BO‘SMlarda shugullanuvchi turli tayyorgarlik guruhlarida
o‘tkaziladigan mashg’ulotlar soni va davom etish vaqti (A.V.Belyaev, 2009
bo‘yicha)
10
Tayyorgarlik
guruhlari
Bir kunda bir
martali mashg‘ulot
(min)
Bir kunda ikki
martali mashg‘ulot
(min)
Boshlangich
90-130
-
O‘quv mashg‘ulot
120-140
-
Sport
takomillashuvi
120-140
2x(90-120)
Yuqori malakali
valeybolchilar
120-180
2x(130-150)
10
BO‘SMlarda shugullanuvchi turli tayyorgarlik guruhlarida o‘tkaziladigan mashg’ulotlar soni va davom etish
vaqti (A.V.Belyaev, 2009 bo‘yicha)
25
Yu.D Jdeleniyak tomonidan asos solingan konsepsiyaga muvofiq
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichdan toki profesional valeybol bosqichgacha
o‘tkaziladigan barcha turli yo‘nalishli mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida
jismoniy va texnik- taktik tayyorgarlik turlari integrallashtirilgan xolda shakllanishi
o‘ta muxim axamiyatga ega ekan. Bunday tayyorgarlik turi muallif tomonidan
“integral tayyorgarlik” deb nomlangan bo‘lib, uning maqsadi mashg‘ulotlarda
shakllantiriladigan jismoniy sifatlar, jismoniy ish qobiliyati, uning psixofunksional
kompanentlari va texnik-taktik xarakatlar musobaqa o‘yinlariga moslashitirilishi,
musobaqa
sikllarida
o‘tkaziladigan o‘yinlar faoliyatiga mos tartibda
modellashtirilishi zarur ekanliga ta’kidlangan. Bu borada o‘yin tayyorgarligini
shakllantiruvchi o‘yin mashg‘ulotlari o‘tkazishga aloxida e’tibor qaratish
muximligi uqtiriladi. ( nazorat o‘yinlari, o‘rtoqlik o‘yinlari, sarolov o‘yinlari va x.k)
2.2 Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishi bosqichlari
Funksional
imkoniyatlarga
asoslangan
jismoniy
sifatlar,
ularni
iqtisoslashtirilgan yo‘nalishda rivojlantirish va texnik taktik xarakatlar bilan
birgalikda integrallashtirish zamonaviy valeybolning ustuvor masalalaridan biridir.
Integral tayyorgarlik xaqida gap ketganda har bir sport tupriga mos yetakchi
mutaxassis D.Azzaraning fikriga qaraganda bugungi professional sportda katta
yuklamalarga bardosh berish texnik taktik harakatlar samaradorligani yillik
tayyorgarlik sikllarida o‘tkazadigan mashg‘ulot va musobaqa o‘yinlari davomida
saqlab qolish hamda yuqori natijalarga erishish birinchi navbatda kuch sifatlariga
bog‘liq ekan. Uning ta’kidlanishicha sportda ustuvor ahamiyatga loyiq bo‘lgan
sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, tezkorlik va o‘yin chidamkorligi portlovchi
kuch, dinamik kuch, reaktiv kuch, maksimal (obsolyut) kuch turlari evaziga
yuksak darajada sayqal topishi mumkin ekan.
11
Muallif shunga urg‘u beradiki, mashg‘ulotlarda u yoki bu kuch turlarini
rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llashda ularni o‘yin davomida qo‘llanadigan tehnik
11
.В.Гончарова Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш (ўқув қўлланма) 2005. 230 b
.
26
xarakatlar hususiyatiga moslashtirish zarur ekan. Lekin borada ya’ni kuch turlarini
rivojlantirishda muvofiq funksional organlarni (“javobgar” mushaklar, bo‘g‘imlar
va x.k) mashqlantirishda urg‘u berish muhim ekan. Funksional mashg‘ulotlarni u
uch turda qo‘llanishni tavsiya etadi.
1. Bir mashqni qo‘llashda maksimal mushaklarni jalb qilish.
2. Butun tana harakatini nazorat qilish.
3. Qonrni va oyoq mushaklariga urg‘u berish.
Bir qator mutaxasisi olimlarning e’tirofiga muvofiq sportda o‘rgatuvchi yoki
takomillashtiruvchi mashqlarni qo‘llashda ularni o‘yin davomida ijro etiladigan
texnik harakatlar koordinatsiyasiga moslashtirish maqsadga muvofiq ekan.
A.T.Garipov, Yu.Yu.Kleshev, Ye.V.Fomin, A.G.Furmanovlar jismoniy shakllarni
qo‘llashda ham, tehnik mashqlarni qo‘llashda ham shug‘ullanuvchilarning biologik
yoshi, tayyorgarlik imkoniyati va sport malakasi e’tiborga olinishi darkor
ekanligini takidlashadi. Bu borada bir qator yetakchi mutahasislar shuni alohida
takidlaydilarki, yuqori malakali sportchilar tayyorlashda, shu jumladan jismoniy va
texnik-taktik tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilish, ayniqsa uni
boshqarishda quydagi prinsipial masalalarga asoslanish prinsipial ahamiyatga ega
ekan.
Sportchilar tayyorlash jarayoniga bundan texnologik yondashuv doirasida
yetibor qaratish, albatta, o`ta muhim ahamiyatga loyiqdir. Lekin, yuqorida qayd
yetilgan mualliflarning malumotlari, loyihalari, dasturlari va mashqlari qo`llash
texnologiyasida funksional tayyorgarlik masalalariga urg`u berilmagan. Gap
shundaki, xar bir mashq,u jismoniy sifatgata alluqli bo`ladimi yoki texnik-taktik
xarakatlar (usllar)ga aloqador bo‘ladimi, endi bajarish ijrochi funksiaonal
organldar ( ko‘l, ayoq, ko‘z va x.k ) ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday mashq
ijrosini tak’minlash esa narv-mushak , nafas olish, qon-tomir, shu jumladan
bkuyrak, jigar, taloq va xokozo kabi biofiziologik organlarning “ishi” bilan
be5lgilandi. Demak, xar bir mashqning jismoniy yoki texnik-taktik xususiyatidan
qat’iy nazar, uning biogernitik qiymati fuksional jixatdan baxolanishi lozim.
27
Masalaga bunday yondashuvning zarurligi yana shu bilan asoslanadiki, xar
bir jismoniy sifat (teskorlik, kuch,, chaqqonlik va x.k) yoki u bilan bog‘liq xar bir
mashqni ijro etishda deyarli barcha jismoniy sifatlar ishtirok etadi (12; 275-b., 46;
189-b.,) maslan teksorlikni namoyish etishda kuch turlari (absolyut, portlovchi,
dinamik kuch va x,q,) agar uzoq muddatli teskorlik bo‘lsa-chidamkorlik (aerob va
anaerob chidamkorlik), bordiyu o‘zgaruvchi yo‘nalishlarda yuajariladigan bo‘lsa
chaqqonlik, teskorlik bilan bog‘lik xarakti turli amplyutulada bajarish kerak bo‘lsa,
egiluvchanlik va x.k so‘ngi yillarda chop etilayotgan o‘quv va ilmiy manbalarda
sportchining jismoniy tayyorgarligi bilan bir qatorda uning funksional yoki
psixofunsional tayyorgvarligi, uni shakllantirish metodlari vositalari ochib
bermoqda. Bunday munosabatning axamiyatli joyi shundaki, agar sporrtchida
psixofunksional imkoniyachtlar zaif shakllangan bo‘lsa, xech kanday jizmoniy
texnik-taktik faollik xaqida gap bo‘lishi mumkin emas.
28
Xulosa
A.V. Radionovin, fikriga ko‘ra, jismoniy va psixik ish qobiliyati –bu bir
biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan bir faoliyaitning ikki tomoni ekan. “ jismoniy ish
qobiliyati” yillik tayyorgarlik sikllarida maqsadli rejalashtirishgan va malga
oshirishgan jismoniy hamda psixofunksoinal maxsuli bo‘lib, aynan shu qobiliyat
mashg‘ulot va musobafqa jarayonlarida texnik-taktik xarakatlar samaradorligini
saqlash asosida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratida. Bu borada shuni
xzam ta’kidlash joiski, qayd etilgan. Barcha tayyorgarlik turlarini maqsadli
shakllarni uchun yillik tayyorgarlik sikillarning barcha bosqichlarida ularning real
xolati va o‘sish dinamikasini nazorat qilib borish xamda muvofik testlar yordamida
baxolash ustuvor axamiyatga egadir.
Trenirovka mashg‘ulotlari sport turlariga mos xolda olib borilib, pedagogik
jarayon sifatida yuqori natijalarga erishishga qaratilgan.
Bugungi kunda sport zahiralarini tayyorlash ilmiy-uslubiy asoslarga tayangan
holda olib borilmoqda.
Farzandlarimizning har tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishida joylarda
tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar
orasida sportga qiziqish, sog‘lom bo‘lishga intilish kuchayib bormoqda.
Bolalar sportini rivojlantirish va ularni sport turlariga saralashning zamonaviy
usullarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar olib borish zarurati
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy tarbiya va
ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida
2017-2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish” dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-
tadbirlari to‘g’risida”gi qarorida belgilab berilgan bo‘lib, bu soha mutaxassislari
oldiga yanada yangi talablar qo‘yadi.
Yurtimizda bolalar va o‘smirlar sportiga qaratilayotgan jiddiy e’tibor tufayli,
29
yosh avlodni jismonan yetuk qilib tarbiyalash, salomatligini mustaxkamlash hamda
turli miqyosdagi musobaqalarda natijalarga erishishlari uchun keng imkoniyatlar
mavjud bo‘lib, bularning hammasi bolalar va o‘smirlar sporti nazariyasi va
uslubiyati sohasidagi qator muammolarning har tamonlama hal etilishini talabqiladi.
Bolalar sportini rivojlaptirishning tashkiliy va dasturiy-me’yoriy asoslari, sportda
saralash, harakat qobiliyatlarini rivojlantirishning biologik va uslubiy asoslari, yosh
sportchilarni tayyorlash jarayonida mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarining
taqsimlanishi, mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish, yosh sportchilar
tayyorgarligini boshqarishning kompleks nazorati, yosh sportchilarni tarbiyalash
hamda bolalar sporti sohasi mutaxassislarining nazariy tayyorgarligi muammolari
shular jumlasidandir.
Biroq bolalar va o‘smirlar sporti rivojlanishining hozirgi bosqichi bir qarashda
go‘yo xal etilgan masalalarni tanqidiy tahlil qilishni va qayta muxokamadan
o‘tkazishni, bolalar va o‘smirlar mashg‘ulot jarayonini hamda ular bilan ishlovchi
sport soxasidagi mutaxassislarni tayyorlash ishlarini ilmiy tashkil kilishning yangi
kontseptual qoidalarini shakllantirishni talab etadi.
Zamonaviy sportda jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak
cho‘qqilarga olib chiquvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo‘lib hizmat qiladi.
Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchunjismoniy sifatlarni erta
yoshlikdan, endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o‘ziga xos
xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport trenirovkasining muhim
shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to‘gri ‘tanlash va amalga joriy etish
samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste'dodli sport zahiralarini
yetishtirishda o‘ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi.Shunday ekan yosh sportchilar
o‘quv trenirovka mashg‘ulotlarining uslubiy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish hal
qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb muammolaridan biridir.
|