Etish qiyin. Shu bois, hozirgi zamon professional ta’limida zamonaviy didaktik vositalari tobora katta ahamiyat kasb etmoqda


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 70,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü70,68 Kb.
#209248
1   2   3   4   5   6
professional-ta-limda-zamonaviy-didaktik-vositalarini-qo-llashning-o-ziga-xos-xususiyatlari

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 
 
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 317 www.ares.uz 
sifatida foydalaniladi, balki didaktika va metodikaning rivojlanishiga turtki beradi, 
o‘qitish va ta’limning yangi shakllarini yaratishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy 
ta’lim Internet texnologiyalarining keng tarqalishi natijasida jadal rivojlanadi. 
Multimedia, 
kompyuter 
grafikasi, 
mabil 
ilovalar 
va 
trenajyor 
tizimlari 
texnologiyalari, shuningdek raqamli ma’lumotlarni zichlashtirish metod va 
algoritmlarining rivojlanishiga, kasbiy faoliyat sharoitini imitatsiya qiluvchi virtual 
voqelikka “kirish” orqali foydalaniladigan o‘qitish metodikalarini ishlab chiqishga 
turtki beradi. Bundan tashqari, kompyuterli tarmoq trenajyorlar sinfining yaratilishi 
ishbilarmonlik va musobaqa o‘yinlari (kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirishda 
kasbiy musobaqa va ishbilarmonlik o‘yinlari avvaldan qo‘llanilib kelinsada, lekin 
zamonaviy didaktik vositalari ularni tashkil etish va o‘tkazish sifatini sezilarli 
oshiradi shaklidagi mashq qilish metodikasining rivojlanishiga ham imkoniyat 
yaratadi).
Metodika va didaktikaning rivojlanishida zamonaviy didaktik vositalari hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida zamonaviy didaktik vositalaridan 
foydalanish natijasida (ta’lim sifatini oshirish; o‘quv tadbirlarini tashkil etish va 
o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish; o‘qituvchilar yuklamasi va 
metodik vazifalarni qayta taqsimlash, nostandart o‘quv topshiriqlarini tayyorlash, 
ta’lim oluvchilar bilan individual ishlash va boshqalar natijasida) o‘quv jarayonini 
o‘quv-metodik vositalar bilan ta’minlashning tezkorligi ta’minlanadi. 
Ta’limga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish quyidagilarning hisobiga 
amalga oshiriladi: o‘qituvchining ayrim vazifalarini (tayanch o‘quv materialini bayon 
etish, ko‘p sonli nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tekshirish, ta’lim oluvchilarning 
dastlabki tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmalari darajasini joriy baholash va 
boshqalarni) zamonaviy didaktik vositalariga yuklash; bosma, o‘quv-metodik 
qo‘llanmalarga ehtiyojni kamaytirish; o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti 
vositalari (bino, laboratoriya jihozlari va boshqalar) ga yuklamani kamaytirish; o‘quv 
tadbirlarini o‘tkazish joylariga borishga harajatlarni kamaytirish va boshqalar. 
Qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta’limning zamonaviy tizimida aniq 
o‘quv-metodik vositalarni tanlash ehtiyoji tug‘ilganda zamonaviy didaktik 
vositalariga o‘qitishning an’anaviy vositalariga nisbatan ko‘proq ustuvorlik beriladi. 
Ammo, bu ustuvorlik zamonaviy didaktik vositalarining o‘qitishning an’anaviy 
vositalarini butunlay siqib chiqarishini yoki ularni almashtirishni anglatmaydi. 
Zamonaviy didaktik vositalarining ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Ular qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: Zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash uchun 
mos dasturiy ta’minotga ega bo‘lish; kompyuterda ishlash ko‘nikmasini egallash 
zarurligi; kompyuter ekranida katta hajmdagi matnli materiallarni idrok qilishning 



Yüklə 70,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin