Falsafa asoslari


Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya)



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə98/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya). Har bir inson hayoti davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi, tushunchaning ta’rifiga asoslanib bilimga eja bo‘ladi, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid Xavofiyning: «Sahiylik - bu (biror narsani) boshqa kishiga hech


217

qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir», — de- gan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz. Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir.



Ta’riflash — definitsiya tushunchaning mazmunini ochib beruvchi mantiqiy amaldir.


Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:


  1. Tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta'riflash.



  2. Tasvirlash — tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmet- ning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlash.



  3. Tavsiflash — predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur bel- gilarini ko‘rsatish.



  4. Ko‘rsatish (ostensiv ta’riflash) — predmetning o‘zini yoki suratini ko‘rsatish orqali ta’riflash.



  5. Misol keltirib ta’riflash. Bunda ta’riflanayotgan predmetning maz- muni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi.


Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaydigan tu- shunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan.

Har bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar qat’iy ta’riflangan bo'lib, ilmiy jamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu ta’riflarni subyektiv xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin emas. Kundalik hayotda qollaniladigan tushunchalar ijtimoiy hayot- dagi o‘zgarishlar, insonning yoshi, shaxsiy tajribasi, bilimi, dun- yoqarashi, ruhiy holati va boshqalar ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu bois odamlar bir-birlarini tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan turli nuqtayi nazardan yondashishlari mumkin. Bunday holat- larda tomonlar avvalo bahsga sabab bo‘layotgan tushunchalarning mazmunini, ya’ni ta’rifini aniqlab olishlari zarur.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin