Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə24/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tayanch tushunchalar: zardushtiylik, «Avesto», Konfutsiylik, «Veda»lar, buddaviylik, ilk o‘rta asrlar falsafasi, «Qur’on», Ha- dislar, islom falsafasi, tasavvuf, temuriylar davri falsafasi, «Temur tuzuklari», «Ziji Ko‘ragoniy», «Xamsa», « Boburnoma», xonlik va amirliklar davri falsafasi, «Qarolar falsafasi», jadidchilik, jadidlar falsafasi.

Takrorlash uchun savollar


  1. Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy o‘chog‘i.



  2. «Avesto» to‘g‘risida nimalarni bilasiz?



  3. Zardushtiylikning mohiyati nimadan iborat?



  4. Islom dini va falsafasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?



  5. Temur va temuriylar davri falsafasi.



  6. Amirlik va xonliklar davri falsafasi.



  7. XIX asr oxiridagi millatning tarqoqligi va ma’naviy tanaz- zul oqibatlari.



  8. Jadidchilik — milliy taraqqiyot uchun kurash falsafasi.



  1. mavzu. Falsafaning taraqqiyot bosqichlari. G‘arb falsafasi



Qadimgi Yunoniston va antik davr Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Fales, Zenon, Geraklit, Pifagor, Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit, Epikur va boshqalarning falsafiy, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy -axloqiy ta’limotlari muhim o‘rin egallaydi.


63

Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII—VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlan- gan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlar- dir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624—547-yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo‘lib, o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, faylasufi bo‘lgan. Fales talimotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr (Falesning sho- girdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizga- cha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, is- siqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksi- men davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588—525-yil- lar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo'lgan.

Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460-yillar) Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, Chunki suv har daqiqada yangi- lanib turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Geraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro qarama-qarshi tomonlarga o‘tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, den- giz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga kat- ta ta’sir ko‘rsatgan.

Pifagor (eramizdan avvalgi 580—500-yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan faylasuflardan biridir. U qadimgi Yu- nonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Po-




64

likret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Itali- yaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z uyushmasini tashkil etgan. IJningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning talimotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqam- lar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsuli- dir. Pifagorchilar birinchi bo‘lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi.

Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi VI—V asr) shoir va faylasuf bo‘lgan. U Kichik Osiyo- da dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini Eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. Uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat — o‘zgarmas va harakatsizdir, «Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yer- dan tug‘ilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivo- jiga turtki bo‘ldi.

Ksenofant ilgari surgan g‘oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504-yili tug‘ilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Parmenidning shogirdi va do‘sti Zenon (490—430-yillar) o‘z us- tozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.

Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o‘rin tu- tadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari bilan shug‘ullangan. Sofist- lar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplo- matlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga xizmat qil- gan. Ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.

Suqrot (eramizdan oldingi 469—399-yilIar) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi, u kambag‘aldan chiqqan, tosh




65

yo‘nuvchining o‘g‘li, Afina hayotida faol ishtirok etgan, yosh- lar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. 0‘z davrida Afinadagi hukmron tartib-qoidalarga qarshi chiqib, yangi fikr- larni ilgari surgani uchun uni dahriylikda hamda yoshlarni axlo- qan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb qo‘yilgan. Garchand qutulish imkoni bo‘lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib o‘lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo‘lishidan qat’i nazar, so‘zsiz itoat etishni targ‘ib etganlari g‘oyatda ibratli- dir. «Aflotun mening do‘stim, ammo qonun do‘stlikdan ustun turadi» degan hikmatli ibora o‘sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.

Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, may- donlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida o‘z ustozi haqida iliq so‘zlar aytib, uni oli- janob, axloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan inson sifa- tida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy ayb qo‘yish — tuhmat ekanini alohida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni ulug‘lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o‘z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazi- da axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinch- lik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‘liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutgani bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasi- hatlariga amal qilgan.

Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf




66

olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo‘lgan, o‘z g‘oyalarini tlinloglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428-yil 21-mayda Delos orolida tug‘ilgan. 0‘zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi nsarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi malumotlarini birdan-bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflo- lunning eng yaqin do‘sti va shogirdi bo‘lgan.

Aflotun «G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish va laraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G‘oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksari- yat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.

Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384—322-yillar) (asli — Aristotel) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. 0‘n yetti yoshida o‘z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga o‘qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o‘limiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filipp II ning taklifiga bi- noan, uning o‘g‘li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga ko‘tarilgan Iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqi- yos bo‘lgan.

Keyinroq Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, Aras- tuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan Arastu ko‘p o‘tmay o‘sha yerda vafot etgan.

Arastu zabardast qomusiy olim bo‘lib, falsafa, mantiq, psi- xologiya, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Arastuning g‘oya va qarashlari




67

Sharqda keng yoyilgan va u «Birinchi muallim» deya e'tirof etil- gan.

Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalar- dan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta'lim beradi. Atomlar va bo‘shliq o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlar- dan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodi- fiyatni inkor etgan. U «na tabiatda, na jamiyatda hech bir narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta'limot muhim o‘rin tutadi. Uning bu bora- dagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim.

Qadimgi Yunon mutafakkiri Epikur (341—270-yillar) Demokrit ilgari surgan atomchilik ta'limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta'limoticha, olam — moddiy, abadiy va chek- siz. Atomlar — bo‘linmas, olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo'lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo‘lsa, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil top- gan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotiga ulkan hissa qo‘shgan. Epikurning falsafiy-axloqiy ta’limoti o‘z zamonasida ilg‘or ahamiyatga ega bo‘lgan. Rohat-farog‘at, xursandchilik de- ganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruhiy tashvishlardan xalos bo'lishni, ozodlikni tu- shunamiz, deydi Epikur. Uning fikricha, davlat kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv g‘oyasi keyinchalik XVIII asr fransuz ma'rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom ettirilgan.

Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99—55-yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to‘g‘risida»


68

riomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Yashashdan maqsad, deb yoz- t'.;m Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xiiddi tabiat singari, o‘z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyat- lnriga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarash- lari o‘z davri va o‘rta asr falsafasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ik- kinchi holatga o‘tib, shaklini o‘zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bo‘linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab o‘tgan. Bular — narsaning og‘irlikka ega bo‘lgani uchun to‘g‘ri chiziqli harakati, narsaning o‘zicha og‘ish harakati, narsaga turtki bo‘lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mo- hiyatan sodda bo‘lsa-da, tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko‘rsatgan.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin