Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə30/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Nemis mumtoz falsafasi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta'limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar- ning rivoji asosiy o‘rinni egalladi.

Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724—1804) faqat mashhur faylasufgina bo‘lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz ho- latidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushunt: ruvchi ta’limotlarga zarba berdi. Kant o‘z davri tabiatshunosligi erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot




79

genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.

Kant falsafada katta o‘rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin ne- mis falsafasining rivoji Hegel (1770-1831) ijodida o‘zining yuksak cho‘qqisiga erishdi. Hegel dialektikaning qonunlari va kategori- yalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan holda dialektik logikaning asosiy qoi- dalarini ishlab chiqdi. 0‘sha davrlarda hukmron bo‘lgan meta- fizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Hegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning obyektiv shakllaridir. Borliqning asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruhi» yotadi.

Rivojlanish g‘oyasi Hegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor doira ichida emas, doimiy, quyi- dan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Rivojlanishning manbai esa har qanday o‘z-o‘zidan harakat- ning sababi bo'lgan qarama-qarshilikdir. Hegel falsafasida borliq dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan. Hegel fikri- cha, tarix dunyoviy ruhning yoki mutlaq g‘oyaning rivoji sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning o‘z-o‘zidan rivoji tarixidir. Hegel ta’limoticha, aql tarixda shun- day namoyon bo‘ladiki, unda har bir xalq ruh o‘z-o‘zini ang- lab, tobora yuqorilab borishiga o‘z hissasini qo‘shish huquqi- ni oladi. Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik) amalga oshmaydi. Hegel umumjahon tarixini to‘rt bosqichga bo'ladi: 1. Sharq dunyosi. 2. Yunon dunyosi. 3. Rumo dunyosi. 4. Ger- man dunyosi: Hegelning da’vosicha, faqat german xalqlarida to'liq erkinlik bo‘lgan. Bu xalqlar o‘z tarixiy rivojlanishlarida isloxotchilik (reformatsiya), 1789-yil Fransuz inqilobi mevalari- dan bahramand bo'lganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va siyosiy erkinlikka erishganlar. Hegelning ta’kidlashicha, aqlga muvofiq davlatchilikni o‘rnatgan faqat german xalqigina umum- jahon — tarixiy jarayonining haqiqiy timsolidir. Hegel umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan metodi ham boshqa kam- chiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan xoli emas edi.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin