ma’nolarini bildiradi. Miya muayyan fiziologik yaxlitlik bo’lgani kabi, uning asosiy faoliyati
bo’lmagan ong, shu
jumladan ongsizlik ham, avvalambor insondagi hissiy-intelektual yaxlitlik,
uni
maydalab, yuqoridagidek, «ongcha»larga bo’lish mantiqan o’rinsiz,
ikkinchidan, u narsa-
hodisalardan
muhtor tarzda mavjud, faqat zarur sharoitda faoliyatga kirishgandagina narsa-
hodisaga
munosabatini, voqelikka aralashish xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o’ziga xos
tahliliy faoliyatni biz anglash deb ataymiz va shu anglashning darajasiga qarab, kishilar ongining
yuksakligi yoki pastligi haqida fikr yuritamiz. Demak, ong insonning o’ziga o’xshash yakka
yaxlitlik, uning faoliyati – anglash esa har xil va ko’p qirralidir. Ongning anglashga munosabati
xuddi olmos bilan uning qirralari o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi; yaxlit olmos bo’lagining har
bir qirrasini alohida olmos deb atashimiz qanchalik mantiiqqa to’g`ri kelmasa, anglashni uzil-kesil
ong tarzida taqdim etishimiz ham, bizningcha, shunchalik noo’rin. Shunday qilib, inson o’ziga ato
etilgan ongning turli qirralari bilan
olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarini nurlantiradi,
o’zida aks ettirib, tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o’nlab, balki
yuzlab rakursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan
biri estetik anglashdir.
Dostları ilə paylaş: