Fakulteti tarix kafedrasi


Sport o‘quv mashg’ulotlari vositasi sifatida qullaniladigan jismoniy



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#127643
1   2   3   4   5   6   7   8
2-kurs ishi

Sport o‘quv mashg’ulotlari vositasi sifatida qullaniladigan jismoniy 
mashqlar quyidagilardan iborat: 
1. 
Tanlangan musobaqa mashqlari. 
2. 
Maxsus tayyorlov mashqlari. 
3. 
Umumiy tayyorlov mashqlari, bo‘lib sportchi ixtisoslashgan hisoblanadi, 
mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa shartlariga ko‘ra muvofiq holda 
bajariladi. Maxsus tayyorlov mashqlari musobaqa harakatlari elementlari, 
shuningdek qobiliyat namoyon etish, shakl va harkteri jihatidan va holatlarni o‘z 
ichiga oladi. Maxsus tayyorlov mashqlari nimaga ko‘proq qilishga qarab 
yaqinlashtiruvchi mashqlar va rivojlantiruvchi mashqlar bo‘lishi mumkin. 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar ko‘proq harakat shakli, texnikasini egallashga 

Айрапетянц Л.Р. Динамика тренировочных и соревнователныхнагрузок волейболистов в годичном цикле 
подготовки. Афторе дисс. канд. пед. наук. - М.: 2011. - 22с. 


16 
qaratilgan. Rivojlantiruvchi mashqlar esa ko‘proq funkstional imkoniyatlarni 
taraqqiy ettirishga qaratilgan bo‘ladi. Umumiy tayyorlov mashqlari sportchining 
umumiy tayyorgarlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Bunday mashqlar sifatida xilma-xil mashqlardan foydalanish mumkin. 
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda o‘rtacha va o‘zgaruvchan intensivlik 
bilan uzoq vaqt yugurish, kross tayyorgarligi va shunga o‘xshash mashqlar. 
Chaqqonlikni tarbiyalashda sport gimnastikasi , akrobatika, harakatli va sport 
o‘yinlari. Kuchni tarbiyalashda o‘z vazni og’irliklari va sherigini qarshiliklari bilan 
mashqlar hamda rezina espanderlar bilan mashqlar samarali bo‘ladi. Tezkorlikni 
tarbiyalashda qisqa masofaga yugurishlar va mokkisimon yugurish mashqlari 
qo‘llaniladi. 
Egiluvchanlikni orttirishda maxsus mashqlardan aktiv va passiv egiluvchanlik 
harakatlarini foydalaniladi. 
Sport mashg’ulotini uslublari asosida belgilangan sport natijalariga erishishni 
taminlash uchun vositalaridan foydalanishning xilma-xilusullari demakdir. 
Sport mashg’ulotining asosiy uslubiy jihati sportchidagi harakatmalakalarini 
takomillashtirishga va jismoniy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan uslublardan 
iborat. Bunday qatiy ravishda reglamentlab qo‘yilgan mashq uslublari birinchi 
darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Bular quyidagilardan iborat: to‘liq, qatiy va 
ekstremal interval bilan dam olib bajariladigan takroriy mashq uslubi, ko‘p seriali 
intervalli mashq uslubi va hakozolar. Shu bilan birga o‘yin uslubidan va ayniqsa 
musobaqa uslubidan ham foydalaniladi. Sport mashg’uloti jarayonidamashg’ulot 
uyushtirishning asosiy shakli mashg’uloti darsi bo‘lib, u jismoniy mashq 
mashg’ulotlarini tashkil etishining umumiy qonuniyatlariga muvofiq ravishda 
uyushtiriladi. Jismoniy tarbiya sohasidagi har bir dars singari darsi ham uch qismdan 
yani kirish-tayyorlov qismi, asosiy qism, yakuniy qismdan iboratdir. 
Bu qismlarning konkret xarakteristikasi sportning har bir turi bo‘yicha 
o‘tkaziladigan mashg’ulotning mazmunini o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Sport amaliyotida darslaridan tashqari jismoniy mashqlar bilan 
qo‘shimcha mustaqil mashg’ulotlar o‘tkazish ham keng tarqalgandir. Ular odatda 


17 
qisqartirilgan razminkadan xususiy vazifalarni ham xal etadigan mashqlardan va 
uncha katta bo‘lmagan yakunlovchi qismdan iborat bo‘ladi. Bu turdagi 
mashg’ulotlar ko‘pincha ertalabki soatlarda o‘tkaziladi va bunda ular funkstiyalari 
bilan bir qatorda ertalabki gigienik gimnastika rolini ham bajaradilar. Yuksak 
ko‘rsatkichlarga intilish. Sport yuksak ko‘rsatkichlariga erishish va ularni doimo 
yaxshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan maqsadsiz 
foydalanganda natijalar imkon boricha yuqori darajada bo‘lishi nazarda tutilmaydi. 
Sport faoliyatida esa maksimum natijalarga erishish mo‘ljallanadi. Albatta bu 
maksimum turli sportchilar uchun turlicha. Umumiylik esa ularning har biri sport 
kamoloti yo‘li mumkin qadar ko‘proq natijaga erishishdir.
7
Yuksak ko‘rsatkichlarga intilish sport mashg’ulotini shunga moslab tashkil 
qilish eng ta’sirli vosita va uslublardan foydalanish nihoyat darajada chuqur 
ixtisoslanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yangi sport yutug’i hamisha u yoki bu 
darajada kashfiyot, sportchi imkoniyatlardan ,foydalanishning yangi usullarini, ning 
yangi uslublarini kashf etishdir. Sportchi umumiy va maxsustayyorgarligi birligi, 
ular mazmunining bir-biriga bog’liq ekanligi bilan ifodalanadi, chunki umumiy 
jismoniy tayyorgarlikni mazmuni, tanlangan sport turini hususiyatlariga qarab 
belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida 
paydo bo‘lgan shart - sharoitlarga bog’liq bo‘ladi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik 
birligining maxsus nisbati ishga birdan foyda keltiravermaydi. Har bir konkret 
holatda ma’lum me’yor mavjud bo‘lib, uning buzilishi sportda taraqqiyotga 
erishishda halaqit beradi. Bu me’yor tanlangan sport turining o‘ziga xos 
xususiyatlariga hamda boshqa bir qator shart - sharoitlarga bog’liq. 
Keyingi vaqtda himoyada o‘yin texnikasi birmuncha yaxshilandi, nisbatan 
juz’iy bir holni o‘yinda to‘pning o‘rtacha uchish vaqti 5-6 sekunddan to 7-9 
sekundgacha oshganligini ko‘rsatadi. Himoyadagi ilg’or texnik usul to‘siq qo‘yish 
bo‘lib, u hozirgi vaqtda himoya vositasidan hujum vositasiga aylanib bormoqda. 

Аслаханов С.А. Народные подвижные игры и физические упражнения как средства повышения eффективности уроков 
физической културы.Теория и практика физической културы, 2011, №1, С.43-45. 


18 
Lekin baribir to‘siq qo‘yish va to‘pni qabul qilish himoyaning asosiy vositalari 
bo‘lib qoladi. 
To‘pni qabul qilish. To‘pni qabul qilish himoyaning asosiy vositasi 
hisoblanadi. Keyingi barcha harakatlar muvaffaqiyati shu usul sifatiga bog’liq. 
To‘pni qabul qilish to‘pni uzatish bilan chambarchas bog’liq, chunki shu 
harakatning o‘zi bilan qarshi hujum boshlash kerak. To‘pni qabul qilish ko‘pincha 
murakkab sharoitda bajariladi, buesa zarba berish va to‘pni o‘yinga kiritishning bir- 
biriga bog’liqligi oshganligidadir. Tepadan to‘pni uzatish bilan bir qatorda keyingi 
paytlarda himoyada pastdan uzatishdan keng foydalanilmoqda. 
Ikki qo‘llab to‘pni pastdan uzatish ko‘pchilik holatda zarba berish va to‘pni 
o‘yinga kiritishda qo‘llaniladi. Dastlabki siljishdan keyin to‘pga tashlanish bilan 
bir vaqtda qo‘lni to‘g’ri oldinga-pastga cho‘ziladi. O‘yinchining gavdasi oldinga 
egiladi. Gavdaning egilish burchagi va qo‘lni oldinga cho‘zish to‘pning uchish joyi 
va balandligiga bog’liq. To‘p bilaklarni bir-biriga yaqinlashtirib, kaft bo‘g’inlariga 
yaqin bo‘lgan ichki qismi bilan qabul qilinadi. Bunda barmoqlar birlashtiriladi va 
pastga tushiradi. 
Qo‘llar mustahkam birlashtirilishi shart. Odatda zarba o‘yinchi oldida 
bajariladi. Agarda to‘p o‘ng yoki chaproqdan kelsa, unda uchish yo‘nalishiga qarab 
harakatni bajarish kerak bo‘ladi. Qo‘l panjasi va bilak to‘p tomonga qarab buriladi 
(chapga-pastga yoki o‘ngga-pastga). 
Zarba berish texnikasini bajarishni ikki usulga ajratiladi. To‘pning kuchli 
uchishida zarba berish harakati qo‘llarni qarshi harakatlantirmay bajariladi. Qo‘llar 
elka bo‘g’inida mustahkamlanib, faqatgina to‘pga qo‘llar qo‘yiladi. Agarda to‘p 
sekin uchish tezligiga ega bo‘lsa, unda qo‘llar faol harakatlantirishda davom 
ettiriladi. Barcha holatlarda qo‘l panjalarini iloji boricha yaqinroq ushlash kerak, 
chunki bu ikki marta zarba berish va xato oshirishdan saqlaydi. To‘pni qabul 
qilgach, uni zonaga ijro etuvchi o‘yinchiga to‘g’ri uzatish kerak. Bu keyingi to‘p 
uzatish sifati yaxshi bo‘lishiga imkon beradi. 
To‘pni bir qo‘llab pastdan uzatish. To‘pning uchish yo‘nalishini aniqlab, 
o‘yinchi tez siljiydi va to‘pni qarshi olish uchun oldinga tasnlanadi. Shu bilan bir 


19 
vaqtning o‘zida to‘pni tagiga qo‘yiladigan zarba beruvchi qo‘l harakatlantiriladi. 
Gavda esa yaqinlashib kelayotgan to‘p tomon engashtiriladi. Agarda to‘p 
o‘yinchidan boshqa tomonga uchayotgan bo‘lsa, unda o‘yinchi shu tomonga 
tasnlanadi. Zarba berish harakati qo‘lni qarshi harakatlantirish hisobiga bajariladi. 
To‘pga zarba pastdan panja yoki taranglashgan qo‘l mushti orqali beriladi. 
To‘pni qabul qilishda quyidagi usullar ham qo‘llaniladi: to‘pni pastdan 
uzatish bilan yonbosh yoki orqaga dumalash; ko‘krakda sirg’alish bilan to‘pni 
pastdan uzatish; orqaga yiqilish bilan tepadan uzatish va hokazo. 
To‘pni o‘yinga kiritish taktikasi To‘p uzatuvchi o‘yinchining taktikasi to‘pni 
o‘yinga kiritish usulini tanlashdan boshlanadi. O‘yinchi to‘pni aniq o‘yinga kiritishi 
va kuch hisobiga usulni qiyinlashtirib, ochko yutib olishga harakat qilishi kerak. 
Buning uchunraqibni kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi. Agarda raqib hujumda 
orqa chiziqdagi o‘yinchi to‘r oldiga chiqishi bilan to‘pni uzatish o‘yin sistemasidan 
foydalansa, unda to‘pni o‘yinga kiritishda aynan orqa chiziqdagi zonaga yo‘naltirish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Agarda raqib kuchli uzatilgan to‘pni qabul qilish uchun maydon markazidan 
orqaga chekinsa, unda to‘pni o‘yinga kiritish «qisqartiriladi» va to‘p hujum 
chizig’iga yo‘naltiriladi. Agarda raqib kombinastiyali o‘yinni qo‘llasa yoki birinchi 
uzatish bilan hujum qilsa, bunda to‘p uzatish kuchli va aniq o‘yinga kiritish bilan 
birga qo‘shib olib boriladi. Shu bilan bir vaqtda unutmaslik kerakki, ayniqsa,o‘yinni 
hal qiluvchi paytda, to‘pni o‘yinga kiritishni yo‘qotish, jamoaga psixologikjihatdan 
zarar keltirishi mumkin. 
To‘pni uzatish taktikasi To‘pni birinchi va ikkinchi uzatish sifati jamoaning 
mahoratini aniqlaydi. Tajriba qancha ko‘p bo‘lsa, to‘p oshiruvchi uzatish usuli va 
yo‘nalishini shuncha tez va to‘g’ri tanlaydi. O‘z jamoasi hujumchilarining va raqib 
to‘siq qo‘yuvchilarining imkoniyatlarini aniq baholash to‘p oshiruvchi o‘yinchining 
muhim sifatlaridan biridir. 
O‘yin sistemasiga bog’liq holda birinchi uzatish to‘p oshiruvchi o‘yinchiga 
yoki birdaniga hujumchiga yo‘llanadi, shunda qarshi hujum uyushtirish 
qiyinlashadi. Hujumchi to‘liq muvaffaqiyatga erishishini ta’minlash uchun to‘p 


20 
oshiruvchi o‘yinchi, albatta, tezligi va balandligi har-xil uzatishlarni (baland, o‘rta, 
past) amalga oshiradi. 
Zarba berish Hujumchining texnik mahorati qancha yuqori bo‘lsa, har xil 
o‘yin holatlaridan kelib chiqadigan texnik vazifani shuncha yengil hal etishi 
mumkin. Hujumchi zarba berish yo‘nalishi va kuchini o‘zgartirishni bilishi kerak. 
Zarba berish usuli va hujum yo‘nalishini tanlash aniq o‘yin holatiga, raqiblarning 
himoyada joylashishi va to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarning joylashishiga bog’liq 
bo‘ladi. Chet zonalardagi harakat (4 va 2), to‘r o‘rtasidagi 3-zona hujum bilan birga 
qo‘shib olib borish maqsadga muvofiq. Maksimal kuch bilan zarba berish (yurish 
bo‘ylab) “Chiziq bo‘ylab va qiyshiq yo‘nalishda” (4-zonadan 4-zona bo‘ylab, 2- 
zonadan 2-zona bo‘ylab) zarba bilan birga qo‘shib olib borish samaralidir. 
To‘r chetiga hujum qilishning samarali vositasi “to‘siqqa tegib chiziqdan 
tashqariga chiqish” zarbasi hisoblanadi. To‘r markazidagi harakatda hujumchilar 
tez-tez to‘siqni aylanib o‘tishni aldamchi harakat bilan almashlab boradi. 
Sport o‘yinini hujum va himoya texnikasidan iborat. Hujumda ham himoyada 
ham shax turish va siljish, to‘pni uzatish va qabul qilib olish, to‘pni bir yoki ikki 
qullab olish va qaytarish, to‘pning yo‘lini to‘sish kabilar mavjud. O‘yinchining shay 
turishi va siljishi. Sport o‘yini davomida o‘yinchi maydon bo‘ylab harakatda 
bo‘ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad to‘pni qabul qilib olish va boshqa 
usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir. 
O‘yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim 
tayyor bo‘lib turishidir. O‘yinchi turish holatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar elka 
kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan 
bo‘ladi. Qo‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bo‘lishi kerak. Bu 
holat doimiy emas, albatta u o‘yining borishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar turdan 
qaytgan to‘pni olish lozim bo‘lsa, o‘yincha ancha egiladi, otayotganda to‘g’rilanadi 
va hokozo. 
Sportchi maydon bo‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, 
orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib 
(maydon bo‘ylab tez siljish va yo‘nalishini birdan o‘zgartirib) yurishi mumkin. 


21 
Oxirgi yugirish qadami uzun bo‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, 
yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin. 
To‘pni o‘zatish. Bu - o‘yinni davom ettirish uchun sherika yoki raqib 
tomoniga o‘zatilgan to‘pni o‘zaro o‘zkazish usuli bo‘lib hisoblanadi. Bundan 
tashqari, to‘pni oldinga, yuqoriga va orqaga o‘zkazish usullari ham mavjud. 
To‘pning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bo‘ylab uzun qo‘lni 
maydonga qisqa va o‘z maydoniga o‘ta qisqa o‘zatishlar ham qo‘llaniladi. To‘pni 
o‘zatish balandligiga qarab past (to‘rdan 1 mert yuqori), o‘rta (2 metrgacha), va 
undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga ko‘ra yaqin (0,5 mertdan kam) va 
uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bo‘linadi.
8
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan o‘zatish. Bu juda keng tarqalgan usul 
hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan harakatlanish uning muxim tomonidir. 
O‘yichi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qo‘llarini oldinga chiqarib 
kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi. 
To‘p yaqinlashganda oyoqlar to‘g’irlanadi va gavda ko‘tariladi. Qo‘llar 
chuziladi va to‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qo‘l gavda va oyoq harakatlario‘zaro 
mvofiqlanadi. Bu esa to‘pni tegishli joyga borish imkonini beradi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin