Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   221
Falsafa asoslari

Tabiatdagi ulug‘vorlik 
baland tog'lar, qudratli sharsharalar, 
cheksiz okeanlar, mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va h.k. 
timsolida namoyon bo‘ladi. Bu yerdagi umumiylik — ularning 
keng ko‘lamligi, ulkanligi, buyukligi va tuganmasligidir. Tabiat­
dagi ulug'vorlik insonda o‘zidagi zaiflikni emas, balki tabiat bilan 
qo‘shilib ketishga intilish hissini uyg‘otadi va kuchli ta’sir etadi. 
Tabiatdagi ulug‘vorlik ruhimizga hayrat, hayajon va jo‘shqinlik 
bag‘ishlaydi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matemati’; va dinamik xususi- 
yatga ega. Matematik xususiyatida — hajm, dinamik xususiyatida
— kuch ustuvor ahamiyatga ega.
333


Jamiyatdagi ulug‘vorlik 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, 
xalqparvarlik va bunyodkorlik tushunchalari bilan izohlanadi. 
Barqarorlik, farovonlik, adolat, qonun ustuvorligi, hurflkrlilik 
jamiyat ulugVorligini ta’minlovchi mezoniy tushunchalardir.
San’atdagi uliig‘vorlik 
teatr, kino va badiiy adabiyotdagi fojia- 
viylik bilan yonma-yon turadi. Bunday ulug‘vorlik badiiy maz- 
mun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, 
lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. Muhim ahamiyatli 
g‘oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga 
keltirib, san’at asari darajasining yuksakligini belgilab beradi.
Ulug'vorlik hissi o‘z-o‘zidan quvonch, hayratlanish, ehtirom, 
tan berish tuyg‘ularini o‘z ichiga qamrab oladi, ruhiy ko‘tarinkilik 
bag‘ishlaydi. Ulug‘ ishning tagzamini esa niyatning, maqsadning 
ulug‘vorligidir. Masalan, Amir Temur ulug‘ saltanat qurish soha- 
sida ulug‘vorlik namunasini ko‘rsatgan bo‘lsa, Nizomiddin Mir 
Alisher Navoiy turkiy tilda jahonshumul badiiy asarlar yozib, 
o‘z xalqining ma’naviy olamini yuksaklikka ko‘tardi, ona tilin- 
ing qudratini baralla namoyish eta oldi. Shu kabi ilmiy kash- 
fiyotlari bilan jahonga nomi ketgan Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sinolar ham ulug‘vorlik shohsupasidan o‘rin olgan. Bu 
zotlar ilmu fan, hikmat va ijod pahlavonlari, Sharq Uyg‘onish 
davrining buyuk siymolari sifatida hozir ham bizga ibratdir. 
Ulug‘vorlik tuyg‘usiga faqat miqyos olchovi bilan erishilmaydi. 
Agar ayrim obidalar, masalan, Bobil minorasi, Minorai Kalon, 
Misr ehromlari va shu kabilar o‘zlarining miqyos ko‘lami bilan 
hayron qoldirsa, boshqalari o‘zining nafisligi, nozik ifodali rang- 
lar, qismlar hamohangligi, atrof-muhit bilan uzviy qo‘shilib ket- 
ganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan (Go‘ri Amir, Shohi- 
zinda, Mustaqillik maydoni, Ichanqal’a, Registon maydoni, Mir 
Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi va b.). Mustaqillik 
yillarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tu- 
fayli ulug‘vorlik kasb etayotgan obidalar jahonga yuz tutmoqda. 
Mamlakatimizda Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy kabi ajdodla- 
rimizga haykallar qo‘yildi. Shu kabi Mustaqillik maydoni, unda 
qad ko‘targan ramzlar, Baxtiyor ona haykali ham ulug‘vorlikka 
misoldir.
334


Demak, ulug‘vorlik tarix, xalq, millat, ozodlik, mardlik, fi- 
doyilik bilan hamohangdir. U insonning orzu-armonlari, ideal- 
larini aks ettiradi va rivojlantiradi, buyuk ishlarni amalga oshi- 
rishga chorlaydi, yaratuvchanlik va ijodkorlikka ilhomlantiradi, 
hayotga ma’no-mazmun bag‘ishlaydi, inson zotining ma’naviy 
kamolotiga xizmat qiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin