— real hayot haqiqatini in’ikos ettirish;
— jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbayini yaratish;
— ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil
fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini singdirish;
— yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning
ilg'or tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish;
— yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san’at
asarida shakliy go‘zallikka erishish.
Moddiy qadriyatlarning go‘zalligi.
Har qanday nazariya amali-
yot bilan uyg‘un bo'lsagina yashay oladi. Bu qoida go‘zallik tu-
shunchasiga ham tegishli. Ma’lumki, estetik faoliyatning qator
turlari amaliyot bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Ma-
salan, me’morlik o‘zida ham moddiy, ham ma’naviy qadriyat-
larni aks ettiradi. Chinakam me’moriy obidaning go‘zalligi faqat
tashqi ko‘rinishi bilangina emas, balki mexanika qonunlarining
yangi materiallar bilan boyitilganligi, me’morlikning qadimiy
an’analarini yangi ko‘rinishlar orqali namoyon qilish natijasida
yuzaga keladi. Me’moriy obida shahar o‘z ko‘rki va go‘zalligini
quyidagi estetik xususiyatlar orqali namoyon etadi, degan fikrga
kelish mumkin:
— shaharda qadimiy me’moriy obidalarning saqlanganligi va
uning ko‘rki;
— binolarning aholi turmush tarzi uchun qulayligi va mos
kelishi;
— shaharda bunyod etilgan binolar, yo‘llar xalq manfaati bilan
muvofiqligi;
— shaharning geografik jihatdan joylashuvi — suv va havosi-
ning musaffoligi, tabiiy manzaralarga boyligi.
Dostları ilə paylaş: