asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur. Minta- qamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo‘rlik bi- lan qo‘shib olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g‘oyalarining vujudga kelishida muhim o‘rin egalladi. Lekin Sho‘rolar davrida jadidchilik ko‘pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning g‘oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto
60
uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo‘ldi. Mus- taqillikka erishilgandan so‘ng bu harakatni xolisona va ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug'ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, mil- liy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy- ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga keli- shi bilan chambarchas bog‘liqligi edi.
0‘sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bular Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon va boshqalardir.
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875—1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo‘lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma'rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo'shgan mutafakkirdir. Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Riso- layi jugTofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Risolai jug‘rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Beh- budiy ko'plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qil- di, nashr ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g‘oyasi, axloq va taTim-tarbiya va boshqa masalalar o‘rin olgan.
Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniydir (1878—1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo'shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni bolalarga o'qitish yoTga qo'yildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», «Birinchi muallim», «Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi» kabi dars- liklarni yaratdi. Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ax- loq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega boTdi. Unda bolalarga ilm- fan sirlarini o‘rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yoTlari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xon iashyo qaramligidan xalos etish, ma'rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yo- ritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya
61
inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o‘zbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884—1939) bo‘lib, ilmning ko‘p sohalarida ijod qilgan muta- fakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to‘plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», «0‘zbek tili grammatikasi», «Chig‘atoy adabiyoti» va boshqa ko‘plab asar- lar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o‘zligini tanishi, ongining o‘sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo‘lib, tijorat va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o‘rganish kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan g‘oyalari hozir ham tadbir- korlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o‘zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.
Xullas, 0‘zbekiston hududidagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovati- ning yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin musta- bid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy nuqtayi nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga to‘g‘ri keladigan g‘oya va fikrlarga e’tibor berildi. 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng asta-sekin o‘tmish ma’naviyati, falsafiy fikri o‘rnini markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy o‘quv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ‘ib qilindi, ularga to‘g‘ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng achinarlisi shuki, o‘z milliy madaniyati, urf-odati va an’analariga sodiq bo'lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyoli- lar, shoir va yozuvchilar quvg‘inga uchrab, qatag‘on qilindi.
Lekin yuqoridan bo'lgan tazyiqlarga qaramay, madaniy- ma’naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o‘rganish, tadqiq qi- lish tamoman to‘xtab qolmadi. 60—70-yillarda I.M. Mo‘minov, V.Zohidov, keyinroq esa, O.Fayzullayev, EYusupov,
62
M.Xayrullayev, J.Tulenov, H.Po‘latov kabi olimlarning ijtimoiy- lalsafiy tadqiqotlari o‘sha davr tafakkurini aks ettirishda ahami- yatga ega bo‘ldi.
0‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi falsafiy merosimizni xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkura- ning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga tayanib, boy ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur ta- rixini chuqur va har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |