F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan


Harakat chegaralanishiga olib keluvchi kasalliklar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

2.4. Harakat chegaralanishiga olib keluvchi kasalliklar

Harakatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, ya’ni inson organiz-

miga va aynan harakat a’zolari (mushak, suyak, paylar va bo‘g‘in lar) 

ga ta’sir etuvchi ko‘pgina omillar mavjud:

– muskul to‘qimasining yallig‘lanishi (miozit);

– suyak to‘qimasining yallig‘lanishi (osteit, osteomiyelit);

– bo‘g‘inlar yallig‘lanishi (artrit).

Artritlar ko‘pgina infeksiyali va allergik kasalliklar belgisi bo‘lib, 

insonga ancha zarar yetkazadi. Xususan, revmatizm kasalligida, 

bo‘g‘inlarda mavjud bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimaning yallig‘-

lanishi kuzatiladi. Bu kasallikni esa β­gemolitik streptokokk keltirib 

chiqaradi. Demak, bakterial yoki virus infeksiyasini harakat chegara-

lanishiga olib keluvchi omil, deb hisoblaymiz.

Jarohat – harakat chegaralanishiga olib keluvchi yana bir jiddiy 

omil hisoblanadi. Jarohat turlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan kesilgan 

jarohat (kesuvchi jism ta’sirida), uzilgan jarohat, teshilgan yoki 

chopilgan jarohat, shilingan jarohat turlari mavjud. Shuningdek, 

paylar cho‘zilishi va uzilishi, bo‘g‘imlar chiqishi, suyaklar sinishi 

kabi shikastlanishlar mavjud bo‘lib, ular harakat chegaralanishiga 

yoki buzilishiga bevosita sabab bo‘ladi. Avvalgi mavzulardan bizga 

ma’lumki, muskullar harakatlanishi asab tolalari orqali yetib keluvchi 

impulslarga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, asab impuls ta’sirida, u yoki bu 




11

muskul harakatlanib qisqaradi va o‘z vazifasini bajaradi. Agar bemor 

markaziy yoki periferik asab kasalligiga duchor bo‘lgan bo‘lsa, 

bu harakat buzilishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, umurtqa 

pog‘onasi orasidan asab tolalar bo‘yin qismida zararlangan bo‘lsa, 

insonning nafaqat qo‘llari, balki oyoqlari hamda kichik chanoq sohasi 

organlari ham zararlanishi mumkin. Yuz nervining yallig‘lanishi yuz 

tuzilishini o‘zgarishiga (assimmetriyasiga) sabab bo‘ladi va natijada 

yallig‘langan tomon muskullari faoliyati buziladi, ya’ni yutish va 

chaynash jarayoni qiyinlashadi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin