mavjud emas. Ikkinchidan, insonlarning go‘zallik
haqidagi qa-
rashlari turlicha bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi,
ya’ni nisbiylik tabiatiga ega. Kishilarning go‘zallik haqidagi idea-
li ana shu o‘zgarishlarning birlamchi sababidir. Odatda inson
ning tashqi go‘zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi;
tashqi go‘zallik shaxsning chinakam «Men»ini namoyon qilishiga
to‘sqinlik qiluvchi, o‘tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, in
son go‘zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, in
sonning tashqi go‘zalligi muayyan holatlarda shaxsning o‘zigagina
emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Insonning botiniy go‘zalligi
uning odob, xulq va axloqiy
fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida xulqiy go‘zallik
deb ataladi. Inson xulqiy go‘zalligining
takomillashuvida axloq
falsafasining muhabbat va ezgulik kabi tushunchalari asosiy me-
zon hisoblanadi.
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati.
Ulug‘vorlik —
insonning narsa-hodisalarga estetik
va axloqiy mezonlar bilan
yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluv
chi ma’naviy hodisa. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami
kabi cheksiz bo‘lib, o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni
mujassam etadi. Shuning uchun ulug‘vorlik muhokamasi yuk
sak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug‘vorlik tabiat,
jami-
yat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon boladigan
ma’naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan
barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan umumiylik — me’yoriy
barkamollikdir.
Dostları ilə paylaş: