Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati


Estetika va ijtimoiy fanlarning o`zaro aloqadorligi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix07.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu. Estetika nazariyasi

 
Estetika va ijtimoiy fanlarning o`zaro aloqadorligi 
Nafosat falsafasining ijtimoiy fanlar bilan aloqasi shaxs tarbiyasini kamolga etkazish bilan 
bog`liq masalalarda uzviy birlikka ega. Zero, ijtimoiy fanlarning tarbiya jarayonidan ko’zlaydigan 
maqsadi – muqaddas qadriyatlarimiz, yuksak ma’naviyatimiz, buyuk tariximiz va umumbashariy 
taraqiyot yo’limizning asosi bo’lgan ma’naviy tarbiyani qaror toptirishga bog`liqdir. Zero, Islom 
Karimovning “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning 
bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashshi uchun bor kuch va 
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech 
shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni


qatiyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z xoliga, o’zi bo’larchilikka tashlab 
qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g`rilgan va ulardan oziqlangan 
ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy 
taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”
1
,-degan fikrlari ma’naviy tarbiyaning 
jamiyatimiz uchun muhim zaruriyat va ahamiyatga aylangan ijtimoiy hodisa ekanligini ko’rsatadi.
Nafosat falsafasi va axloq falsafasiNafosat falsafasi qadim-qadimlardan buyon ko’pgina 
fanlar bilan mustahkam aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri bo’lgan falsafa haqida, ular 
orasidagi bog`liqlik to’g`risida yuqorida aytib o’tdik. Nafosat falsafasi uchun yana bir yaqin 
aloqador, «qadrdon» fan axloq falsafasidir. 
Nafosat falsafasi va ruhshunoslik.Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini o’rganar ekan, 
ruhshunoslik hissiyotlar masalasiga katta o’rin beradi. Go’zallikni, san’at asarini yaratish va idrok 
etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog`liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida 
bir hissiy taassurot uyg`otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo’l urganidan so’ng, undan hayot 
nafasi, insoniy hissiyotlar ufura boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, 
balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg`ularning jamlanganidadir. Boshqacharoq qilib 
aytganda, ijodkor toshga o’zi tomoshabinga etkazishni maqsad qilib qo’ygan hissiyotlarning 
suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin