Fakulteti 2-kurs “investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish”


"Foyda investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida"



Yüklə 283,1 Kb.
səhifə9/11
tarix26.10.2023
ölçüsü283,1 Kb.
#161715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Davlatjon Axmadjonov (3)

"Foyda investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida".


Korxonaning asosiy maqsadi bu maksimal foyda olishdir. U korxona faoliyatining asosiy moliyaviy natijasi hisoblanadi. Korxonaning balans foydasi (Fb) quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
Fb= Fs+Fm+(Db-Xb)
Bu yerda:
Fs – mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda;
Fm – korxona mulkini sotishdan tushgan foyda; Db – boshqa operatsiyalardan tushgan daromad; Xb – boshqa operatsiyalar bo`yicha harajatlar.
Yalpi foyda – foyda solig`i olish uchun soliq to`lanadigan baza hisoblanadi. Korxonani o`z ixtiyorida qoladigan foyda, ya‘ni sof foyda (Fs) qiziqtiradi va quyidagicha teng bo`ladi:
Fs=Fb-Sf
Bu yerda:
Fb – balans foyda;
Sf – foyda solig`i va boshqa majburiy to`lovlar.
Agar korxona ishchilari ijtimoy sohada, shu jumladan ish haqi darajasi bo`yicha, boshqa korxonalarga nisbatan yaxshiroq ta‘minlangan bo`lsa, bu holda foyda birinchi navbatda, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo`naltirilishi lozim. Agarda korxonaning texnik rivojlanish darajasi past bo`lib, bu korxonaning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga to`sqinlik qilib, korxonani bankrotlikka olib kelsa, bunday holda, foydani korxonani rivojlantirish uchun yo`naltirish lozim. Shunday qilib, korxona foydasi uning iqtisodiy va ijtimoiy darajasiga asoslangan holda taqsimlanishi lozim.
Korxonada ushbu muhim qoidaga amal qilishlari lozim – ―foyda korxonaning istiqbolda rivojlantirishini amalga oshirishga turtki berishi lozim‖. Shunday qoida borki, ishlab chiqarishni rivojlanishi, oxir oqibatda korxona daromadi hajmini o`sishiga olib keladi, bu esa kelajakda korxona jamoasini ijtimoy muammolarini hal bo`lishiga va korxona investitsiya imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi.
    1. “Amortizatsiya ajratmalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai sifatida”.


Amortizatsiya – asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o`tkazib borish jarayonidir. Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan kam bo`lmagan, qiymati 50 minimal maoshdan yuqori bo`lgan va o`z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga asta sekinlik bilan o`tkazib boradigan ishlab chiqarish vositalar kiradi. Ular: bino, inshoot, asbob- uskuna, mashina, transport vositalari, o`lchovchi uskunalar va h.k.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ham jismonan, ham ma‘naviy eskiradi. Ob‘ektlar qiymati hisoblangan amortizatsiya ajratmalari hisobidan qoplanadi.
Amortizatsiya ajratmalari investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ular qayta ishlab chiqarishni (ya‘ni takror ishlab chiqarish) tashkil qilib qolmay, balki ma‘lum darajada ularni kengaytirishga ham mo`ljallangan bo`ladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amortizatsiya korxonaning investitsiya ehtiyojini 70-80 foizini qondiradi. Mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o`tishi bilan amortizatsiya ajratmalarini investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatidagi ahamiyati ham o`sdi. Bu birinchi navbatda, asosiy fondlarning tez-tez qayta baholanishi va ko`p korxonalarning zararga ishlayotganligi bilan bog`liq.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida boshqalariga nisbatan ustunlik tomoni shundaki, korxonaning har qanday moliyaviy xolatida, bu manba o`z o`rniga ega bo`ladi va doimo korxona ixtiyorida bo`ladi.
Shunday qilib, amortizatsiya ajratmalari korxonaning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi muhim vositaga aylanadi.

    1. Yüklə 283,1 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin