Etika va siyosatshunoslik.
Etikaning siyosatshunoslik bilan
aloqasi, ayniqsa, o‘ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash
qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi.
Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mos-
ligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari
o‘rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb
etsa, shunchalik u oqilona boladi. Bu hozirgi kunda etika ham,
siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy
muammolardan biridir.
Etika va ekologiya.
Keyingi paytlarda etikaning ekologiya bilan
aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan etika ko‘proq
insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil
etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga bolgan munosabati
diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda,
ayniqsa, XXI asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doira-
sidagi yondashuvlar oqibatida paydo bolgan ekologik buhron
manzarani o‘zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar
ko‘proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtayi nazarlariga bogliq
ekani ma’lum bolib qoldi.
Shuningdek, etika fani uning nazariy asoslari bolmish me-
zoniy tushunchalar (muhabbat va nafrat, g‘azab, rashk, yaxshilik
va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, adolat, burch, vijdon, nomus,
ideal, hayotning ma’nosi), tamoyillar (insonparvarlik va erk-
parvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik, fidoyilik va ziyoli-
lik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, jo‘mardlik, o‘zbekchilik)
hamda me’yorlar (halollik va rostgo‘ylik, insoflilik, xushfe’llilik,
shirinsuxanlik, kamtarinlik va bosiqlik) kabi etikaning tadqiqot
obyektini aniq va keng qamrovli tasawur qilishga yordam beradi.
Gedonizm va evdemonizm talimotlari.
Qadimgi davr axloq-
shunosligida paydo bolgan falsafiy-axloqiy ta’limotlardan biri
gedonizm bolib, uning mohiyatiga ko‘ra inson faqat jismoniy
272
rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo-
nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.).
U Suqrotning zamondoshi bolib, insonning ruhiy holati ikki
turda bolishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani-
shi bolsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun
hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone
— zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko'ra, inson
o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si
fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp flkri-
cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa,
ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo-
ratdir. Aristipp fikricha, inson og‘riqdan qochishi va iloji bori-
cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin,
jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun-
mohiyatini tashkil etadi. Bu ta’limotga binoan, huzur-halovat,
rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch
sarflash arzimaydi.
Gedonizmning psixologik talqinida insonni harakatga un-
dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish,
deya e’tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining
yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak,
degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni
o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh
lik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan biri-
ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan
xalos bolishi bu — xohish-istaklarni qondirish, deya talqin
etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas,
balki azob va baxtsizlikdan xalos bolish maqsadi ifoda etilgan.
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa
fa tarixida markaziy masalalardan biri b olib kelgan va ko‘plab
faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan.
Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki
asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. Ular bugun
biz nima qilishimiz va ertaga nima bilan shug‘ullanishimizni
belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat me-
273
zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». Gedonizm
ta’limotida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o‘rnatilgan
ijtimoiy me’yorlarga qarama-qarshi qo‘yiladi, inson erkinligini
cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlar ini namoyish etishga
to‘sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me’yorlar in-
kor etiladi. Ular faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining
mazmuni deb biladi va bu yolda mavjud ijtimoiy qonun-qoi-
dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha
boradi.
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at)
esa, baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsa-
di, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bolib, bu ibora etimologik
jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik-
kinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, ya’ni
tashqi ne’matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bogliq bolsa-
da, ba’zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy
ne’matlarga ega odam baxtsiz bolishi va aksincha, qashshoq, ust-
boshi yupun inson o‘zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm
yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bolib, u Suqrotning
shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi
tocg‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bogliq. Evdemonizm baxt-sao-
datni jismoniy va ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi,
balki uni keng ma’noda, barcha jismoniy va ma’naviy (ko‘pincha
fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi.
Bu ta’Umotga ko‘ra, o‘z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi-
dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi.
Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning
yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari-
da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson
ijodi bilan bevosita bogliq holda) talqin etilgan bolsa, nasroniy
axloqda baxt haqidagi axloqiy me’yor va tushunchalar ongdan
tashqarida bolgan diniy tasawurlar bilan bogliqligi asoslanadi.
Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma’naviyatining mazmun-
mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va
uning mahsuli bolgan baxt o‘rtasida ziddiyat bolmagan dunyo-
274
dagina erishish mumkin. Evdemonizm yo‘nalishi namoyandalari
qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning
asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta’limoti yota-
di. Uning fikricha, baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini
tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tu-
shunchadir1. 0 ‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga yeti-
shuv ta’limoti) akviniyalik Foma ta’limotiga yo‘naltirilgan bolib,
yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir,
degan g‘oyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoq-
lovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va
huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farq-
li o laro q huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati
bilan bevosita boglanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuk
sak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis
ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya hola-
tidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. Yangi davrda evde
monizm ko‘plab faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan.
Dostları ilə paylaş: |