Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə28/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Ingliz falsafasi. 0‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561—1626) yuqoridagi masala haqida shunday de- gan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng bo‘lgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chega-


76

ralar bilan o‘rab qo'yilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta asr- lardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kerak. Bekon ta'limoticha, tabiatni bilishda bir necha «idollar» insonga xalaqit beradi. Ular inson aqlini o‘rab tashlaydi. Ular asosan to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular in- son zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o‘z tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, qor idollari. Bu har bir odamnning o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa hamma narsani o‘z nuqtayi nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor doirasi bilan o‘lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari bo‘lib, u ma’lum bo‘lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki no- aniq termonologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujud- ga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat beradi. Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona ergashib qa- dimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar.

Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metodologik ahamiyatga ega. U ijtimoiy-siyosiy qa- rashlari bo‘yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori bo‘lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivoj- lanishi o‘ynaydi.

Uning ta’limotini Tomas Gobbs (1588—1679) takomillashtir- gan va rivojlantirgan. Gobbs moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa mexanistik tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan olimdir. U matema- tik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtayi nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs ko‘proq em- pirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilgan. Jamiyat taraqqiyoti




77

va unda davlatning o‘rni hamda kelib chiqishi masalasida Gobbs ko‘proq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning fikricha, davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi.

Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632—1704) qarashlari alohida o‘rin tutadi. U tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. 1690-yilda Lokk tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida R. Dekartning «tug‘ma g‘oyalar» to‘g‘risidagi qarashlariga qar- shi chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining - olamga mos kelishidan iboratdir.

Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko‘ra Lokk davlatning o‘ziga xos quyidagi tamoyillarini ta’riflaydi: 1. Hokimiyatni qonun chiqa- ruvchi tizimi. 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari. 3. Ittifoq federativ hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg‘un bo‘lganida dav- latning faoliyati samarali amalga oshadi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin