Fakulteti 2-kurs “investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish”


Korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy resurslari bO`lib quyidagilar hisoblanadi



Yüklə 283,1 Kb.
səhifə10/11
tarix26.10.2023
ölçüsü283,1 Kb.
#161715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Davlatjon Axmadjonov (3)

Korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy resurslari bO`lib quyidagilar hisoblanadi:


  • xo`jalik usulida bajarilgan qurilish-montaj ishlaridan kelgan foyda (qilingan iqtisod);

  • asosiy vositalarni likvidatsiya qilingan vaqtda olingan yaroqli materiallar;

  • aylanma mablag`larning aylanishini tezlashishi hisobiga, muomiladan bo`shatilgan aylanma mablag`larning bir qismi;

  • korxonaning o`zida tashkil qilingan maxsus rezerv fondlari va boshqalar.

Investitsion loyihalarni baholashda shuni hisobga olish lozimki, ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan, soliqlar ayirib tashlanadi. Ammo, bu hisoblangan soliqlar, amortizatsiya ajratmalari singari ma‘lum muddat korxona oborotida qo`shimcha ishlatilishi va vaqtincha moliyaviy resurs bo`lishi mumkin.

    1. Agar korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda O`z mablag„lari etarli bO`lmasa, bunday holda, korxona mablag„larni qimmatli qog„ozlar chiqarish yoki bank krediti orqali jalb qilishi mumkin. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning keng tarqalgan va moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo`lib, qimmatli qog`ozlarni emissiya qilish hisoblanadi.

Qimmatli qog`ozlar chiqarish, investitsiyalarni moliyalashtirishda markazlashgan mablag`lar va bank kreditlarining hissasini pasayishiga olib keladi. Qimmatli qog`ozlar bozori va kredit bozori, pul mablag`lariga ehtiyoji bo`lgan tarmoqlarga (korxonalarga) pul mablag`larini taqsimlab korxonalarning moliyaviy holatini barqarorlashtiradi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan harid qilinadigan qimmatli qog`ozlar ichida keng tarqalgan turi aksionerlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan aksiyalardir.
Korxonalar o`z investitsiya faoliyatini jalb qilingan mablag`lar hisobiga moliyalashtirish uchun bir qator imtiyozlar joriy etildi, xususan, ―yuridik shaxs bo`lgan aksiyadorning o`tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko`paytirish uchun yo`naltirish chog`ida qo`shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko`paytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish ob‘ekti bo`lmaydi ‖.
O`zbekiston Respublikasining 23 -iyul 2007-yildagi ―O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida‖gi Qonuniga muvofiq: ―Korxonalarning obligatsiyalari‖ degan so`zlar
―Korporativ obligatsiyalar‖ degan so`zlar bilan almashtirildi (Qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risidagi Qonunning 5 – moddasi).
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o`z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to`g`risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida chiqarishlari mumkin. Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi to`liq to`langanidan keyin yo`l qo`yiladi92. Har bir loyihada moliyalashtirishning turli xil shakllarining oqibatlarini tubdan baholash lozim va shunday moliyalashtirish manbasini aniqlash lozimki, unda resurslar va iqtisodiy qaytim mos kelsin, ya‘ni:

  • aksionerlik kapitali bilan birgalikda qarzga olingan mablag`lar ham investitsion loyihani moliyalashtirish manbai bo`ladi.

  • moliya bozorlarining asosiy vazifasi – jamg`armalarni ishlab chiqarish investitsiyalariga yo`naltirishdir. Aytish joizki, korxonalar o`z mablag`lariga tayangan holda ish yuritsalar unda istiqbolda innovatsion rivojlanishi chegaralanib qolishi mumkin.

Yirik investitsion loyihalar:
10-ilova



11-ilova


  • Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli usullar bilan amalga oshiriladi (12.2-rasm). Ko`pincha, korxonani moliyalashtirishga bo`lgan ehtiyoj ham, qarz olish ham aksiyalar chiqarishning birligida qondiriladi.

12-ilova

Korxonani moliyalashtirishda aksiyalar chiqarishga raqobatdosh bo`lgan manba bank kreditidir. Bank krediti faqatgina mulk yoki oborot aktivlarining garovi asosida beriladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni bu usulda amalga oshirishda kredit uchun foiz to`lovlari, kreditlarning qaytarilish muddati va tartibini hisobga olish lozimki, bu omillar o`ta qattiq shartlarda qo`yiladi. Qarz mablag`larini banklardan tashqari yana turli moliya-kredit institutlari (lizing kompaniyalari, ipoteka banklari, ishlab chiqarish zaxiralari yoki debitorlik qarzlari evaziga moliyalashtirish bilan shug`ullanuvchi ulgurji mol yetkazuvchi tashkilotlar yoki faktoring kompaniyalari) ham berishlari mumkin. Ko`pincha, korxonani moliyalashtirishga bo`lgan ehtiyoj ham, qarz olish ham aksiyalar chiqarishning birligida qondiriladi.


Korxonani moliyalashtirishda aksiyalar chiqarishga raqobatdosh bo`lgan manba bank kreditidir. Bank krediti faqatgina mulk yoki oborot aktivlarining garovi asosida beriladi.
Investitsiya faoliyati o`zining aniq tasniflash mezonlari va yo`nalishlariga ega bo`lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:

  • qimmatli qog`ozlar bozori orqali moliyalashtirish;

  • xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;

  • tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag`lari hisobidan ulush qo`shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;

  • sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi;

  • investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;

  • venchurli moliyalashtirish;

  • korporativ moliyalashtirish;

  • lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.

Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish – yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi. Venchur operatsiyalari (riskli operatsiya) – kapital qo`yilmalar shaklidagi pul operatsiyalari hamda qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq operatsiyalar, ilmiy-tadqiqotlar, loyiha- konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar yaratish va joriy qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish bilan bog`liq bo`ladi. Bunday moliyalashtirish, asosan, innovatsion banklar va venchur firmalari (fondlari) tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishi qurilishining belgilangan yo`nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya siyosatini o`tkazish yo`li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o`z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Ushbu moliyalashtirish shakllari va manbalarining har biri o`zining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy jihatlariga ega, shu sababli investitsion loyihalarni moliyalashtirish shakllarini tahlil qilib eng qulay shakl va usul tanlanadi.

XULOSA
Men, Axmadov Saydiolim Qanoat o’g’li, Byudjet hisobi va g`aznachilik fakulteti Investitsion loyihalarga xizmat ko`rsatish va moliyalashtirish yo`nalishi 2-kurs talabasi, 2023-yil 29-maydan 29-iyulga qadar 2 oy mobaynida, Toshkent Shahar Sebzor M17/18 da joylashgan “EXCLUSIVE HOUSE SERVICE BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI”ning “Marketing”, “Bugalteriya”, “Devonxona” bo`limlarida o`z amaliyotimni amalga oshirdim. Amaliyot davrimda kompaniya tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbarim Azamatova M. menga kompaniyaning ichki tartib qoidalari, bo’limda olib boriladigan ishlar va kompaniyaga tashrif buyuradigan mijozlar bilan qanday muloqot qilish va ularning muammolarini bartaraf etish uchun mas’ul shaxslarga va kerakli bo’limlarga yo’naltirish to’g’risida asosiy bilim va maslahatlarini berib o’tdilar. Shuningdek, kompaniyada foydalanayotgan texnik-vositalar, dasturlar, kompaniyaning ichki qonun-qoidalari, kompaniya tomonidan yurudik hamda jismoniy shaxslarga ko`rsatiladigan xizmatlar bilan tanishib chiqdim. Amaliyot jarayonida kompaniyada amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ko’plab operatsiyalar bilan tanishib chiqdim.Shuningdek institutdagi dars jarayonlarida tijorat kompaniyai, uning faoliyati va vazifalari to’g’risida olgan bilimlarimni yanada mustahkamlashimda bu amaliyotning o’rni juda kata bo’ldi. Kelajakda o’z sohamda muhim rol tutadigan ko’plab fundamental tushunchalarga ega bo’ldim. Ammo, shuni ham ta’kidlab o’tishim kerakki kompaniyaning xizmat ko’rsatish sifati qoniqarli deb bildim va o’zim uchun ham tajriba ham xulosa oldim.
Xulosa qilib aytganda, kompaniyadagi amaliyot kunlarim davomida ko’plab foydali ma’lumotlarga ega bo’lish bilan birga kompaniya xodimlarining ba’zi kamchiliklariga guvoh bo’lib bu xatolarni o’z mutaxxasislik faoliyatim davomida takrorlamaslik to’g’risida xulosalar chiqardim. Olgan amaliy ko’nikmalarim o’z kasbimni chuqurroq egallashim va yetuk mutaxassis bo’lishimdagi eng foydali va samarali qadamlardan biri bo’lib xizmat qilishiga ishonaman.


Yüklə 283,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin