Bunda asosan quyidagi nazariy va amaliy jarayonlar ko‘zda tutiladi, ya’ni:
1. Jismoniy tayyorgarlik. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik.
2. Texnik va taktik tayyorgarliklar.
3. Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlik.
4. Nazariy jihatdan tayyorlash.
Ta’kidlash lozimki sport mashg’ulotlarining yuqorida takidlangan
yo‘nalishlari zamirida mashg’ulot vositalari, maqsad va vazifalari, usullar,
tamoyillar va boshqa yana juda ko‘p amallar mujassamlashadi.
Jismoniy tayyorgarlik jarayonlari mazmun, shakl va maqsadlar asosida ikki
turdan, ya’ni umumrivojlantiruvchi va maxsus jismoniy tayyorgarliklardan iborat.
Bu ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan pedagogik jarayonlar faqat
8
Р.С.Саломов. Спорт машғулотининг назарий асослари (ўқув қўлланма) 2005. 325 b.
22
sportchilarnigina tayyorlashga qaratilmaydi. Balki o‘quvchi-yoshlarni mehnat va
mudofaa ishlariga o‘rgatish, kundalik hayotda uchraydigan u yoki bu faol
harakatlarni bajarishda ham jismoniy tayyorgarlik ehtiyojlari mavjuddir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda, har bir shug’ullanuvchining
jismoniy barkamolligini tushuniladi. Ya’ni tez harakat qilish, turli xil jismoniy
mehnatlarni engil bajara olish, epchil, chaqqon, kuchli va boshqa jismoniy sifatlarga
ega bo‘lishdir. Bunday fazilatlar va jismoniy sifatlarga ega bo‘lish uchun esa har
doim jismoniy madaniyat va sport bilan shugullanish lozim bo‘ladi. Bunda kundalik
tartib-qoidalarga rejim jismoniy madaniyat va sport bilan shugullanishni albatta
kiritishni takozo etadi. Chunki akademik listey, kasb-hunar kollejlarida xaftasiga 1-
2 marotaba jismoniy madaniyat darslariga qatnashish, ulardagi talab vayuklamalarni
bajarishning o‘zi kifoya qilmaydi. Shu sababdan qo‘shimcha ravishda ertalab va
bo‘sh paytlarda gimnastika mashqdari, sog’lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat
vositalari bilan shugullanish, eng muhimi esa hafta davomida tashkil etiladigan sport
larining barcha mashg’ulotlarida 12-3 marotaba 1, 5-2 soatdan faol ishtirok etish
zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik tushunchasi ham ikki yunalishga ega.
Birinchidan, shug’ullanuvchilarning u yoki bu jismoniy sifatlarini kuch, tezlik,
chidamlilik, egiluvchanlik va hakozodan birini tarbiyalash yo‘li bilan ularni
musobaqalarga tayyorlash, yuqori kursatkichlarga ega butgish kabi jihatlari mazmun
topadi.
Ikkinchidan esa, kasb-hunarga qaratilgan jismoniy tayyorgarliklar tik turib
ishlaydigan, o‘tirib faoliyat ko‘rsatadigan, o‘tirib va harakat qilib mehnatqiluvchilar
aralash mavjuddir. Bunda asosan mehnat qobiliyatlarini oshirish, doimo tetik va
bardam bo‘lib yurishni ta’minlovchi ishlab chikarish jismoniy madaniyat
vositalaridan foydalaniladi.
|