Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tar- biyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Maz- kur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga kelti- radigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yon- dashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Ma’lumki, 0‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqti- sodiy asosi — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi.
Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta’sirchan vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani es- tetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihat- dan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy-
358
ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tar- biyani maqsadli yo‘naltirishda, insonlar tafakkurida go‘zallikka bo‘lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli aha- miyat kasb etadi.
Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alo- hida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimiz- da davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Sport va sport muso- baqalari mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‘lomlashtirishga qaratilgan.
Estetik tarbiya omillari. Mahalla — estetik tarbiyaning muhim omili. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda katta. Chunki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo‘lib, u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beruv- chi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Mahalla o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla:
o‘ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko‘rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi;
turmush nafosati va muomala estetikasini shakllantirib, in- sonlar qalbida ijobiy tuyg‘ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi;
mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi hamda qo‘shnichilik madaniyatini kamol toptirishi;
san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo‘ladigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi;
isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymagan holda urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tar- tibli, chiroyli o‘tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetik tafakkurini shakllantirishda muhim maskan bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |