Falsafa asoslari


Uyg‘onish davri falsafasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə27/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Uyg‘onish davri falsafasi. Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg‘or taraqqiyot davrlaridan biri edi. Uyg‘onish davrida hayotning hamma tarmog‘ida muhim, ilg‘or, hatto aytish mum- kinki, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi.

Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzaniydir (1401—1464). Kuzaniy ta’limoticha, Xudo hamma narsalarda mavjud, Shu- ningdek, hamma narsalar Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.

U Xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzaniy shunday muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopernik va Brunolarning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzaniy tomonidan ilgari surilgan g'oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi.

Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Niko- lay Kopernikdir (1473—1543). Ma’lumki, fan tarixida Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan. Uning taMimoticha, insonlar tomonidan ku- zatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi Yer emas, quyoshdir. Kopernikning buyuk kashflyoti dunyoga teologik qa- rashga zarba berib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kash- flyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanil- gan taMimotiga zarba berdi. Agar yer olamning markazi emas, balki quyosh atroflda aylanuvchi planetalarning biri bo‘lsa, unda




74

dunyoni, koinotni maqsadga muvofiq Xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi ta'limot asossiz bo‘lib qolardi.

Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulo- salar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano Brunodir (1548-1600). U Neapol yaqinida tug‘ilgan. 0‘zining ilg‘or fikr- lari uchun Bruno dahriylikda ayblanadi va cherkovdan haydala- di. Italiyadan qochishga majbur bo'ladi. Uzoq vaqt Shvetsariya, Fransiya, Angliya va Germaniyada quvg‘inda yuradi. 1592-yilda Bruno Italiyaga qaytib keladi, lekin cherkov inkvizitsiyasi to- monidan ushlanib turmaga solinadi. Qiynoqlarga qaramasdan, u o‘zining ta’limotidan voz kechmaydi, natijada qatl etishga hukm qilinadi, 1660-yil 17-fevralda Rimda Gullar maydonida yoqib o'ldiriladi.

Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo'lgan G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Nider- landiyada XYI asrning 60—70-yillarida, Angliyada XYII asrning 40—50-yillarida bo‘lib o‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy bo‘lib ko‘rina boshladi. 0‘sha davrning ideologlari il- gari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini ta- lab qila boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50—60 yil ilgari inkvizitorlar Jor- dano Brunoni yoqib yuborganlarida lom-mim demagan Yevropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egal- lashi kerakligini his eta boshladi. Hatto Rim papasining nomi- dan bo‘lsa-da, inson umriga zomin bo'lishga hech kimning haqqi yo'qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiy- ligi anglay boshlamdi. Albatta, bungacha ikvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparastlik changalida ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.

Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqi- daparastlik o‘z ta’sirini to‘la-to‘kis saqlab q )la olmaydi. Yevro- pada ham xuddi shunday bo‘ldi. Ma’nan kamolga yetgan, mil- liy davlatchiligiga ega bo‘lgan va ana shu mustaqil davlatlarini


75

kamolga yetishi uchun qarzdor ekanligini anglab olgan Yevropa millatlari o‘zlarininng komil insonlarini endi inkvizitsiyaning, aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham haqlari yo‘q ekanligini angladilar. Yevropa uyg‘ondi.

Yevropada aynan ana shu davrda ilgarigi, butun mintaqa hayoti uchun xristianlik va uning xilma-xil oqimlari umumiy va yagona mafkura rolini o‘tab kelgan davr tugadi. Endi diniy oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinish- ning mutlaqlashtirilishi natijasida vujudga kelgan inkvizitsiya ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun Yevropani boshqarib kelgan qon-qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o‘tmishga aylana boshladi. Ilm-fan sohasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi. Endilikda milliy davlatlarning har biri uchun muhim bo‘lgan mafkuraning shakllanishi zaruriyatga aylanib qoldi. Albatta bunda biz sanab o‘tgan omillar, ya’ni qirollik an’analari, xristianlik va uning oqimlari ta’siri, umumyevropaga xos xususiyatlar, Rim imperi- yasi davrida bir oila bo‘lib yashagan xalqlar o‘rtasidagi hududiy va ma’naviy yaqinlik o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ammo, asosiy- si, bu davrda milliy g‘oyalar to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit yetildi, italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalq- lar o‘z davlatchilik an’analarini to‘la-to‘kis tikladilar. Bu davlat- larda shakllangan falsafiy maktablar faqat milliy qobiqqa o‘ralib qolmadilar, balki umumyevropa va butun jahon taraqqiyotining umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy o‘rganish va asoslashga harakat qila boshladilar. Ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam tashladi. Falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin