoitlarda bo‘yash bilan aniqlanadi. Bu usul
osonroq bo ‘libgina qolmasdan, kam vaqt talab qiladi (bir nechta
sutka o‘rniga 1—2 soatda natijani olish mumkin). Bu usulning sez-
girligini oshirish imkoniyatlari ham mavjuddir. Immunologik usul-
da antitelolar orqali ham zondlar yaratilgan.
Molekulyar usullar bilan kasallikka tashxis qo‘yish yoki
geterozigot tashuvchilikni aniqlash uchun genomning juda kichik
fragmentini o‘rganish kifoya qiladi. Buning uchun o‘sha fragment-
larni amplifikatsiyalash (ko‘paytirish) zarur. Bu vazifa
Dostları ilə paylaş: