hamkorligida erishish mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go’zalligiga
beg`araz munosabatda bo’lishni o’rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas,
uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi.
Ha, tabiat go’zallik va ulug`vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan,
bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong`u
tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o’tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni,
tog`larni faqat “biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim.
Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog`liqligi. Dizayn estetikasi. Ko’rib
o’tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda olisdan o’rab turgan biologik
muhitning hayotimizni go’zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq
etsa, uni insonni “tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa,
texnika estetikasi, aksincha,
bugungi kunda bizga eng yaqin bo’lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam
“insoniylashtirib” borish muammolarini o’rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni
tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb
atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga
ko’tarilgan, jismonan esa – go’zallashgan. Texnikani ana shu go’zallashgan inson yaratgan. Shu
o’rinda imom G`azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “Yaratilgan yaratganiga
o’xshaydi”, degan so’zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o’ziga o’xshashini
istasa, inson ham o’z ijodi mahsulining o’ziga o’xshash bo’lishini xohlaydi.
Texnika inson
ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go’zal bo’lsa, shunga
qarab o’zgarib boradi.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim
unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat
munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina
muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol
o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga
ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni
ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor
tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun
naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat,
mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: