1 Kornilov N. Tasawur. 1-kitob. — Т.: Yozuvchi, 1996,— 48 b.
276
—
inson ziynati va yuksak qadriyatga aylangan ijtimoiy ho
disa.
Ezgulik barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallay-
di. Jumladan «Avesto»da Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol uchligi
zardushtiylikning mohiyatini anglatadi. Yovuzlik ezgulikka qara-
ma-qarshi tushuncha b o lib zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra yovuz
lik sabablari va uning oqibatlari narsa-hodisalarning mohiyatidan
kelib chiqadi. Yovuzlikni bartaraf etishda iymon-e’tiqodli kishilar
katta jonbozlik ko‘rsatishi da’vat etilgan.
Ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tamoyil bir-birini tamo-
mila inkor etibgina qolmay, ular o‘rtasida hayot-mamot kurashi
ketadi va bu abadiy kechadigan jarayon sifatida olamni harakatga
keltiruvchi kuch sifatida namoyon boladi. Ezgulikning m a’no-
mohiyati yovuzlikka qarshi kurashda o‘z ifodasini topadi. Ezgulik
axloqiy barkamollik negizidir. Ezgulik ijtimoiylik xususiyati bilan
muhim ahamiyatga ega. Ezgulik amaliyotda qahramonlik, vatan-
parvarlik, insonparvarlik, jasurlik tamoyillarini ham o‘z ichiga
oladi. Ezgulik ijtimoiy, shaxsiy xulq-atvor va xatti-harakatni
ma’naviy jihatdan baholashning muhim mezonidir.
Yaxshilik va yomonlik.
Ezgulik va yovuzlik haqida gap bor-
ganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan
bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Ghunki hozirgacha
bizga m a’lum o‘zbek tilidagi barcha etikaga doir adabiyotlarda
ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan,
u bor-yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim
etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsur-
lari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy oli-
shini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday
«singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki
juftlikni aynanlashtirishga asos b o la olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud:
ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega,
yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobi-
ga, xulqiga b o g liq b o lg an ijobiy hodisa. Zero, unda mard-
lik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajas-
sum topadi. Biroq unga asos b o lg an amaliy xatti-harakatlar
277
qahram onlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tam oyillar darajasiga
ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher
Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga
um rini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-
maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik,
u m a’lum m a’noda abadiylik xususiyatiga ega, Chunki Navoiy
asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-
shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni payt
da, Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj
odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va
h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa b o lg an i hol
da, o'tkinchilik tabiatiga ega, Shuningdek, istisnoli hollarda
namoyon boluvchi qahram onlik ham, buyuk jasorat ham emas.
Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni
ko‘zlovchi, kelajakka ham mo‘ljallangan, ya’ni strategik aha
miyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmuyi; yaxshilik esa,
odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega,
ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilik-
ni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik bilan aynanlashtirish to ‘g‘ri
emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe
bolgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik
esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik
b o lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror
obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi
lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin:
— yaxshilik — bu faqat inson va jamiyat hayotiga xos bolib,
stixiyali, ko‘r-ko‘rona sodir etiladigan xatti-harakat emas, balki
biron-bir inson, jamiyat manfaatini o'ylab, ko‘zlab bajariladigan,
ezgulikka yo‘g‘rilgan amaliy ishdir;
— yaxshilik — bu majburlashning mahsuli emas, balki vijdon
amri bilan sodir etiladigan mutlaqo erkin xatti-harakatdir. Yax
shilik qilishga majburlash — yomonlikdir;
— yaxshilik — bu inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan
real axloqiy munosabatdir, uning ijobiy mazmunidir. Yaxshilik
axloqiy idealning amaldagi ifodasidir.
278
Adolat — odillik, adolat bilan ish ko‘rish, qonun asosida, jami-
yatda shakllangan ustuvor insoniy munosabatlar doirasida bar-
chaga teng va xolis munosabatda bolishdir.
«Adolat» turlicha talqin qilinadigan, xilma-xil tarzda nam o
yon boladigan tushunchadir. Ba’zi axloqiy-huquqiy me’yorlar
ham adolat mezoni sifatida qaraladi. Bu, o‘z navbatida, adolat
mezonlarining jamiyat rivojiga, insoniyat taraqqiyotiga, muay
yan mamlakat qonun-qoidalariga mos yoki mos emasligi bilan
belgilanadi.
Adolat jamiyatning muayyan shaxsga munosabatida yaqqol
namoyon boladi. Insonning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmati
adolat mezoni hisoblanadi. Hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
huquqiy sohalarida sodir boladigan barcha voqea va hodisalar
bu jarayonga bevosita yoki bavosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir inson
erki va irodasini belgilaydi, alohida shaxs uchun m a’naviy mezon
vazifasini bajaradi.
M amlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida
amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy adolat, demokratiya,
barqaror taraqqiyot va farovonlik tamoyillarini ro‘yobga chiqa-
rishning muhim vositasi b o lib xizmat qiluvchi muhim tamoyil.
Insonparvar jamiyat g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy
adolat va demokratiya tamoyillari bu jarayonda o'z mohiyatini
to la namoyon qila boshlaydi.
Insonparvarlik g‘oyalarining muhim bo‘g‘inlaridan biri
bolgan adolatlilikning barcha ko‘rinishlariga qadim davrlardan
katta e’tibor berib kelingan. 0 ‘tmishdagi Sug‘d va Xorazm, So-
moniylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar va Temuriylar davlatlari
tarixidan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin, xususan, Amir
Temur saltanatida amal qilingan «Tuzuklar»da, eng avvalo adolat
va har ishda adolatlilik tamoyillariga so'zsiz amal qilingan. Dav-
lat «Kuch adolatdadir» shiori ostida tuzildi va ravnaq topdi.
Dostları ilə paylaş: |