Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati


Nafosat falsafasi va sotsiologiya



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu. Estetika nazariyasi

Nafosat falsafasi va sotsiologiya.Bugungi kunda nafosat falsafasining sostiologiya bilan 
aloqadorligi juda ham muhim. Ma’lumki, har bir san’at asari alohida inson shaxsiga e’tibor qilgani 
holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq etadi. Hatto inson va jamiyat 
bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham ijtimoiylik jamiyat a’zosi – muallif 
qarashlarining bilvosita in’ikosi bo’lmish uslubda o’zini ko’rsatadi. Zero asar muallifi hech qachon 
o’zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo’lib turolmaydi. Shuningdek, yirik asarlar 
sostiologik tadqiqotlar uchun o’ziga xos material bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, 
sostiologiya jamiyat bilan san’atning o’zaro aloqalarini, san’atning ijtimoiy vazifalarini o’rganadi; 
san’atkorning jamiyatdagi o’rni, mavqei, o’quvchi va tomoshabinlarning ijtimoiy-demografik 
holatlarini tadqiq etadi; shaxs ijtimoiylashuvida san’atkor va san’at asarining ahamiyatini tahlil 
qiladi. Bu muammolarni atroflicha o’rganish uchun maxsus san’at sostiologiyasi sohasi ham 
mavjud. 
Nafosat falsafasi va dinshunoslik. Nafosat falsafasining dinshunoslik bilan aloqasi alohida 
diqqatga sazovor. Chunki din va san’at doimo bir-birini to’ldirib keladi va ko’p hollarda biri 
boshqasi uchun yashash sharti bo’lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy 
dinning «o’z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun - haykaltaroshlik, nasroniylik 
uchun -tasviriy san’at, musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha 
umumjahoniy dinlar o’z ibodatxonalari bo’lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik 
san’ati bilan bog`liqligi hammamizga ma’lum.
Nafosat falsafasi va pedagogika. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya 
muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum 
ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug`ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga 
bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, 
aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar 
tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya 
muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini 
ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug`ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib o’tadigan bosqichlar 
uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan 
aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning 
strategiyasidir. 
Nafosat falsafasi va semiotika. Nafosat falsafasi semiotika–belgilar va belgilar tizimi 
haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon bo’ladi. Masalan, 
harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya’ni 
1
Каримов Ислом. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент. Маънавият. 2008. 4-б. 


semantik va pragmatik axborotni o’zida mujassam qilgan san’at asari o’sha axborotni yetkazib 
berishga ham mo’ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog`liq tomonini, kommunikativ-
vositachilik jihatini semiotika o’rganadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin