F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

O‘rtacha ta’sir kuchiga ega suv muolajalari:

– oyoq, belga vannalar (belga o‘tirgan yoki yotgan holda), sekin-

asta haroratni ko‘tarish bilan;

– o‘tirgan holda ishqalash bilan vanna qabul qilish;

– mineral vannalar;

– turli xil tarkibli iliq vannalar;

sovuq ishqalovchi vannalar;

– o‘tirgan holda o‘zgaruvchan haroratli vannalar;

– badanning 3/4 qismiga kompress qo‘llash yoki nam sochiq 

o‘rash;


– o‘tirgan holda bug‘li vanna qabul qilish;

– sauna.


Kuchli ta’sir etuvchi suv muolajalari:

– qizdiruvchi vanna;

– hammom;

– sovuq yoki issiq suvni tezlik bilan tanaga quyish.




21

Suv bilan davolashda tanada umumiy va mahalliy o‘zgarishlar 

paydo bo‘lib, ular ma’lum miqdorda suv harorati bilan bog‘liqdir. 

Suv muolajalari haroratiga qarab – sovuq (20°C), salqin (20–30°C), 

indifferent (34 – 36°C), iliq (37 – 39°C), issiq (40°C dan yuqori) 

bo‘lishi mumkin.

Gidroterapiya markaziy asab tizimiga o‘ziga xos tarzda ta’sir 

ko‘rsatadi. Indifferent haroratdagi suvni qo‘llash natijasida tanada 

bo‘shashish, tinchlanish, uyquchanlik hosil bo‘ladi. Sovuq va 

issiq suv ta’sirida qo‘zg‘aluvchanlik kuchliroq bo‘ladi. Suv bilan 

davolaganda yurak tomir faoliyatida o‘zgarishlar yuzaga keladi. 

Sovuq suv ta’sirida teri tomirlari torayadi, yurakning qisqarish 

faoliyati sekinlashadi, arterial bosim ortadi. Past haroratdagi suv 

ta’sirida skelet mushaklarining tarangligi oshadi. Issiq suvning ta’siri 

unga qarama-qarshi bo‘ladi. Issiq va sovuq suv muolajalari moddalar 

almashinuvi jarayonini tezlashtirib, organizm taranglashuvini oshiradi. 

Gidroterapiyada, haroratdan tashqari mexanik omil muolajaning 

umumiy ta’sirini kuchaytiradi. Suv muolajalari, ayniqsa, yurak 

tomir, asab faoliyati, xafaqonlik kasalligi va organizmda moddalar 

almashinuvi buzilgan bemorlarga tavsiya etiladi. Monelik hollari: 

suv muolajalari og‘ir ateroskleroz, qon bosimining yuqori darajaga 

ko‘tarilishi, miya va toj tomirlar qon aylanishining buzilishida hamda 

sil kasalligining faol turida qo‘llanilmaydi. Suv muolajalari har bir 

shaxsga alohida buyuriladi.Davo muddati 15–20 ta muolajadan iborat 

bo‘lib, boshlanishida qisqa muddatli, so‘ng bemorning ahvoliga qarab 

sekin-asta oshiriladi.

Gidroterapiyaning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan 

suv quyish va artinish, ho‘l sochiqqa o‘rab qo‘yish, dush (aylanma, 

sirkulyar, otilib chiquvchi yuqori va past bosimli), ichakni yuvish, 

vannalar va boshqalar qo‘llaniladi. Umumiy vanna bo‘lsa, bemor 

tanasining barcha qismi suvga tushiriladi. Mahalliy vannalar: 

marvaridli (suv orqali havo pufakchalari bosim bilan chiqariladi), 




22

ko‘pikli (ko‘pik hosil qiluvchi moddalar yordamida), tebranuvchi 

va aylanma (suvni mexanik ta’sirda kuchaytirish), hidli, xvoyli 

shifobaxsh giyohli, mineralli bo‘ladi. Vanna qabul qilish muddati 

10–15 daqiqa, muddatni uzaytirish noxush oqibatlarga olib kelishi 

mumkin. Vannalar qabul qilish vaqtida bemorning umumiy ahvolini 

nazorat qilib turish lozim, chunki arterial bosimning o‘zgarishi puls 

tezligi va nafas harakatlarining yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Suv 

muolajalarini artish, suv quyish ko‘rinishida ham qo‘llash mumkin. 

Bu davolash usullari kundalik shaxsiy gigiyena bo‘lib, bemorlarni 

davolash va parvarishlashiga kiradi. Qisqa muddat ichida sovuq suv 

bilan badanni artish, chiniqtirishning bitta vositasidir. Sovuq suvga 

yuvinish tomirlar faoliyatini oshirib, yuqori haroratli bemorga yaxshi 

natija beradi. Tananing ma’lum qismiga kontrast suv quyish, avvaliga 

iliq, keyin sovuq suv yordamida amalga oshiriladi. Muolajadan so‘ng 

tana sochiq yordamida quritiladi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin