1.2. Samarali pedagogik faoliyat tajribalari. Bolalar bog‘chasida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun tarbiyachi barcha ishlarni to‘g‘ri rejalashtirib olishi lozim. Tarbiyachi tomonidan olib boriladigan barcha ishlarni to‘g‘ri rejalashtirish uchun esa tarbiyachi doimo hisobot ishlarini olib borishi lozim.
Hisobot - bolalarning bilimi va saviyasining o‘sishi, turli ko‘nikma va malakalarni egallashi va har tomonlama rivojlanishini aniqlashdir. Hisobot o‘z vaqtida quyidagi turlarga bo‘lib olib boriladi:
Dastlabki hisobot.
Kundalik hisobot.
Yakuniy hisobot.
Dastlabki hisobot – tasviriy faoliyat ishlarini to‘g‘ri rejalashtirish uchun tuziladi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida olalarni maktabga tayyorlash
Tasviriy faoliyat bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bunday malaka va ko‘nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o‘quvchilarining tasviriy faoliyatini o‘rganish jarayonlari shuni ko‘rsatib o‘tadiki, maktabda tasviriy san’at darslarining tuzilishi, bolalar bog‘chasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.1 Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o‘zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’limtarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Tarbiya vazifalari, mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo‘lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va ta’lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadi. Yosh davrlari — odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir. Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvorni tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‘zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan bog‘liq rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar ham bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ulami tarbiyalash. Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘ladi. Shu bilan birga bu o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yuqori bo‘lgan yoshdir. Shu sababli tolaqonli rivojlanishni ta’minlash uchun bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to‘g‘ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarur. Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib o‘zini ko‘tarish, yurish kabi xilma-xil harakatlarni egallaydilar. Harakat ayrim turlarining o‘z vaqtida paydo bo‘lishi va ketma-ketligi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. Zotan, bolalarni yaxshi ovqatlantirish, parvarish qilish, ular bilan tez-tez muloqotda bo‘lib turish tufayli ular bu sharoitlar yo‘q bo‘lgan paytdagidan ancha erta mustaqil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg‘ulami, idrok etishni, tasawurlami takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning muhim yosh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo‘ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutqdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Ilk yoshda ish yuritishning asosiy yo‘nalishlari, o‘yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishning eng sodda ko‘nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o‘ziga xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda birbirlari bilan7 muomalada bo‘lishni va o‘zlarini o‘yin qoidalariga muvofiq tutishni o‘rganadilar. Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his, iroda, sababga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni tushunishni o‘rgatib borish kerak. Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur. Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta’lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash. Maktabgacha o‘rta yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‘sish sur’ati awalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‘sish va tana og‘irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‘qimalari va organlari anatomik o‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi. Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy o‘rinni egallaydi. Bolaning imkoniyatlariga muvofiq oilada va bolalar bog‘chasida ta’sir ko‘rsatishning aniq vositalari va metodlarini qo‘llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolada miya qobig‘ining funksional faolligi takomillashib boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta’sirchanligi idrok etishning yorqinligi, o‘tkirligini, bolalar ta’sirlanuvchanligini shart qilib qo‘yadi, shuning uchun maktabgacha o‘rta yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berishda taassurotlar va bilimlarni (bu asosan atrofdagi hayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo‘ladi) tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha o‘rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko‘rgazmali-ta’sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir bo‘lib boradilar, o‘zlarini o‘rab turgan buyumlar va hodisalar to‘g‘risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi. Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa, u passiv bo‘lib qoladi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar uchun faoliyatning xilmaxil turlarida namoyon bo‘ladigan taassurot yangiligi va o‘tkirligi xosdir. Kattalarning ta’sirida maktabgacha yoshdagi bolaning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan va boshqariladigan bo‘lib qoladi, bu esa ta’lim beradigan mashg‘ulotlar va mehnat paytida e’tiborlilikni tarbiyalash uchun g‘oyat muhimdir. Bola shaxsining tarkib topishi uning fe’l-atvori shakllanishida ham o‘z ifodasini topadi. Ongning rivojlanishi faoliyat, xulq-atvor uchun turli sabablarning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvor sabablarini ijtimoiy xulq-atvor sabablariga bo‘ysundirib, tarbiyachilar, otaonalarning talablariga asoslangan holda o‘z xulq-atvorini va boshqa bolalar xulq-atvorini baholay oladi. 0 ‘yin vaziyatida, mashg‘ulotlar chog‘idagi ta’lim paytida maktabgacha yoshdagi bolada fe’latvorning irodaviy sifatlari paydo bo‘ladi. Ma’naviy ongni shakllantirish burch, adolat, qadr-qimmat va boshqa ijtimoiy tuyg‘ularning paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bola o‘z oldiga qo‘yilayotgan talablarning ahamiyatini tushuna boshlaydi. Yaxshi va yomon xatti-harakat qilgandagi kechinmalar endilikda katta odamning munosabati bilangina emas, shu bilan birga o‘z mulohazasi, ularga o‘zining axloqiy munosabati bilan paydo bo‘ladi. Bolalarda xijolat bo‘lish, uyalish histuyg'ulari va aksincha, ijtimoiy talablarni bajarganligini anglab yetishdan quvonish va qoniqish hosil qilish tuyg‘ulari chuqurroq namoyon boMadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolada qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yosh bilan bog‘liq zamin mavjud. Bu bolani har tomonlama rivojlantirish uchun ta’lim mazmunini o‘zgartirish va murakkablashtirishga, ta’lim va tarbiyaning o‘yin, so‘z, ko‘rgazmali va amaliy usullari nisbatini o‘zgartirishga, maktabgacha yoshdagi bolalikda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanishga asos bo‘ladi.