F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan


O‘zbekiston kurort va sanatoriyalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

12.3. O‘zbekiston kurort va sanatoriyalari

O‘zbekiston Respublikasida tog‘lar, daryolar kam, ko‘llar va 

cho‘llar ko‘p. Ular ichida mineral suvli buloqlar va havzalar, 

shifobaxsh davolash vositalariga boy bo‘lgan kurortlar aholiga 

tizimli xizmat ko‘rsatmoqda.

Chortoq sanatoriyasi – balneologik kurort bo‘lib, Naman- 

gan shahridan 25 km, Chortoqsoy daryosi vodiysida, to‘g‘lar 

yaqinida joylashgan. Iqlimi yumshoq, bu kurort hududida qishda 

+1 +4


o

С,  yozda  esa  +23  +25

o

  С  iliq,  havoning  nisbiy  namligi 



52 %ni tashkil qiladi. Kurort o‘zining mineral suvlari bilan (xlo- 

ridli, yodli, natriy, kaliyli eritmali), shuningdek, zamonaviy fizi­ 

oterapevtik davolash uchun nihoyatda yuqori darajada jihozlan- 

ganligi bilan mashhur. Zamonaviy fizioterapiya, lazer bilan da- 

volash, davolovchi jismoniy tarbiya, massaj, psixoterapiyadan foydala- 

niladi. Yod-bromli vannalar gipotonik, tomir kengaytiruvchi ta’sir 




80

ko‘rsatadi. Davolash uchun ko‘rsatmalar: hazm a’zolari kasalliklari

asab tizimi kasalliklari, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari, 

ginekologik kasalliklar va teri kasalliklarida.

«Chimyon» sanatoriyasi balneologik kurort bo‘lib, Farg‘ona 

shahridan 32 km masofada joylashgan, dengiz sathidan 450 m 

balandlikda, Oltinsoy daryosi vodiysida.

Asosiy shifobaxsh omillari bu – vodorod sulfidli mineral 

suvlar va balchiqli ko‘lning balchig‘idir. Vodorod sulfidli van- 

nalar, chayishlar va boshqa maqsadda foydalaniladi. Sulfidli 

suvlar odam organizmiga teri, shilliq pardalar va nafas yo‘llari 

orqali ijobiy ta’sir etadi va sog‘lomlashtiradi. Davolash uchun 

ko‘rsatmalar: qon aylanish tizimi kasalliklari, asab tizimi 

kasalliklari, ginekologik va urologik kasalliklar.

«Kosonsoy» sanatoriyasi –Namangan shahridan 30 km ma- 

sofada joylashgan bo‘lib, iqlimi qishda 0°-3°C gacha, yozda esa 

+26° – 28°C gacha iliq bo‘ladi. Davolash kompleksida davo 

vosita sifatida iqlim bilan davolash, balchiq bilan davolash, gal- 

vanoterapiya, fizioterapiya, suv bilan davolash, massaj va davolovchi 

jismoniy tarbiya, parhez va mineral ichimlik suvlar tavsiya etiladi.

«Oqtosh» sanatoriyasi – Toshkent shahridan 65 km maso- 

fada va dengiz sathidan 1140 m balandlikda joylashgan. Davo- 

lash omili mussaffo tog‘ havosi, tog‘ daryolaridan kelayotgan 

tog‘ suvlari juda shifobaxsh xususiyatga ega. Nospetsifik nafas 

a’zolari kasalliklarida davolanish uchun tavsiya etiladi.

«Chinobod» sanatoriyasi balneologik balchiqli kurort bo‘ 

lib, Toshkent shahrida, dengiz sathidan 470 m balandlikda joy- 

lashgan. Asosiy tibbiy davo omili Toshkent artezian hovuzining 

suvlari (+5

o

C), xloridli – gidrokarbonatli – natriyli, ichimlik va 



tashqi foydalanish uchun (vannalar, chayishlar) qo‘llaniladigan 

suvlar. Bundan tashqari fizioterapevtik muolajalar, massaj, davolovchi 

jismoniy tarbiya, parhez, balchiqli applikatsiyalar qo‘llaniladi. Davo- 



81

lash uchun ko‘rsatmalar: hazm tizimi a’zolari kasalliklari, gi- 

nekologik kasalliklar, teri qoplami kasalliklari, asab tizimi ka- 

salliklari, nafas a’zolari surunkali kasalliklari remissiyasi davrida.

Shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida da- 

volash-sog‘lomlashtirish komplekslari va sanatoriyalari juda 

ko‘p, ulardan: «Botanika» sanatoriyasi – Toshkent shahridan 30 

km masofada, «Umid gulshani» sanatoriyasi Toshkent shahridan 

18 km masofada, «Bo‘ston» sanatoriyasi – Toshkentdan 30 km 

masofada Chirchiq shahrida, «Havotog‘» sanatoriyasi Sirdaryo 

viloyatida, «Sitorai Mohi Xossa» – Buxoro shahrining sharqiy qis- 

mida, «Abu Ali ibn Sino» sanatoriyasi – Samarqand shahridan 50 km 

masofada, «Zomin» sanatoriyasi – Jizzax viloyatida, «Qashqadaryo 

sohili» sanoriyasi Qarshi shahrida, «Miroqi» sanatoriyasi Qashqadaryo 

daryosi vohasida, Shahrisabz shahridan 20 km masofada, «Marhamat» 

sanatoriyasi – Andijon shahridan 35 km masofada joylashgan.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin