MAMLAKATIMIZDA YARATILGAN INVESTITSIYA MUHITI HAMDA REAL SEKTORGA YO’NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNI O’RGANISH.
Hozirgi kunda har qanday mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirshning asosi sifatida investitsiyalarga e’tibor qaratilmoqda. Chunki jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, qaysi davlat iqtisodiyotiga ko‘proq investitsiya jalb qilgan bo‘lsa va qulay investitsion muhit yaratgan bo‘lsa, o`sha davlat iqtisodiyotininng jadal o‘sishiga erishmoqda. Investitsiya iqtisodiy kategoriya sifatida juda keng ma’noga egadir. Investitsiyalar tushunchasi (lotincha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “kiyinaman” degan ma’noni anglatadi) amalda har qanday lug‘atda mamlakat ichkarisida va xorijda iqtisodiyot tarmoqlariga kapital qo‘yish sifatida talqin qilinadi3. Investitsiya atamasiga iqtisodiy kategoriya sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiyalar — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”.Bundan tashqari bu qonunda bir qator investitsiyaga bog`liq quyidagi atamalarga ta’rif berilgan: “Investor — investitsiya faoliyati ob’ektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti; Investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati; Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui; Investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’ekti;
Reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar”. Investitsiyalarga turli olimlarimiz tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan, professor B.Y.Xodiyev va professor Sh.Sh.Shodmonov investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berganlar: “Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko`rinishidir” . Olimlarimiz bu ta’rifada asosiy e’tiborni ishlab chiqarishga qaratganlar ya’ni investitsiyalarni korxonalarning asosiy va aylanma kapitalini qayta tiklash va ko‘paytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflar sifatida qaraganlar. Yana bir qator olimlarimiz tomonidan investitsiyalarga turli ta’riflar berilgan: “Investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablag‘lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunlar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa molmulk yoki mulkiy huquqlar, intelektual boyliklar” ; “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”; “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”;
Rossiyalik iqtisodchi-olim L.Igoshina tomonidan: “Investitsiyalar – pulni saqlash, ko‘paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo‘lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi” , deb ta’riflangan. “Инвестиции” darsligining muallifi, professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: “Foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir” . Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan: “Investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi”; “Investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig‘indisi tushuniladi”; “Investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi”; “Investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag‘larini uzoq muddatga kiritishni anglatadi.
6-ilova
“O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
Ko’rsatgichlar
|
2018 yil
|
2019-2025 yil
|
2025 yil
|
YaIM
|
407.5
|
106%
|
1298.9
|
Investitsiyalari
|
30.5 %
|
|
37.5
|
Chet el investitsiyalari va kreditlari mlrd.so’m
|
|
30.8
|
11
|
Markazlashmagan
investitsiyalar mlrd.so’m
|
|
1002.5
|
|
Asosiykapitalga
investitsiyalar
|
103.9
|
110.8
|
|
7-ilova
2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.1
2021 yilda 6 milliard 500 million dollarlik loyihalar ishga tushiriladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirish, dolzarb loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida faol investitsiyaviy siyosat olib borilmoqda. 2017 yildan boshlab barcha manbalar hisobidan 716 trillion so‘m (83 milliard dollar) yoki oldingi davrga nisbatan 2 baravardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shundan qariyb 27 milliard dollarini xorijdan jalb qilingan mablag‘lar tashkil etadi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning deyarli 65 foizi sanoat va infratuzilma loyihalariga to‘g‘ri keladi. Natijada, so‘nggi 4 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 25 foizdan 33 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 1,3 baravarga o‘sgan. Ushbu davrda 441 trillion so‘mlik 47 mingdan ziyod yirik, o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilib, 680 mingdan ortiq doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Shuningdek, so‘nggi 4 yilda mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 100 trillion so‘m investitsiya yo‘naltirilgan.
8-ilova
Tahlillarga ko‘ra, ajratilgan har bir milliard so‘m evaziga Namanganda 12 ta, Andijonda11 ta, Navoiy va Sirdaryoda 8-9 tadan yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu ko‘rsatkich Buxoro,Samarqand va Xorazmda 6-7 ta, Qashqadaryo va Farg‘onada 5 taga to‘g‘ri kelgan.Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida esa atigi 3-4 tani tashkil etgan.Toshkent viloyatiga so‘nggi 4 yilda yo‘naltirilgan 950 million dollar xorijiy investitsiyava bank kreditlari hisobiga atigi 40 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ya’ni bir ish o‘rni 24 ming dollarga to‘g‘ri kelmoqda. Vaholanki, Namangan viloyatida 2 baravar kam mablag‘ sarflanib, 52 mingta ish o‘rni ochilgan. Shuningdek, 2 mingdan ziyod korxona past quvvatda ishlayotgani, ayrim tumanlarda ishlab chiqarish hajmi kamaygani qayd etib o‘tildi. Prezidentimiz tarmoq va hududrahbarlarining asosiy vazifasi investitsiyaviy faollikni kuchaytirish bilan birga, ularning samaradorligini oshirish bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, har bir tuman va shaharda sanoat bo‘yicha ishga solinmagan imkoniyatlarni aniqlab, manzilli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Viloyatda yer resursi cheklangani sababli cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bunga sarflanadigan 350 milliard so‘mlik xarajatlarning 110 milliard so‘mi subsidiya hisobidan qoplab beriladi.4
|
2019
|
2020 yil yanvar
dekabr
|
2021 yil yanvar
Mart
|
Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan
investitsiyalar jami mlrd soʻm
|
195927,3
|
202000.1
|
35592.4
|
Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan
investitsiyalarning YaIM ulushi % da
|
38.9
|
12677
|
27.7
|
Uy-joylarning umumiy maydoni minh.
m²
|
15501,5
|
112.3
|
252.3
|
Kasalxonalar, ming yotoq
|
7.4
|
4.1
|
|
Poliklinika muassasalari, shu
jumladan qishloq vrachlik punktlari smenada ming qatnov
|
20.7
|
5.1
|
|
Qurilish ishlari
|
71156.5
|
87823.8
|
19547.4
|
9-ilova
Investitsiyalar va qurilish faoliyatining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
Mamlakatimizda investitsiya va qurilish faoliyatining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili quyidagicha. Asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy
hajmi 19,5927,3 milliard so‘mni, 2020 yilning yanvar-dekabrida 202,000,1 milliard so‘mni va 2021 yilning yanvar-martida 35,592,4 milliard so‘mni tashkil etdi.Asosiy fondlarga investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 2019 yilda 38,3%, 2020 yilningyanvar- dekabrida 34,8% va 2021 yilning yanvar-martida 27,7% ni tashkil etdi.Uy-joylarning umumiy maydoni 2019 yilda 15501,5 ming kvadrat metr, 2020 yil yanvar dekabrda 12677,4 ming kvadrat metr va 2021 yil yanvar-mart oylarida 2523,0 ming kvadrat metrni tashkil etadi. 2019 yilda qurilish ishlari 71 156,5 milliard so‘m, 2020 yil yanvar
-dekabr oylarida87823,8 milliard so‘m, 2021 yil yanvar -mart oylarida esa 19 547,4 milliard so‘mni tashkil etdi.
Ijtimoiy sohalarni, infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. Joriy yilda viloyatning 11 ta joyida 105 ta ko‘p qavatli uylar barpo etilishi ta’kidlandi. 312 milliard so‘m markazlashgan mablag‘lar hisobidan 503 kilometr yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha vazifa qo‘yildi. Joriy yilda Farg‘ona viloyatidagi 19 ta tuman va shaharlarda bittadan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilishi,
“Yoshlar: 1+1” loyihasi doirasida 8 mingdan ziyod ishsizlar tadbirkorlik va kasb- hunarga o‘qitilishi belgilandi. Xotin-qizlarning o‘z ishini ochishigako‘maklashish, muhtojlarning uy sotib olishi uchun boshlang‘ich badal pullarini to‘lab berish, ajralishlarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Dostları ilə paylaş: |