Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari
1. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ularning tarkibiqtisodiyot tuzilishi qurilishining belgilangan yo`nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya siyosatini o`tkazish yo`li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o`z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo`li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog`ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi
Kapital moliyalashtirish manbalarini ham ikki guruhga ajratish mumkin:
markazlashtirilgan qo`yilmalar:
davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag`lari, tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari.
markazlashtirilmagan kapital qo`yilmalar:
korxonalar mablag`lari, shu jumladan, qo`shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag`lari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining norezidentlarining mablag`lari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag`lari, banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning kreditlari, aholi mablag`lari.
Aytish joizki, real investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri hisoblanadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilmoqda:
Investorning o`z moliyaviy resurslari va ichki xo`jalik rezervlari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, maxsus zahira fondlari);
Investorning qarz mablag`lari (bank krediti, byudjet krediti, obligatsiya bo`yicha qarzlar);
Jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining pay va boshqa ko`rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari);
Byudjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan tashqari fondlar mablag`lari).
Chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to`g`ridan – to`g`ri chet el investitsiyasi, qo`shma korxonalar ko`rinishida);
Lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi bo`lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish tushiniladi).
Investitsion loyihalarni moliyalashtirish shakllari va manbalarining har biri o`zining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy jihatlariga ega, shu sababli investitsion loyihalarni moliyalashtirish shakllarini tahlil qilib eng qulay shakl va usul tanlanadi.
Korxonalarni o`z mablag`lari nvestitsiyalarni moliyalashtirishning eng ishonchli manbasi bo`lib hisoblanadi. Har qanday tijorat tashkiloti doimo investitsiyalarni o`z hisobidan moliyalashtirishga intiladi. Bu holatda moliyalashtirish manbalarini qayerdan olish kerak degan muammo vujudga kelmaydi va uning bankrotlik xavf-xatari (riski) kamayadi. Bundan tashqari ijobiy tomonlari ham mavjud. Xususan o`z-o`zini moliyalashtirish korxonani rivojlanganligi va uning yaxshi moliyaviy holatini bildiradi va yana raqobatchilardan ma‘lum bir ustunlikka ega bo`ladi, boshqa korxonalarda bunday imkonyat bo`lmasligi mumkin. Har qanday tijorat tashkilotining asosiy o`z-o`zini moliyalashtirish manbai bu, asosan, sof foyda va amartizatsiya ajratmasi hisoblanadi.