F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
ham do‘stligiga
tegishli boigan c h o i min- 
taqasiga xos b o ig an turlarga quyidagilami misol qilish mumkin: 
kichik yumronqoziq, ko‘rsichqon, sayg‘oq, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, uy 
sichqoni, yerqazar-putorak, sariq va ingichka barmoqli yumronqoziq 
lar, qo‘shoyoqlar, qumsichqonlar, jayron, qulon, yow oyi mushuklar, 
gepard, manul, qoraquloq, chiya bo‘ri, yo‘rg‘a tuvaloq, dasht burguti, 
uy chumchugi, quzg‘un, to‘rg‘aylar, saqoqushlar, kichik qoravoy, 
qizilg‘oz, qarqaralar, qoshiq burun, marmar o ‘rdak, xo‘jasavdogar, 
c h o i chumchugi, choimoyquti, oq bagir, dasht qora iloni, tez kal 
takesagi, dasht toshbaqasi, kul rang ssink, gekkonlar, dasht va kav- 
kaz agamalari, quloqli va qum yumaloqboshlari, kul rang echkemar
o‘q ilon, chipor ilonlar, umurtqasizlardan chumolilar, qo‘ng‘izlar, 
o ‘rgimchaklar va boshqalar.
0
‘zbekistonning c h o i mintaqasida suv havzalari nisbatan kam va 
ular dengiz va okeanlar bilan tutashmagan. Sirdaryo va Amudaryo
125


da kurak burunlilaming 3 turi va ostroluchka (parrak) endemik tur 
sanaladi. Chuchuk suv havzalarida lesh, zog‘ora, oq amur, do‘ng pe 
shona, oq sla, laqqa, vobla va boshqa turlar uchraydi.
Tog‘ mintaqasi. Mazkur mintaqaga Kavkaz tog‘ tizmalari, 0 ‘rta 
Osiyo tog‘laridan Pomir, Tyan Shan tog‘lari, Kopetdak, Zarafshon 
va Oloy tog‘ tizmalari kiradi va ular faunasi bilan boshqa mintaqa 
lardan ajralib turadi. Tog‘ mintaqasi uchun vertikal zonallilik xarak- 
terli bo‘lib, albatta, gorizontal zonallilik ham hayvonlaming tog‘ 
mintaqasida tarqalishini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Fauna 
tarkibining shakllanishiga tog‘laming tarixiy rivojlanishi kuchli ta’sir 
ko‘rsatgan.
Tog‘ mintaqasida qo‘shoyoqlar, qumsichqonlar, msak quyoni, 
o‘rmon mushugi, suvsar, tipratikan, krot, bug‘u, Yevropa kosulyasi, 
qo‘ng‘ir ayiq, arxar, tog‘ echkilari, dala sichqonlari, ko‘rshapalaklar, 
bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, jayra, qoplon, asalxo‘r kakliklar, qizilishtonlar, 
qaychi tumshuq, kedrovka, chumchuqsimonlaming vakillari, chillar (4 
tur), fotma chumchuq, qoya kaptarlari, zarg‘aldoq, jar qaldirg‘ochlar, 
gekkonlar, chipor ilonlar, kavkaz salamandrasi va boshqalar uchraydi.
Kavkaz tog‘lari faunasi tarkibidagi turlar soni 0 ‘rta Osiyo 
tog‘lariga qaraganda ancha ko‘p. Kavkaz tog‘larida sutemizuvchi 
laming 130 turi, qushlaming 350 turi, sudralib yuruvchilaming 57 
turi, suvda hamda quruqlikda yashovchilaming 14 turi, hasharotlar- 
ning bir necha ming turi, mollyuskalaming 280 turi uchraydi. Pomir 
va Tyan Shan tog‘larining tabiiy majmualaridagi faunistik tarkib 
Kopetdag tog‘lariga nisbatan xilma-xil, Kavkaz togTariga nisbatan 
esa ancha kam bo‘ladi.
- Palearktika oblasti faunasiga umumiy tavsif. Palearktika faunasi 
tarkibida turlar soni nisbatan kam bo‘ladi. Bu holat quyidagi omil 
lar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchidan, oblast maydonining 
shimolda joylashganligi shimoliy chegarasida pessimum sharoitning 
shakllanishiga va fauna tarkibida turlaming kamligiga sabab bo‘lgan. 
Tur tarkibi shimoldan janubga tomon ko‘payib boradi, ammo oblast 
ning janubiy chegarasida yana kamayadi. Masalan, Palearktikaning
126


Yevrosiyo qismida 1100 turga mansub qushlar uchrasa, Janubiy 
Amerikada 2500 turdagi qushlar uchraydi. Faunasida turlaming kam- 
ligiga sabab bo‘luvchi ikkinchi omil oblast chegarasidagi landshaft- 
laming bir avlodga mansubligi, ya’ni landshaftlar orasida bir-biridan 
tubdan farq qiluvchi xususiyatlaming yaqqol namoyon bo‘lmasligidir. 
Bundan tashqari, oblast faunasining nisbatan yoshligi va boshqa omil- 
lar turlar sonining kam bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Oblastning chegara mintaqalarida turli to‘siqlaming deyarli 
yo‘qligi va chegara mintaqasining juda cho‘zilganligi qo‘shni oblast 
lar fauna elementlarining bu yerga kirib kelishiga imkon beradi. En 
demik gumhlar nisbatan ancha kam bo‘lib, ular sutemizuvchilar ora 
sida yettita oiladan tashkil topadi: vixuxollar, qunduzlar, qo‘shoyoqlar, 
selevinalar va boshqalar. Subendemiklardan krotlar uchraydi. Qush 
lardan endemik oilalariga qurlar va gagaralami misol qilish mumkin.
Palearktikaning shimolida sudralib yuruvchilar xilma-xilligi 
juda past ko‘rsakichda namoyon bo‘ladi. Ammo janubga tomon 
yo‘nalishda ularning tur soni va zichligi ancha oshadi. Sudralib 
yuruvchilarning ko‘pchiligi endemik avlod darajasida namoyon 
bo‘ladi va endemik oila darajasi zahar tishlilar uchraydi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan burchak tishlilar, ya- 
shirin jabrali yirik salamandralar, ambistomalar, amfiumlar, protey- 
lar va sirenlar oilalari endemiklar hisoblanadi. Bulaming barchasi 
dumli amfibiyalarga tegishli bo‘lib, dumsizlar orasida yuqori rang- 
dagi endemiklar uchramaydi. Chuchuk suv baliqlari xilma-xilligi 
bo‘yicha tropik ixtiofaunadan ancha keyingi o‘rinni egallaydi. Shun 
day bo‘lishiga qaramasdan, osyotrsimonlar, eshkak burunlilar, qal- 
qonli cho‘rtanlar, losossimonlar, xariuslar, chikuchansimonlar, um 
brasimonlar, g‘or baliqlar, perkopsidlar, afredoderussimonlar, quloq­
li okunlar, keng peshonalilar va boshqa ayrim oilalar endemiklar 
sanaladi.
Umurtqasizlar faunasidagi turlar soni ham xilma-xilligi bo‘yicha 
tropik oblastlarga qaraganda kam bo‘ladi. Yuqori rangni egallovchi 
endemiklar kam. Endemik hasharotlardan grilloblattid (Grylloblatti-
127


dae) turkumi vakillari uchraydi va bu relikt guruh Shimoliy Amerika, 
Yaponiya va Primoryeda ham tarqalgan. Endemik yoki deyarli en 
demik darajasidagi turlarga apollon kapalagi (Parnassius avlodi) tur- 
larini, sassiq qo‘ng‘izni (Carabus) misol qilish mumkin. Hasharot- 
laming qator oilalari va ayrim o‘rgimchaksimonlami ham endemik 
guruhlarga kiritish mumkin.
Palearktika oblasti faunasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, fauna 
tarkibida tropikaga xos boig an hayvon guruhlari deyarli uchramaydi 
va faqat ayrim keng tarqalgan turlargina uchraydi, xolos.
Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning o‘zaro o‘xshash fauna ele- 
mentlaridan tashkil topganligini quyidagicha izohlash mumkin. Shi 
moliy Amerika va Yevrosiyo ayni vaqtda bir-biridan to iiq ajralgan, 
ammo pleotsen va to‘rtlamchi davrda bu ikkala hudud Alyaska orqali 
o ‘zaro tutash boigan. Alyaska o ‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘tagan 
va u orqali hayvonlar ikki yo‘nalishda migratsiya qilib turishgan. 
Alyaska orqali Yevrosiyodan Amerikaga tog‘ qo‘ylari, loslar, qo‘ng‘ir 
ayiq va hozirda Amerikada qirilib bitgan mamontlar, yaklar, sayg‘oqlar 
va boshqa hayvonlar o‘tgan boisa, Shimoliy Amerikadan Yevrosiyoga 
shimol bug‘usi, ovsebik (ho‘kizqo‘y) va boshqa hayvonlar o‘tgan.
Palearktika oblastining sutemizuvchilari orasida avlod daraja 
sidagi endemiklar ancha ko‘p. Bularga tuyoqlilardan sema yoki 
qora echki (Rupicapra), kosulya yoki yovvoyi elik (Capreolus), tuya 
(Camelus), xomyak (Cricetus) va boshqalami misol qilish mumkin. 
Hasharotxo‘rlardan krotlar, yerqazarlar va tipratikanlar uchraydi. Yer- 
qazarlardan, ayniqsa, burama tishli yerqazarlar va oq tishli yerqazar­
lar ko‘p b o iib , mazkur turlaming vatani Palearktikadir. Burama tishli 
yerqazarlarga suvda uchraydigan kutora ham kiradi. Qoiqanotlilar 
kamchilikni tashkil etadi va ulaming asosiy qismi janubda va janubiy 
g‘arbda tarqalgan. Tovushqonsimonlardan tovushqonlar va dumsiz 
sichqonlar, kemiruvchilardan olmaxonlar, yumronqoziqlar, sug‘urlar, 
burunduklar (ola sichqonlar), sichqonlar, sonyalar, qo‘shoyoqlar va 
ko‘rsichqonlar kabi turlar keng tarqalgan. Yirtqichlar Palearktika 
uchun xos turlar sanalmaydi, sirtlonlar va viverralar uning janubiy
128


rayonlarida tarqalgan. Itsimonlar, ayiqsimonlar, mushuksimonlar- 
ning faunadagi hissasi ancha salmoqli. Tuyoqlilardan qora echki va 
yovvoyi elik endemik hisoblanadi. Otlar oilasidan Pijevalskiy oti va 
qulonlar faqat Palearktikada uchraydi va ular bir nechta kenja turlami 
hosil qilgan holda, Yerondan to Mongoliya va Tibetgacha tarqalgan. 
Yowoyi cho‘chqa, yovvoyi qo‘ylar va echkilar, zubr va turli-tuman 
bug‘ular ham mazkur hudud uchun xarakterli turlardan sanaladi. 
Tuyalaming bir va ikki o‘rkachli turlari cho‘l va dasht mintaqalarida 
uchraydi. Palearktikada xartumlilar va odamsimon maymunlar, karki 
don, jirafa va boshqa tropik oblastlar (Efiopiya, Indo-Malay) uchun 
xarakterli turlar uchramaydi.
Palearktikaning omitofaunasi ham o ‘zining xilma-xilligi bo‘yicha 
tropik oblastlardan ancha orqada turadi. Ammo qushlaming ayrim 
gumhlari oxirgi geologik davrlarda aynan shu yerda o‘z taraqqiyo- 
tining yuksak darajasiga erishgan. Bularga chumchuqsimonlar tur- 
kumiga mansub bo‘lgan moyqutlar oilasini, vyuroklar va dehqon 
chumchuqlami misol qilish mumkin. Bu yerda moyqutlaming 300 
dan ortiq turlari bo‘lib, ular daraxt va buta o‘simliklari bilan qoplan 
gan bitoplami egallaydi. Qarg‘asimonlar oilasi juda keng tarqalishga 
va yuqori zichlikka ega bo‘lib, ular orasida zag‘izg‘onlar avlodi va 
xo‘jasavdogar singari endemiklar uchraydi. Qurlar va tovuqsimonlar 
keng tarqalgan. Kakkular, qizilishtonlar, kaptarlar va ko‘k qarg‘alar 
tropik rayonlarga qaraganda ancha tor areallami hosil qiladi. Paleark 
tikada to‘tilar, karkidon qushlar, nektarchilar kabi turkum va oilalar- 
ning vakillari uchramaydi.
Reptiliya va amfibiyalar faunasi ham qo‘shni tropik hududlar fau­
nasiga nisbatan ancha kam. Tangachalilardan haqiqiy kaltakesaklar 
va agamalar xarakterli, chekka janubda esa xamelionlaming alohida 
turlari uchraydi. Zaharli ilonlaming asosiy qismi qora ilonlarga man 
sub, qalqontumshuq va kapcha ilonlaming ham alohida turlari tarqal­
gan. Tropik hududda keng tarqalgan bo‘g ‘ma ilon turlari Palearkti­
kada deyarli uchramaydi va bu yerda faqat mayda bo‘g ‘ma ilonlar tar­
qalgan, xolos. K o‘rilonlar, timsohlar va terili toshbaqalaming yagona
129


vakillari janubiy chegara rayonlardagina uchraydi. Amfibiyalardan 
endemik oila vakillari hisoblangan burchaktishlilar (uglozub) uchray­
di. K o‘p sonli dumli amfibiyalar, baqa va qurbaqalar keng tarqalgan. 
Kvaksha (daraxt baqalari) laming faqat ikkita turi uchraydi.
Chuchuk suv baliqlaridan janubda karpsimonlar, shimolda esa losos 
simonlar oilalarining turlari nisbatan keng tarqalgan. 01abug‘asimonlar 
ham bu region uchun xos. Endemik oilalardan yalang‘ochlar va keng 
peshonalar Baykal k o iid a uchrasa, bir nechta endemik avlodlar (karas 
lar, gorchaklar, ershlar) butun Palearktikada uchraydi.
Umurtqasizlar faunasi turli-tumanligi bilan tropik oblastlardan 
orqada turadi va endemizm k o ‘proq avlod va tur darajasida namo­
yon b o ia d i. Endemiklarga yirtqich q o ‘ng‘izlar, appalon kapalaklarini 
ham misol qilish mumkin. Janubda uchraydigan termitlar va chayon 
lar kabi b a’zi turlar tropik fauna elementlari sanaladi (13-14-rasmlar).
Palearktika zoogeografik oblasti faunasiga tegishli b o ig a n bataf- 
sil m aiu m otlar oblast tarkibidagi Yevropa-Sibir, Qadimgi 0 ‘rta Yer 
va Sharqiy Osiyo yoki Himolay-Xitoy kabi alohida zoogeografik 
hududlar misolida bayon etiladi.
Yevropa-Sibir hududi. Yevrosiyo materigining butun shimoliy 
qismi, y a’ni Britaniya orollari va G ‘arbiy Yevropadan tortib to Chu 
kotka va Kamchatkagacha b o ig a n m o‘tadil sovuq va Arktika iqlimi 
hukmronlik qiladigan Shimoliy yarim shardagi eng katta hududni 
egallaydi. Uning janubiy chegarasi Pireney yarim orolining shimoli, 
Alp va Bolqon orqali o ‘tib, Qrim to g ia ri va Bosh Kavkaz tizmasi 
b o ‘ylab Kaspiyning g ‘arbiy qirg‘og‘iga yetmasdan shimolga buriladi. 
Shundan so‘ng Povolje va Shimoliy Q ozogistonning chala c h o i va 
dashtlari, Irtish va Yeniseyning yuqori oqimi va Shimoliy Mongoliya 
orqali o‘tib Katta Xingan tizmasining shimoli-g‘arbiga va Amur vodiy- 
siga yetib boradi. 0 ‘z-o‘zidan m a iu m k i, bunday yirik maydonni 
egallagan Yevropa-Sibir hududining tabiiy sharoiti ham juda xilma-xil. 
Hudud faunasi tarkibidagi turlar soni uning shimoliy qismida juda 
kam, janubiga tomon esa ko‘payib boradi. Fauna tarkibidagi farqlar 
kenglik b o ‘yicha yaqqol, uzoqlik b o ‘yicha esa sust namoyon b o iad i.
130


13-rasm. 

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin