XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI TOMONIDAN INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA QO’YILADIGAN TALABLAR VA MEZONLARNI O’RGANISH O‘zbekistonda xorijiy investorlarga qo‘yiladigan qator talablarni yengillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu Investitsiyalar bo‘yicha davlat investitsiya qo‘mitasining ekspert va ilmiy doiralar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun” konsepsiyasida ko‘zda tutilgan.
Jumladan, hujjatga muvofiq:
• investitsiyalar ulushining eng kichik miqdori 30 dan 15 foizgacha kamaytirilishi;
• xorijiy investitsiyali korxonalarda xorijiy yuridik shaxsning ishtirokchi sifatida majburiy ishtirok etishi talabini bekor qilish;
• xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalar nizom jamg‘armasining eng kichik miqdori 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirilishi;
• xorijiy investitsiyali korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini 3 marotabaga kamaytirish;
• aksiyadorlik jamiyatining nizom jamg‘armasi miqdorini 400 million so‘m deb belgilash;
• O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritilgan vaqtdagi respublikada o‘rnatilgan eng kam ish haqi miqdorining 8500 barobaridagi miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga xo‘jalik sub'yektlari aksiyalari va ulushlarini sotib olish ko‘rinishidagi, shuningdek xorijiy korxona tashkil qilish, ko‘p marotabali uch yillik viza olib, uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoni bo‘lgan huquqini berish ko‘zda tutilmoqda.
Investor huquqlari:
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga;
O’zbekiston Respublikasi Qonuni Xorijiy Investitsiyalar Haqida.11-modda.
Chet el investorlarining majburiyatlari
Xorijiy investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirganda:
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;
investitsiya bilan bog'liq bo'lgan shartnoma majburiyatlari bo'yicha javob berish;
investitsiya loyihalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan sanitariya-gigiyena, ekologik va boshqa talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini olish;
Raqobatchilarga nisbatan qo‘shimcha imtiyoz va afzalliklarga ega bo‘lish uchun ular investitsiya faoliyatidagi sheriklariga yoki davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga har qanday shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) bilvosita noqonuniy ta’sir ko‘rsatishdan saqlanishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.
Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Kengash davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasida investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi investorlarning, shu jumladan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — XMI/XHMT) o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni shakllantiradigan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida investitsiya, sanoat va savdo Vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladigan institutsional platforma hisoblanadi.
2. Kengashning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Kengashning maqsadi - O‘zbekistonda qulay, kamsitmaydigan, oshkora va konstruktiv ishbilarmonlik muhitini yana-da rivojlantirish, bu esa investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va xalqaro moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyalar va boshqa vakillar o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot orqali yordam beradi.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ilg‘or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar berish;
qulay investitsiya muhitini shakllantirishda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardosh eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish maqsadida sarmoya kiritishlarini rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etish, shuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga va o‘zaro manfaatli savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini taʼminlash;
investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning, shu jumladan xorijiy investorlarning faolligiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilish, respublikada qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti saqlab turishni taʼminlanish.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
25-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-604-son Qonunning 3-bobi.
asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish;
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qo‘yuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo‘yicha maslahat berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatish;
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda investitsiya faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
hamkorlik yo‘nalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalariga doir o‘zaro aloqalarni ta’minlash;
investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani ta’minlash, hududlar va mahalliy yuridik shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va xalqaro investitsiya hamjamiyatlari ishida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘zaro kelishuvga ko‘ra qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) beriladigan investitsiya shartnomasini tuzishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati chet ellik investorga investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralarini (imtiyozlar va preferensiyalarni) taqdim etgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi majburiy tartibda tuziladi.
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) har bir aniq holatda quyidagilarga investitsiya qilish chog‘ida taqdim etiladi:
barqaror iqtisodiy o‘sishni, mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or texnologik o‘zgarishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarga;
O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, uning jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyasini ta’minlovchi ustuvor loyihalarga.
Bunda soliqlar va to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar chet ellik investorlar tomonidan tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va bu imtiyozlar muddatsiz xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish
Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning qaroriga, vakolatli davlat organining qaroriga yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilinganda yoki tan olinganda;
favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy tahdidlar yuzaga kelganda;
investitsiya shartnomasida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda va (yoki) qo‘pol ravishda buzilganda;