Falsafa asoslari


Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   221
Falsafa asoslari

Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari. 
Etika fa- 
nida qollaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga b o lish 
maqsadga muvofiq. Bularning birinchisi — axloqiy bilish bilan 
real hayot o‘rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos 
ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalar, 
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, 
ikkinchi guruh tushunchalarini — axloqiy tamoyillar, uchinchi 
guruhni esa axloqiy me’yorlar deb olish mumkin. Birinchi guruh 
tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga 
ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh 
tushunchalari esa amaliy etikaga tegishli bolib, nisbatan muay­
yan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» 
vazifasini o‘taydilar.
Muhabbat va nafrat. 
Muhabbat inson axloqiy hayoti­
ning cho‘qqisi, komillik belgisi, muhabbat — oliy tuyg‘u, shu 
ma’noda u oliy tushuncha. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha
1 Arastu. Axloqi kabir. — Т.: Sharq, 2005. — 123 b.
275


sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z 
«hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin 
Kornilov: «Juda ko‘p irfoniy tushuncha — istilohlarning sharhi 
muhabbatga borib taqaladi», — der ekan, ayni haqiqatni aytadi1. 
Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonpar- 
varlikni muhabbatsiz tasaw ur etib bo‘lmaydi.
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushuncha- 
lardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat. Nafrat 
tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U 
aksil muhabbat tarzida namoyon boladi, obyektdan chetlashish- 
ni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi 
nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko‘rinishidir. 
Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifa­
tida mavjudligidir.
Ezgulik va yovuzlik. Ezgulik - eng muhim axloqiy kat- 
egoriyalardan biridir. Ezgulik inson faoliyatining asl mohiyati­
ni anglatadi. Shu nuqtayi nazardan ezgulik insonga eng kuchli 
m a’naviy lazzat baglshlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, 
haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka jamiyatni 
esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi qadriyat sifatida baholanadi. 
Ezgulikning' o‘ziga xos xususiyati shundaki u insonning axloqiy 
faoliyati tufayli muayyanlashadi va bevosita axloqiy xatti-harakat 
natijsaida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari ezgulikda manfaatdan 
ko‘ra umummanfaat ustuvor hisoblanadi.
Ezgulik yuksak axloqiylik sifatida jamiyatning ijtimoiy taraq­
qiyot hodisasi nuqtayi nazaridan bir qator xususiyatlarga ega. U:
— stixiyali ko‘r-ko‘rona ishlar emas, balki insonning shaxsiy 
manfaatlaridan jamiyat va xalq manfaatining yuksakligiga asos­
langan oqilona xatti-harakatlar natijasi;
— majburiylik emas, balki vijdon amri bilan amalga oshiri- 
ladigan axloqiy voqelik;
— inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy mu- 
nosabatning ijobiy mazmuni;

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin