Falsafa asoslari


Pedagogika fani bilan aloqadorligi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   221
Falsafa asoslari

Pedagogika fani bilan aloqadorligi. 
Ularning aloqadorligi tar­
biya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan 
shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga 
bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan 
tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. 
Masalan, maktabgacha tarbiya, o‘quvchilar tarbiyasi, sportchilar 
tarbiyasi va h.k. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo‘yicha olib
327


borilayotgan estetik tarbiya muammolarini o‘rganadi. Estetika esa 
nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, 
ya’ni, inson tug‘ilganidan boshlab to o‘lgunigacha bosib o‘tadigan 
bosqichlar uchun umumiy bolgan tarbiya falsafasi sifatida ish 
ko‘radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, peda- 
gogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo‘lsa, estetika uning 
strategiyasidir.
Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan
aloqadorligi. 
M a’lumki, san’at asarida belgilar va badiiy ramz- 
lar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, harflar, notalar va 
h.k. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati 
natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o‘zida mujas- 
sam qilgan san’at asari o‘sha axborotni yetkazib berishga ham 
moljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog‘liq tomonini
kommunikativ—vositachilik jihatini semiotika o‘rganadi. Ayni 
paytda, estetikada tuzilmali—semiotik estetika deb ataladi- 
gan nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar 
tizimi, alohida san’at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o‘sha 
tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero bunda 
belgi san’at asarini idrok etuvchiga uni yetkazib beruvchi hodisa 
tarzida o‘rgariiladi.
Bundan tashqari, estetika kibernetika, ekologiya va yuqorida 
aytib o‘tganimizdek, barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham 
yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. Chunonchi har bir san’at 
turining «o‘z estetikasi» mavjud: so‘z san’ati estetikasi, teatr este- 
tikasi, musiqa estetikasi va hokazo.
Har bir fanning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bolgani singari 
estetika fani ham bundan mustasno emas. Zotan, biz qurayotgan 
fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak 
nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim va uning nafosat tarbiyasi to‘g'ri 
yo‘lga qo‘yishda estetika muhim ahamiyatga ega. Zero, estetika 
orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, 
balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham 
idrok etamiz.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin