Falsafa asoslari


Estetik tarbiyaga ta’sir o‘tkazuvchi global tahdidlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə177/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

359

Estetik tarbiyaga ta’sir o‘tkazuvchi global tahdidlar. Milliy ma’naviyatga ta’sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda este- tik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ij- timoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqozo etmoqda.

Internet. Bugungi kunda estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi «yengil hayot tarzi», «musaffo tuyg‘ular», «huzurbaxsh axloq», «maftunkor ko‘rinish», «yangi imidj»ni targ‘ib qiluvchi tarmoqlar estetik tarbiyaga jiddiy xavf solmoqda. Bunday tahdid- lar odatda, insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi mutanosiblikni buzishga qaratilganligida ko‘rinadi. Bu avvalo, insonning fahmi, farosati va didiga jiddiy zarar yetkazadi. Natijada didsizlik va faro- satsizlik odamning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga qolaversa, ma’naviy to‘poslikka olib keladi. Zero, har qanday chi- royli ko‘ringan narsa ham inson manfaatiga xizmat qilavermaydi.

Inson ruhiyatiga ta’sir etish ham estetik tarbiyaga tahdidning ko‘rinishlaridandir. Bu ong osti hodisasi orqali namoyon bo‘ladi. Bular:



Sezgilar. Ya’ni, 5 ta sezgi ilg‘amagan narsani ong osti ilg‘ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg‘ular xotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz.

Kuzatish. Bunga reklama mahsulotlari va uning estetik tabia- tini misol qilish mumkin. Mahsulotga bo‘lgan qiziqish reklamada ko‘rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.

Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta'sir qiladi. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko‘ngilochar maskanlarda qo‘yiladigan musiqalarda ham xaridor- larni chorlash maqsadi ko‘zlanadi.

Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Bu insonning ong osti his- lariga yashirin ta’sir qilishda ko‘rinadi. Mutaxassislarning fikri- cha, bu turdagi tashviqot har doim ham ezgu yo‘lda ishlatilaver- maydi, bu aksariyat holatlarda shum niyatli insonlarga qo‘l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, «agar bir insonga davomli ravishda «Qo‘shningni o‘ldir!» shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo‘l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin