Teatrdagi
aylanadigan sahna, musiqadagi kliplar, fonogrammalar, elektron cholg’u-asboblar,
kitob nashridagi texnik quvvatlar, yozuvchilarning komputer vositasida ishlashlari, audio va
video yozuvlar va hokozo bunga misol bo’la oladi. Bularning
hammasi badiiy asarni idrok
etuvchiga qulayroq shaklda yetkazib berish orqali texnika san’at targ’iboti va rivojiga katta xissa
qo’shayotganini ko’rsatadi. Demak, texnikaviy ravnaq tufayli san’at turlari takomillashib
bormoqda. Bundan tashqari, yana eng muhimi shundaki, bu ravnaq yangi- “ texnikaviy” san’at
turlarining paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Badiiy su’ratkashlik, kino va televideniye ana
shunday san’at turlaridir. Bir so’z bilan aytganda, texnika san’at uchun beminnat xizmatkor
vazifasini o’tamoqda va o’zi ham asta- sekin san’atning “parda ortidagi” uzviy qismiga
aylanib
bormoqda.
San’atda mazmun va shakl. San’at turlari
San’at- estetik tadqiqot obyektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha. Xususiy
tushuncha sifatida u voqelikni go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va tubanlik kabi qadriyatlar va
aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod
mahsulini anglatadi. Shu bois san’atni xil, tur va janrlarga bo’lib, estetik tadqiq etish odat tusiga
aylangan. Biroq ana shu “ bo’lib o’rganish”, ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda
osondek ko’rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to’la muammo sanaladi.
Bu borada o’nlab nuqtayi nazarlar bor.
Me’morlik. Bu san’at turining paydo bo’lishi insonning turar joyga bo’lgan ehtiyojidan
kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go’zallashtirib borishni talab etgan.
Keyinchalik bu talab o’limdan keyingi “ turar joyga” maqbaralarga tatbiq etilgan. Undan so’ng
hukmdorlar saroylari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham
ana shu go’zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln
jomesi, Xivadagi Nurillavoy sariyi va boshqalar shular jumlasidan.
Me’morchilik- mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi.
Unda hajm, makonni
egallash xususiyati birinchi o’rinda turadi, deyishadi, aslida “ hajm” emas, mahobat atamasini
qo’llash maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug’vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning
san’at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug’vorlik
xususiyatini barqaror etishi bilan bog’liq, hech bir san’at turida ulug’vorlik bu qadar o’zini yaqqol
namoyon qilmaydi. Ayni paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go’zallik unsurlari katta
ahamiyatga ega, ular mahobatning tarkibiy
qismini tashkil etgani holda, xandasviy yoki
bargsimon naqshlarda, sirkor narsalarda, devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda o’z aksini
topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon majmuiga kiruvchi “ Sherdor madrasasi”ni olib
ko’raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak orasida qora zamini koshinga oq harflar
bilan
me’mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog’ining tepasida qizg’ish zarhal tusli sher oq
kiyikni quvib bormoqda. Quyosh bodonqovoq, qiyiq ko’zli tarzda tasvirlanib, yuzi zarhal
yog’duga yo’g’rilgan. Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mullavachchalar
(talabalar) o’qiydigan oliy o’quv yurtlaridagi madrasa bo’lganiga hatto ishongingiz kelmaydi..
Ko’rgazmali- amaliy san’at. Ko’rgazmali- amaliy san’at qadimdan,
mehnat qurollari,
hunarmandchlikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo’llaniladigan
ashyolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go’zallshtirish
orqali estetik talablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning
san’atga aylanishi ro’y beradi. M ., aytib o’tganimizdek, XVIII- XIX asrlardagi Buxoro- Qo’qon
uslubida naqshlangan go’zal mis qumg’onlar dastlab faqat o’zining muayyan maqsadga xizmat
qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi,
misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi.
Yoki mahsuli tarzida qabul qilamiz.
Haykaltaroshlik- monumental san’at. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab
hozirgacha haykaltaroshlik o’z mavqei yo’qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning
asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonida ana shu eng muhim
harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak iate’dodni talab qiladi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. Chunki ko’pincha u
katta hajmli haykallar yoki