KIRISH. AMALIYOT O’TASH JOYI VA INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH TARTIBI BILAN TANISHISH
Men amaliyot o’tagan joy “EXCLUSIVE HOUSE SERVICE BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” MCHJ ekanligidan kelib chiqib kompaniyani yaratishi va qanday faoliyat yuritishiga oydinlik kiritamiz. Bizning kompaniya ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1-ilovaga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar joylashgan hududlarini ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirish (keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan hudud) yuzasidan loyihani amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda — loyiha) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, loyiha doirasida biriktirilgan hududda:
a) tanlangan boshqaruvchi tashkilotga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
shartnomalarga asosan barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish, shuningdek, yakka tartibda qurilgan uylarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilotlarga (obyektlarga) kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish;
tegishli hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga asosan hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatini tashkil etish;
2023-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni ta’mirlash ishlari umumiy smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi, bunda:
2023-yil uchun Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan 156,4 milliard so‘m ajratiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘larning:
Oldingi tahrirga qarang.
30 foizi mulkdorlar hisobidan qoplanadi;
35 foizi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi;
35 foizi mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladigan ro‘yxatdagi uy-joylarni ta’mirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizini ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari hisobidan jamg‘arib borilishini tashkil etilgan.
Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltirish uchun ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga joriy yilda 100 milliard so‘m ajratilgan
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash ishlari uchun ajratilayotgan mablag‘larning samarali va manzilli ishlatilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
b) boshqaruvchilar bir yilda bir marta ko‘p kvartirali uy-joylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan o‘tkazadi va Uy-joy fondi inspeksiyasiga ma’lumot kiritib boradi;
v) boshqaruvchi har yarim yilda majburiy badallarning tushumi va ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risida mulkdorlarga hisobot berib boradi;
z) ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi, Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni to‘lab berish uchun “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
i) ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan taqdirda mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘ladi;
k) quyidagi masalalar bo‘yicha umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan ko‘prog‘i ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi:
ko‘p kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish;
mulkdorlar amal qilishi majburiy bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash.
2021-yil 1-oktabrga qadar ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestrini shakllantirilgan va ishga tushirilgan.
Dostları ilə paylaş: |