Fakulteti tarix kafedrasi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#127643
1   2   3   4   5   6   7   8
2-kurs ishi

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi o‘quv 
mashg‘ulotlarining uslubiy asoslari va mohiyatini o‘rganish hamda BO‘SMlarda 
shug’ullanayotgan yosh sportchilarda maxsus ish qobiliyatini rivojlantirish, uni 
o‘yin davomida saqlash imkoniyatini tajriba mashqlar asosida shakllantirish 
samaradorligini aniqlashdan iborat. 
Tadqiqotning vazifalari: 
 
Mavzuga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili va umumlashtirish 
 
Yosh sportchilarning o‘quv trenirovkasi jarayonida jismoniy tayyorgarlik 
vositalaridan foydalanish. 
 
Yosh sportchilarning o‘quv trenirovka mashg‘ulotlarini izchilligini yanada 
oshirish. 
Kurs ishi mavzusi doirasida va unga yo‘nalishlarda mutaxassis-olimlar 
tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalar, ularning qiyosiy taxliliga 
asoslangan xulosalar xamda amaliy-uslubiy tavsiyalar qator ilmiy-nazariy jurnallar, 
Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar to‘plamlari, shu jumladan ilmiy asarlar 
xamda monografiyalarda chop yetilgan. Jumladan yetakchi olimlar B.M.Fidin, 
L.P.Matveev, L.P.Volkov, V.N. Platonov, M.A. Godik, J.K. Xolodov, V.S. 
Kuznesov, Yu.V. Verxoshanskiy, L.D.Nazarenko, V.D.Monogarov, V.P. 
Lukyanenko, V.M. Volkov, O.B. Nemsov, va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar 
olib borilgan. 



I-BOB. BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA 
SPORT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI 
1.1-§. BO‘SMlarda sport mashg‘ulotlarini tashkil 
etishning vosita va uslublari. 
Bugungi sportchining bo‘yi o‘rtacha 195-200 sm ga teng bo‘lib, u 
harakatchan, o‘tkir zehnli, tez fikrlovchi bo‘lishi, o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlariga 
munosib harakat bilan javob qaytarishi va mazkur qobiliyatlarni bir necha soat 
davom etadigan musobaqa o‘yinlarida saqlab turishi lozim. Muntazam davom etib 
turadigan bunday o‘yin (musobaqa) yuklamalariga bardosh bera olish sportchidan 
yuqori psixologik va katta jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Shunday 
imkoniyatlarga ega bo‘lgan mahoratli sportchilarni tarbiyalash, birinchi navbatda, 
istiqbolli bolalarni qidirib topish, ularni to‘g’ri tanlash va ko‘p yillik tayyorgarlik 
jarayonida saralov tadbirini maktab sharoitida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 
tomonidan amalga oshiriladi.
3
O‘quvchilar ma’lum dastur asosida va baholovchi mashqlar, harakatli hamda 
xalq o‘yinlari yordamida saralab olinadi. Mazkur saralovchi vositalar aynan sport 
o‘yinining mohiyatiga, ya’ni o‘yin malakalariga imkon qadar yaqin bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Dastlabki tanlovga tayyorlash jarayonida o‘quvchilar muntazam 
tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart. Bu tadbir qanchalik sifatli va samarali amalga 
oshirilsa, sport maktablarida uyushtiriladigan tanlovning sifat darajasi shunchalik 
yuqori bo‘ladi. 
Sport o‘yinini o‘rganishing 11-12 yoshdan boshlash kerak. Bu yoshda bolalar 
tanasi muntazam rivojlanib, bo‘y, mushaklar kuchi va vazni o‘sishi kuzatiladi. Shu 
bilan birga suyak-mushak sistemasi yuqori darajada rivojlanib, qo‘lbilaklarida sport 
uchun zarur bo‘lgan mustahkamlik va taranglik oshadi. Qiz bolalar bu davr jinsiy 
etilish davrining o‘sishi bilan to‘g’ri keladi. Ularning tanasida marfolagik va 
funkstional o‘zgarishlar vujudga kelib, chanoq qismi kengayadi va vazn ortishi 

Аyrаpetyans L.R., Pulаtov А.А., Isroilov SH.X. Voleybol. // Oliy ooquv yurtlаri umumiy kurs tаlаbаlаri uchun ooquv 
qoollаnmа. T.: 2009. 400 b. 



kuzatiladi. Bu yoshdagi o‘g’il bolalarda barmoqlar mushagi kuchining oshishi aniq 
ko‘rinadi. Yurak mushaklarining kuchi, yurak urish hajmi oshib, puls tezligi 
kamayishi ham kuzatiladi. 
Bola tanasi yaqinlashayotgan ishlarga yondashishni tez amalga oshiradigan 
xususiyatga ega, bu esa asab jarayonlarining harakatchanligiga bog’liq. Bolalar 
ruhiy holati o‘zgaradi, “kattalik hissi” paydo bo‘lib, ular hayotigi moslashish, ular 
harakatiga taqlid qilish kabilar kuzatiladi. Shuning uchun bolalar bilan ishlashda 
mashqlarni aniq holda, ya’ni taqlid uchun o‘rnak bo‘ladigan qilib ko‘rsatish zarur. 
11-12 yoshda asosan diqqat, xotira, iroda va idrok tezligi kabilar juda tezlik 
bilan rivojlandi. Qabul qilish qobiliyati o‘sib, qiyin harakatlar yodda saqlanadi va 
o‘z harakatlarni tahlil qilish oshadi.Bolalar diqqatini bir joyda jamlab, qiyin 
harakatlarni bajara oladilar va ularning sifatini oshiradilar. Bundan kelib chiqib, 
shuni yodda tutish kerakki, bu yoshda bola tanasi nafaqat tez charchab, lekin ishlash 
qobiliyatini juda tez tiklanadi, shuning uchun mashg’ulot paytida harakatlarni xilma- 
xillashtirish zarur bo‘ladi. 
Sportchi uchun harakatlanadigan predmet ( to‘p ) bilan o‘zaro harakatlanishni 
bilish juda muhim. Bu erda ko‘rish qobiliyati katta ahamiyatga ega.11-12 yoshli 
bolalarda markaziy va periferik ko‘rish qobiliyati paydo bo‘ladi.To‘pning uzoqligi 
va yaqinlashish tezligini to‘g’ri baholash o‘yin mashqlaridaumumiy koordinastiyani 
osonlashtiradi. Keyinchalik esa bu sifatlar sport mashqlarida mukammallashadi.
4
Sportchi faoliyatining fe’l-atvorida o‘yin vaziyatlari almashinuvi bor, 
jismoniy og’irliklar esa bolalarga o‘yin mashqlarini to‘liq o‘zlashtirish imkonini 
beradi. Lekin bu bilan 12 yoshdan oshgan bolalarda mashg’ulotlar kerakli natijalar 
bermaydi degani emas. Amaliyotda, yuqori sinfli sportchilar sport bilan 
shug’ullanishni kech boshlagan degan misollar bor. Gap shundaki, 11-12 yoshli 
bolalar hali o‘z qobiliyatini oxirigacha ko‘rsata olmaydi va sport iste’dodini aniqlay 
olmaydi. O‘quv jarayoning to‘g’ri tuzilishi o‘tkazib yuborilganlarni qoplayoladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, sport o‘yininidagi ko‘p qirralilik bolalarjismoniy 

Аyrаpetyants L.R., Pulаtov А.А. Voleybol nаzаriyasi vа uslubiyati. // Oliy o’quv yurtlаri uchun Dаrslik. T.: 2011. - 278 b 



rivojlanishidagi nuqsonlarni yo‘qotib, maktab o‘quv davrida harakatlanish 
faolligini oshirishga ko‘maklashadi. 
Sport bilan shug’ullanish kuch, chaqqonliq epchillik va chidamlilik kabi 
sifatlarni ishlab chiqaradi. Sportdagi barcha harakatlar tabiiy xususiyatga ega bo‘lib, 
yugurish, sakrash va irg’itishga asoslanadi, agar to‘g’ri o‘rganilsa, o‘quvchilar 
tomonidan juda oson qabul qilinadi. 
Hatto hisiyotligiga qaramasdan, bunday katta hajmdagi jismoniy og’irliklar 
bajariladi, ammo juda charchatadigan harakatlar olib tashlangan, hamma sport 
o‘zining xususiyatiga ko‘ra me’yoriy o‘yinlar qatoriga kiradi. Bunga misol qilib, 
shuni aytish kerakki, yuqori malakali sportchi-sportchi bir o‘yinda 1,5 kggacha vazn 
yo‘qotadi boshlayotgan sportchi esa, bunda o‘yinning faqat oddiy mashqlarni 
davomlik bilan bajarib, vazn yo‘qotmaydi. Me’yorlik xususiyati sport o‘yinini 
barcha yoshdagilar uchun mos kelishiga va yuqori darajali jismoniy tayyorgarlikka 
xizmat qiladi. 
Yuqorida aytilganidek, mashg’ulotlarda ma’lum bir og’irliklar berilishi 
sababli, bolalar yoshi rivojlanishining anatomo-fiziologik va ruhiy xususiyatlarini 
yodda tutishimiz kerak. Ammo bu og’irliklar davomiy emas va faol hordiq bilan 
almashinishi darkor. Buning uchun mashg’ulot vaqtida ko‘pgina sport elementlari 
bo‘lgan harakatli o‘yinlar, o‘yin mashqlariga o‘xshash bo‘lgan mashqlar, 
qatnashuvchilar soni kamaytirilgan, oddiy o‘quv o‘yinlari qo‘llaniladi. 
Bolalar texnik xatosi chegaralangan o‘quv o‘yinlarni tez qabul qilib o‘rganib 
oladilar.”G’irrom o‘yin “degan nuqtai nazari tez o‘rnashadi va uni tuzatish qiyin 
deb bo‘lmaydi. Bolalarda yosh ortgan sari sportga bo‘lgan qiziqishini pasaytiradigan 
xatolarni hamma vaqt hushtak chalish orqali tuzatib, ularga ruhiy shikast bergandan 
ko‘ra texnik xatolarni tuzatish osonroq. 
O‘yin mashqlarini o‘rgatish jarayonida bolalar avvalambor o‘yining texnik 
asoslariga qaratish zarur (boshlanish holati, joylashish,sakrashlar, olib borishlar), 
undan keyin esa og’irliklarni orttirish bilan o‘yin texnikasi mustahkamlashtiriladi. 
Mashg’ulotlarda texnik mashqlarni o‘rganish va ularning samaradorligini 
oshirish uchun to‘p bilan yakka tartibda ishlash, juftlik, uchliklarda mashqlar olib 



boriladi. O‘yin mashqlari avval ularni ko‘rsatishidan boshlanib, keyin esa yodda 
tutish uchun ko‘p martali takrorlashlar va topshiriqlar bajariladi. O‘rganish 
Jarayonida o‘yin qoidalari, uning borish yo‘li, o‘yinchilar joylashgan o‘rni 
tushuntirilgan holda, o‘quv o‘yinlari tadbiq qilinadi. 
Ko‘p yillik amaliyot guruhli mashqlarda bir necha to‘plardan almashtirish 
yo‘llari bilan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga biroz shubha bilan 
qaraydi.Olib borishda samaradorlikni oshirish uchun juftlikda birta to‘p bilan 
mashqlar bajarilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, chunki bunda bor diqqat 
faqat birta to‘pga qaratiladi. Agar shug’ullanuvchi o‘z diqqatini bir necha ob’ektga 
qaratishga majbur bo‘lib qolsa, sezilarli darajada o‘yin mashqlarini bajarishga 
qiynaladi. Bundan tashqari bir necha mashqlarni bajarishda o‘yinchi shoshiladi va 
texnik xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. 
Mashg’ulotlarda yordamchi jihozlarlardan ( to‘p ushlagichlar, to‘xtatish 
panjalari, katapultalar va boshqalar) foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bu 
hollarda to‘p, to‘r, zarba devorlaridan foydalanish katta samara beradi. Harakatsiz 
to‘pni urish va katapultalarga quvvat berish kabi jihozlarni tayyorlashga 
sarflanadigan vaqt mobaynida hujum qiladigan va hujum qabul qiladigan 
o‘yinchilarga foyda keltiradigan mashqlardan foydalanish mumkin, chunki ular 
baribir hujumni o‘rganishadi. 
Mashg’ulotlarda juftlik sheriklar navbatma-navbat vazifalarini o‘zgartirilishi 
(asosiy va yordamchi), bunda olib borishda, hujum va himoyada mashqlar bajariladi. 
Keyin esa (o‘yin texnikasi o‘rganilgan so‘ng)shug’ullanuvchilar soni uchtagacha 
(hujum, qabul qilish, olib borish) oshiriladi. Shug’ullanuvchilar sonining 
to‘rttagacha va undan ortiq bo‘lishi mashqlar samarmasini pasaytiradi, chunki bunda 
mashg’ulot zichligi pasayadi. 
Sportchilar mashg’ulotlarining xususiyatlari sport mashg’uloti pedagogik 
hodisa bo‘lib, u sportga yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘naltirilgan 
maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. 
Boshqacha qilib aytganda, bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport 
vositasida amalga oshiriladigan jarayonidir. Sport mashg’ulotida jismoniy 



tayyorgarlik, shuningdek sportchining sport texnika, taktik va ma’naviy iroda 
tayyorgarligining ,shuningdek sportchining amaliy qismlari eng ko‘pdir. Umuman 
sport mashg’uloti va sportchini tayyorlash biologik, psixologik o‘zgarishlarining 
murakkab kompleksini yuzaga keltirib ,sport formasida bo‘lishlik darajasi 
yaxshilanishiga olib keladi. Sportchining texnik tayyorgarligi uning umumiy 
jismoniy tayyorgarligi darajasi maxsus sifatlarning rivojlanishi o‘ta tezkor 
priyomlarni egallash va ularni bajarishga bog’liq. Texnik priyomlar aniq va to‘liq 
bajarish faqat alo darajadagi umumiy va maxsus jismoniy tayorgarlikka bog’liq. 
Nazariy tayyorgarlik o‘quv mashg’ulot turlarini uzluksiz qismidir. Yosh 
sportchilarning tayyorgarligining asosiy vazifasi o‘yinning rastional texnikasini 
egallamoqdir. 
Bu muammoni echishda ikki vaziyat muxim: birinchidan bolalar o‘yinning 
eng zo‘r texnikalarini yoshlariga xos keladigan ravishda tuzish kerak.o‘rgatish davri 
qiziqarli bo‘lishi shart. Sport o‘yinining rastional texnikasi 10- 12yoshdagi bolalarga 
xos. Texnikani muvaffaqiyatli o‘rgatishning birinchi sharti bolalarni to‘g’ri tanlab 
olish, ikkinchisi maxsus jismoniy qobiliyat va sifatlarning rivojlanishi. Sport 
o‘yinini hujum va himoya texnikasidan iborat. Hujumda ham himoya da ham shax 
turish va siljish, to‘pni uzatish va qabul qilib olish, to‘pnibir yoki ikki qullab olish 
va qaytarish, to‘pning yo‘lini to‘sish kabilar mavjud. O‘yinchining shay turishi va 
siljishi. Sport o‘yini davomida o‘yinchi maydon bo‘ylab xarakatda bo‘ladi va siljib 
turadi. Siljishdan maqsad to‘pni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga 
oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir. 
O‘yinchining sport xolatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim 
tayyor bo‘lib turishidir. O‘yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar elka 
kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan 
bo‘ladi. Qo‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bo‘lishi kerak. Bu 
xolat doimiy emas, albatta u o‘yining borishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar turdan 
qaytgan to‘pni olish lozim bo‘lsa, o‘yincha ancha egiladi, otayotganda to‘g’rilanadi 
va xokozo. 
Sportchi maydon bo‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, 


10 
orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib 
(maydon bo‘ylab tez siljish va yo‘nalishini birdan o‘zgartirib) yurishi mumkin. 
Oxirgi yugirish qadami uzun bo‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, 
yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin. 
To‘pni uzatish. Bu - o‘yinni davom ettirish uchun sherika yoki raqib tomoniga 
o‘zatilgan to‘pni o‘zaro o‘zkazish usuli bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, to‘pni 
oldinga, yuqoriga va orqaga o‘zkazish usullari ham mavjud. 
To‘pning uchish traektoriyasiga qarab butun maydon bo‘ylab uzun qo‘lni 
maydonga qisqa va o‘z maydoniga o‘ta qisqa uzatishlar ham qo‘llaniladi. To‘pni 
uzatish balandligiga qarab past (to‘rdan 1 mert yuqori), o‘rta (2 metrgacha), va 
undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga ko‘ra yaqin (0,5 mertdan kam) va 
uzoqroq (0,5 metrdan ortiqroq) kabilarga bo‘linadi. 
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul 
hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir. 
O‘yichi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qo‘llarini oldinga chiqarib 
kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panjalar tarang tutiladi. 
To‘p yaqinlashganda oyoqlar to‘g’rilanadi va gavda ko‘tariladi. Qo‘llar 
chuziladi va to‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qo‘l gavda va oyoq xarakatlario‘zaro 
muvofiqlanadi. Bu esa to‘pni tegishli joyga borish imkonini beradi. 
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bo‘lib, unda to‘p ikki qo‘llab 
yuqoridan, bir qo‘llab yuqoridan, ikki qo‘llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu usullar 
o‘yinda kamroq qo‘llaniladi. Shunga qaramay har bir sportchi to‘pni tezva aniq 
uzatishini hamda yo‘nalishi bo‘yicha zarb berishni urganishi zarur. 
To‘pni qabul qilish. Bu - raqiblar hujumidan keyin to‘pni o‘yinda saqlab 
qolishda himoya usulini hisoblanadi. Ikki qo‘llab to‘pni pastdan qabul qilib olish 
zamonaviy sportda asosiy usuldir. U hujum paytida kuchli zarb paytidagi asosiy 
usuldir. Bu usulida gavda yuqoriga yoki biroz egilgan qo‘llar oldinga pastga 
tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qo‘yilgan bo‘ladi. To‘pni bilaklarda qabul qilib 
olinadi. Bilaklarda bo‘ladigan zarbni yumshatish maqsadida qo‘llar tirsakdan 
yaqinlashtirilib ko‘tariladi va bukiladi, oyoqlar to‘g’rilanadi va gavda ko‘tariladi. 


11 
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan qabul qilish. Bu usul bilan to‘p uncha kuchli 
kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qullash qulay bo‘lganda qabul 
qilinadi. 
To‘pni bir qo‘llab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi etarli bo‘lganligi 
uchun ham qulaniladi, ammo to‘p o‘yindan uzoqda bo‘lganda va boshqa usul 
qo‘llashning imkoni bo‘lganda va boshqa usul qo‘llanilishi foydalidir. To‘g’rilangan 
qo‘l tarang siqilgan panjalar to‘pning yo‘lini to‘sadi (to‘pni musht hamda kaft yoki 
bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi. 
To‘pni oshirish. To‘pni o‘yinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay 
bo‘lgan qat’iy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qo‘lni siltab to‘pni o‘rish 
o‘rgandan keyingi o‘yinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir. 
Oshirishda to‘pni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda to‘p yuqoriga bir qo‘l 
bilan otiladi. Yuqoriga otishning yo‘nalishi va balandligi bajarish ususliga bog’liq. 
To‘pni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan urilsa pastdan oshirish, yon 
bilan tursa yonlamasiga to‘p oshirish deyiladi. 
Shunga muvofiq to‘rt xil oshirish usullari mavjud: pastdan to‘g’riga, pastdan 
yon bilan, yuqoridan to‘g’riga, yuqoridan yon tomoni bilan. 
To‘pni pastdan to‘g’riga oshirish. O‘yin boshlovchi uchun bu asosiy usul 
bo‘lib xisoblanadi. U tur tomonga qarab turib bajaradi. O‘yinchi tirsakdan bukilgan 
qo‘l bilan to‘pni ushlab turadi. Boshqa qo‘l to‘pga zarb berish uchun uni orqaga 
uzatiladi. Shundan so‘ng panjalar biroz bukilib, to‘p yuqoriga 20-30 sm balandlik 
otiladi va zarb beriladi. 
O‘yinchi zarb beriboq orqaga turgan oyog’ini to‘g’rilaydi va tana og’irligini 
oldinda turgan oyoqqa kiradi. Zarb bergandan keyin o‘yinchi xududi xarakat 
qilmoqchi bo‘lgandek xolatni oladi. 
To‘g’ridan xujumkor zarbi. To‘rning yuqori qismidagi to‘pni bir qo‘llab raqib 
tomonga urishdan iborat hujum, bu hujumkor zarb deyiladi. Bu hujumkor zarb 
o‘rnidan sakrab yoki yugirb kelib bajariladi. Hujumchi bu zarbni bir ikki va uch 
qadam bosib kelib bajaradi. O‘yinchi uchib kelayotgan to‘pni qo‘llarni oldinga 
yuqoriga ko‘taradi, uruvchi qo‘l zarb uchun tayyorlanadi. Tana bir oz orqagaegiladi. 


12 
Panjalar musht qilib turiladi va erga qarab bukiladi, keyin zarb beriladi, shundan 
so‘ng oyoq pastga tushgan to‘p bilan birga tushadi. To‘pni qancha kchli urush zarur 
bo‘lsa, kaft shuncha bo‘shroq bo‘lsa, kaft shuncha tarang qilinadi. 
Texnikani mukammal egallash mashqlarini to‘g’ri tanlab olishga bog’liq. Bu 
murakkab texnikani bolalarga xos qilib yaratish imkoniyatini beradi. Yakunlovchi 
mashqlar mashg’ulotlarning keyingi boskichlarida xatolarni tuzatishga va texnik 
priyomlarni qisman, to‘la mukammal egallashga xizmat qiladi. Yosh sportchilarning 
texnik tayyorgarligi ularning taktik harakatlarining asosidagi belgilangan qobiliyat 
va sifatlarning rivojlanishidan boshlanadi .Yoshlarning reakstiya tezligining 
,orintirovka tezligini oshirish uchun turli mashqlar,harakatli o‘yinlar.estafetalarni 
o‘tkazish maqsadga muvofiq.
5
O‘yinda taktik harakatlarning shakllanishida birgalikda xizmat qiladi. 10-14 
yoshdagi sportchining mashg’ulotlarida asosiy diqqat uning maxsus qobiliyati va 
sifatlarning rivojlanishga taktik harakatlarni to‘g’ri va aniq oshirishlari shart. 17-18 
va 19-20 yoshdagi sportchilarning asosiy e’tibori ularning yakka tartibda taktik 
harakat bilimlarni egallashga va komandaning murakkab harakatlarini o‘rganishga 
qaratiladi. Jismoniy tayyorgarlik yosh sportchilar bilan ishlashda katta ahamiyatga 
ega. Birinchidan o‘yinning taktik va texnik harakatlarining rivojlanishi darajasiga 
bog’liq. Ikkinchidan sport vositalari har tomonlama rivojlanishi va organizmning 
funkstional holati o‘yin bilimlarini egallash darajasiga bog’liq. 
Uchinchidan yosh sportchining jismoniy tayyorgarligi o‘rni. Bolalar sport 
mashg’ulotlarini 10-12 yoshdan boshlashlari mumkin. Bunday erta boshlangan 
mashg’ulotlar yuqori ko‘rsatqichga va o‘z o‘rnida puxta jismoniy rivojlanishga 
erishish mumkin. Bolalar yoshida mashg’ulotlar haftasiga 2-4 kun va 1-2 soat 
cho‘zilishi mumkin. 

Isroilov SH.X. Voleybol. // Kаsb-xunаr kollejlаri tаlаbаlаri uchun o’quv qo’llаnmа. Qаytа ishlаngаn vа topldirilgаn 2-nаshri. T.: 
Ilm-Ziyo, 2009. 236 b. 


13 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin