Tayanch tushunchalar: aql, tafakkur, mantiq, tafakkur shak- li, tafakkur qonuni, nom, termin, tushuncha, oddiy tushuncha, murakkab tushuncha, jins, tur, tushunchani chegaralash, tu- shunchani umumlashtirish, tushunchani ta’riflash, tushunchani bo‘lish.
Takrorlash uchun savollar
Bilish jarayoni qanday amalga oshadi?
Tafakkur nima va u qanday xususiyatlarga ega?
Mantiq atamasi qanday ma’nolarni ifodalaydi?
Fikrdagi izchillik deganda nimani tushunasiz?
Tafakkur qonunlarini bilmasdan ham to‘g‘ri flkrlash mum- kinmi?
Tushunchaning mazmuni va hajmining ta’rifmi ayta ola- sizmi?
«E’tiqod» tushunchasiga ta’rif bering. 0‘z ta’rifingizni gu- ruhingiz a’zolarining ta’riflari bilan solishtiring.
mavzu. Mulohaza va xulosa chiqarish
Oddiy mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Klassik formal mantiqda mulohaza ta- fakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o‘rganiladi. Mantiqdan yozilgan xorij adabiyotlarining ba’zilarida esa tafak- kur shakllarini o'rganish mulohazadan boshlanadi. Mulohaza bi- lan bog‘liq masalalar doirasida tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Xulosa chiqarish alohida 0‘rganiladi1. Tafakkurlash ja- rayonini bunday tartibda o‘rganish insonning bolaligidan boshlab
1 Morris R.Cohen Emest Nagelan introduction to logic and scientific method New Dehli. 2007. Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor & Francis e-Library, 2006.
221
mulohaza ko‘rinishida fikr yuritishi, uning tushunchalar olami keyin shakllanishi bilan asoslanadi. Shuningdek, faqat mulohaza- largina «chin», «yolg‘on» qiymatlariga ega bo'ladi. Tushunchalarga esa bunday qiymatni berib bo'lmaydi. Masalan, «yo‘lbars yirtqich hayvon» mulohazasini «chin» deb baholaymiz. «Yo‘lbars» tushun- chasini esa «chin» yoki «yolg‘on» deb ayta olmaymiz, Chunki unda biror fikr tasdiqlanmagan ham, inkor qilinmagan ham.
Demak, mulohaza chin yoki yolg'on bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr yuritish shaklidir. Uning asosiy vazifasi narsa bilan uning xususiyati, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisa- larning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog'lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlari- miz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bi- limlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi tax- min qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo'ladi. Chinligi isbotlangan fikr- ni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Yolg‘onligi is- botlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Chinligi isbotlangan Fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlov- chi mulohaza yolg‘on bo'ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xato- ligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar — noaniq bo‘ladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza man- tiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohaza- lar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagi- na fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo'ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, «Til insonlar oTtasidagi muloqot vositasidir», «Hi- yonatkorlarning hech biri vijdonli emas» kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Demak, mulohaza — predmetga ma’lum bir belgi- ning (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifo- dalovchi tafakkur shaklidir.
Dostları ilə paylaş: |